O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


Transformatorning yuklama bilan (normal sharoitda) ishlashi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə37/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
0 умумлаштирилган

Transformatorning yuklama bilan (normal sharoitda) ishlashi
Dastlab yuklamali transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg`amlari uchun EYuK tenglamasini aniqlaymiz.
T ransformatorning ikkilamchi chulg`ami qismalariga iste’molchi, ya’ni yuklama ulanganda uning birlamchi chulg`amidan I1 va ikkilamchi chulg`amidan I2 tok o`tadi. Bu toklar hosil qilgan magnitlovchi kuchlar (I1w1, va I2 w2) birgalikda transformatorning asosiy magnit oqimi F ni hosil qiladi. Asosiy magnig oqimi asosan transformatorning po`lat o`zagi orqali tutashadi (3.3.-rasm). Ayni vaqtda bu toklar har bir chulg`am atrofida qisman o`zak va havo orqali tutashadigai Fs1 va Fs2 sochilma oqimlarni ham hosil qiladi. Bu yerda Fs1 — birlamchi chulg`am va havo orqali tutashadigan sochilma magnit oqimi; Fs2 — ikkilamchi chulg`am va havo orqali tutashadigan sochilma magnit oqimi. Sochilma oqimlar ham vaqt birligi ichida o`zgarganligi uchun bu oqimlar ilashgan o`ramlarda qo`shimcha, ya’ni sochilma EYuK hosil qiladi. Sochilma oqimlar ta’sirida hosil bo`ladigan EYuK sochilma EYuK deyiladi. Sochilma EYuK ni Yes1 va Yes2 bilan belgilaymiz. Sochilma EYuK ham o`zinduktsiya EYuK dir. Ularning qiymati (3-4) formula yordamida aniqlanishi mumkin, ya’ni
Yes1 = 4,44 w1 f Fs1,
Yes2 = 4,44 w2 f Fs2
Elektr yurituvchi kuchlar YeS1, va YeS2 ni I1 va I2 toklar hosil qiladigan va shu EYuKni kompensatsiyalovchi reaktiv kuchlanish pasayishlari bilan almashtirish ancha qulaylik tug`diradi, ya’ni ularning qiymati chulg`amlar-ning induktiv qarshiliklarida kuchlanish pasayishi bilan aniqlanadi:
Yes1 = - j Ì1x1, (3-10)
Yes2 = - j Ì2x2, (3-11)
bu yerda xx va x2 - sochilma oqimlar ta’sirida vujudga keladigan birlamchi va ikkilamchi chulg`amlarning induktiv qarshiliklari. Harflar ustiga qo`yilgan nuqta ularning vektor qiymatini bildiradi.
Sochilma EYuK reaktiv xarakterga ega bo`ladi. (— j) ko`paytuvchisi esa sochilma EYuK I, va I2 toklarga nisbatan 90° orqada qolishini ko`rsatadi.
Shunday qilib, transformatorning har bir chulg`amida, aynan bir vaqtda, asosiy EYuK va sochilma oqimlar hosil qiladigan sochilma EYuK hosil bo`ladi. Oldin aytib o`tilganidek, birlamchi chulg`amda hosil bo`ladigan È1 elektr yurituvchi kuchi o`zinduktsiya EYuK bo`lib, uning yo`nalishi transformatorga tarmoqdan beriladigan kuchlanish U1 yo`nalishiga teskari, qiymati esa tarmoq kuchlanishi qiymatiga, deyarli teng bo`ladi. Tarmoq kuchlanishining ozgina qismi birlamchi chulg`amning aktiv va induktiv qarshiliklarida kuchlanish pasayishiga sarflanadi. Transformator nominal yuklama bilan ishlaganda birlamchi chulg`amning aktiv va reaktiv qarshiliklarida kuchlanish pasayishi tarmok kuchlanishining taxminan 2,5..,5% ni (salt, ya’ni yuklamasiz ishlaganda esa U1 ning 0,125 .. . 0,25% ni) tashkil qiladi.
Birlamchi chulg`amga tarmoqdan beriladigan kuchlanish U1 vaqtning har bir momentida shu chulg`amda hosil bo`ladigan barcha EYuK lar yig`indisi bilan muvozanatlashadi. Kirxgofning ikkinchi qonuni asosida transformatorning birlamchi chulg`ami uchun EYuK lar tenglamasi quyidagicha yoziladi:
Ù 1 + È1 + Èc1 = Ì1R1
yoki
Ù1 = (- È1) - Èc1 + Ì1R1
yoki bu tenglamadagi sochilma EYuK ni sochilma induktiv qarshilikdagi kuchlanish pasayishi bilan ifodalasak:

Ù1 = (- È1) – jÌ1x1+ Ì1R1 (3–12)

bu yerda: Ì1R1, va Ì1x1 - birlamchi chulg`amning aktiv va induktiv qarshiliklaridagi kuchlanish pasayishi.



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin