O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


SINXRON MAShINALARNING TUZILIShI VA IShLAShI



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə51/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
0 умумлаштирилган

SINXRON MAShINALARNING TUZILIShI VA IShLAShI.
O`zgaruvchan tok mashinalari asosan sinxron va asinxron deb ataluvchi elektr mashinalardan iborat bo`lib, ularni xam o`zgarmas tok mashinalari singari generator, motor va elektromagnit tor­moz rejimlarida ishlatish mumkin.
Elektr stantsiyalarida ishlab chiqariladigan uch fazali tok sin­xron generatorlarda xosil qilinadi. Sinxron mashinalar qo`zgalmas stator va aylanuvchi rotordan iborat bo`ladi. Stator uz navbatida cho`yan korpus va unga maxkamlangan po`lat o`zakdan iborat bo`lib, bu o`zak pazlariga uch fazali o`zgaruvchan tok chulg`ami joylashtiriladi. Stator o`zagida uyurma toklardan xosil bo`luvchi quvvat isrofini kamaytirish maqsadida uni bir-biridan izolyatsiyalangan po`lat tunukalardan yig`iladi (13.1-rasm).
Sinxron mashinasining rotori ikki tipda, ya’ni ayon va ayon bo`lmagan qutbli qilib tayyorlanadi. Gidroturbinalar bilan past chastotada aylantiriladigan kichik va o`rta quvvatli gidrogeneratorlar ayon, bug` turbinalari bilan yukori tezlikda aylantirila­digan katta quvvatli turbogeneratorlar esa, ayon bo`lmagan qutbli qilib chiqariladi.
1 3.2-rasmda sinxron mashinaning a — ayon va b — ayon bo`lmagan qutbli rotorlari ko`rsatilgan. Rotorning o`zagi, odatda, quyma po`latdan yasalib, unga qo`zgatuvchi chulg`am o`rnatiladi. Aylanuvchi rotordagi bu qo`zgatuvchi chulg`amga cho`tka va halqalar vositasida o`zgarmas tok berilib, asosiy magnit oqim hosil qilinadi. Demak, o`zgarmas tok bilan ta’minlangan rotor chulg`amini birlamchi motor (turbina) bi­lan aylantirilsa, u xolda, elektromagnit induktsiya qonuniga binoan stator chulg`amida o`zgaruvchan e. yu. k. hosil bo`ladi.
Bu e. yu. k. sinusoida konuni bo`yicha o`zgarishi uchun qutblarda hosil bo`lgan magnit in­duktsiya sinusoida bo`yicha taqsimlanishi kerak. Magnit induktsiyaning V - 5maks51pa bo`yicha taqsimlanishi uchun kutb uzagi bilan stator uzagi urtasidagi xavo bushligining 8.3-rasmda ko`rsatilgandek bo`lishiga erishish kifoya.
Uch fazali sinxron generatorning statoriga uchta chulg`am joy-lashtiriladi. Bu chulg`amlar fazoda bir-biridan 120° burchakka fark. kiladi, ular yulduz yoki uchburchaklik sxemasi bilan ulanadi. Xar bir chulg`am generatorning fazasi deyilib, bu fazalarda bir-biri­dan 120° ga fark. kiluvchi e. yu. k. lar xosil bo`ladi. Yulduz yoki uchburchaklik sxemasi bilan ulangan chulg`amlardan olingan bu uch fazali e. yu. k. lar sistemasiga uch fazali yuklama ulansa, u xolda generatorning stator chulg`amlaridan uch fazali yuklama toki o`tadi. Sinxron mashinani qo`zg`atish uchun kerak bo`lgan o`zgarmas tokni qo`zgatgich yoki yarim o`tkazgichli to`g`rilagichlardan olinadi. Genera­tor bilan birga aylantiriluvchi va uni qo`zg`atishga muljallangan o`zgarmas tok generatori qo`zg`atgich deb ataladi. Sinxron genera-
t orlar statori chulg`amlarining boshi va oxirlari quyidagi jadvalda ko`rsatilgan­dek belgilanadi.
O datda, quvvati 400 kVA gacha bo`lgan sinxron generatorlari 400/230 V, 400 kVA dan kattalari esa 6300 V va undan ham yuqori kuchlanishli kilib tayyorla-nadi.
Quvvati 1000 kVA gacha bo`lgan dizelь motorga mo`ljallangan SGD tipli generatorlar ham chiqarilmokda.
Katta quvvatli generatorlar, masalan, 100000 kVA li turbogeneratorlar juda yuqori foydali ish koeffitsiyenti, ya’ni ts = 0,98 ga ega bo`ladi.
Asinxron mashinalarining statori sinxron mashinanikidan deyarli farq qilmaydi, ammo ularning rotoridagi chulg`amiga tash­qi manbadan hech kanday tok berilmaydi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin