Sinxron motornig mexanik va burchak xarakteristikalari Aylantiruvchi momentning o`zgarishi bilan bo`lgani tufayli sinxron motorning mexanik xarakteristikasi abtsissa o`qiga parallel yuklamaga bo`lgan to`g`ri chiziq bilan ifodalanadi, ya’ni uning chastotasi yuklamaga bog`liq bo`lmaydi (15.2-rasm). Sinxron motorlarning rotori bilan statori orasidagi havo bo`shlig`i asinxron motorlarnikiga nisbatan kattaroq bo`lishi sababli sinxron motorlar ancha ishonchliroq tuzilishda bo`ladi. Sinxron motorlarning yana bir af’alligi shundaki, ular nominal rejimda yoki o`zuvchi bilan ishlay oladi. Natijada, sinxron motor ulangan elektr tarmog`idagi quvvat koeffitsiyentining qiymati yuqorilashadi. Haqiqatan, sinxron motori quvvat koeffitsiyentining qiymati yuklamadan tashqari, rotordagi qo`zg`atish chulg`amiga beriladigan o`zgarmas tok iq ga ham bog`liq bo`ladi. Agar rotor chulg`amiga qo`zg`atish toki ko`paytirilib borilsa, stator chulg`amiga elektr tarmog`idan o`tayotgan tok I o`zing magnitlovchi qismining kamayishi hisobiga U-simon egri chiziq bo`yicha o`zgarib boradi. Demak, iq ning ma’lum iqn qiymatida statorga berilayotgan tokning magnitlovchi qismi nolga teng bo`lib, motorning quvvat koeffitsiyenti ga teng bo`ladi. Agar qo`zg`atish toki iq ni iqn ga nisbatan ko`paytirilsa, u holda sinxron motor o`zi ulangan elektr tarmog`iga reaktiv energiya uzatib ishlay boshlaydi.
Bunda motor o`zuvchi ga ega bo`ladi. O`zuvchi ga hisoblangan sinxron motorlar dagiga nisbatan ancha og`ir, bahosi qimmat, foydali ish koeffitsiyenti esa pastroq bo`ladi. Sinxron motorlar asinxron motorlarga nisbatan ishonchliroq bo`lgani hamda ularning va lari nisbatan yuqori bo`lganligi uchun, katta quvvatli va uzoq vaqt davom etadigan ish rejimiga ega bo`lgan mexanizmlarda, masalan, kompressor, nasos va shu kabilarda sinxron motorlardan foydalanish qulayroq bo`ladi.
Sinxron motorning burchak xarakteristikasi. 15.2-rasmda keltirilgan xarakteristika noaniq bo`lganligi uchun undan kam foydalaniladi. Haqiqatan, xarakteristikasiga binoan yuklamaning o`zgarishi bilan aylantiruvchi momentning o`zgarish chegarasi noma’lumdir. Shu sababli, ko`pincha burchak xarakteristikadan foydalaniladi. Motorning aylantiruvchi momentining burchakka bog`lanishini ifodalovchi egri chiziq sinxron motorning burchak xarakteristikasi deb ataladi. Bu xarakteristika tenglamisini topish uchun sinxron mashinaning () ifodada ko`rsatilgan elektromagnit quvvatdan foydalaniladi. Buning uchun () ni ga bo`lish kifoya, ya’ni
, (15-1)
bunda – aylantiruvchi momentning maksimal qiymati;
U – elektr tarmog`idan stator chulg`amiga berilgan faza kuchlanishi;
E – rotordagi o`zgarmas magnit maydonning stator chulg`ami bilan kesilishidan hosil bo`lgan e.yu.k. Bu e.yu.k. qiymati taxminan bo`ladi;
– rotorning aylanish burchak chastotasi;
– qutblari ayon bo`lmagan sinxron mashinaning sinxron qarshiligi.
15-MA’RUZA