1-rasmda asinxron motorning energetik diagrammasi ko`rsatilgan. Bunda elektr tarmog`idan motorga beriladigan aktiv quvvat quyidagicha ifodalanadi:
, Vt. (9-1)
Bu quvvatning bir qismi motor po`lat o`zagining va stator chulg`amining qizishiga sarflanadi. Stator chulg`amining qizishiga sarflanadigan quvvat isrofi bo`ladi.
P1 quvvatning qolgan qismi elektromagnit usulda rotorga beriladi. Buni elektromagnit Rem quvvat deyiladi. Rem quvvatning bir qismi rotor chulg`amining qizishiga sarflanadigan quvvat isrofi Vt bo`ladi. elektromagnit quvvatning qolgan qismi mexanik quvvat Rmex deyilib, u rotorni harakatga keltirish uchun sarflanadi. Rotordagi mexanik quvvatdan mexanik ishqalanishlarga sarflanuvchi va qo`shimcha quvvat isrofi Rq ayirilsa, u holda motor validagi foydali quvvat R2 olinadi. R2 ning qiymati motor shchitida ko`rsatiladi. Shunday qilib, P1 ning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
(9-2)
bunda –motorning foydali ish koeffitsiyenti bo`lib, u quyidagicha ifodalanadi:
, (9-3)
bunda
, (9-4)
Asinxron motorlar uchun = 0,7÷0,9 bo`lib, ning yuqori qiymati katta quvvatli motorlarga taaluqli.
Elektromagnit quvvatdan rotorda hosil bo`lgan mexanik quvvatni ayirib rotor chulg`amining qizishi uchun sarflangan quvvat aniqlanadi, ya’ni . Rotorda hosil bo`lgan mexanik quvvatni quyidagicha ifodalash mumkin:
Vt, (9-5)
bunda M – rotorning aylantiruvchi momenti, Hm;
n2 – rotorning minutiga aylanishlar soni, ayl/min.
Rotorga berilgan elektromagnit quvvat quyidagicha ifodalanadi:
, (9-6)
n1 = n2(1 – S) bo`lgani uchun quyidagicha ifodalanadi:
(9-7)
Demak, (9-7) ifodaga binoan rotor chulg`amining qizishi uchun sarflanadigan quvvat isrofi sirpanishga to`g`ri proportsional bo`lar ekan.
Asinxron motorning mexanik xarakteristikasini S=f(M) bog`lanish bilan ifodalash qulayroq bo`ladi. Mexanik xarakteristika tenglamasini keltirib chiqarishda rotor chulg`ami statornikiga keltirilgan asinxron motorning ekvivalent sxemasidan va () ifodadan foydalaniladi. (9-6) ifodaga binoan asinxron motorning aylantiruvchi momenti . Bu ifodadagi o`rniga uning (9-7) dan aniqlangan qiymati qo`yilib, quyidagi hosil qilinadi:
. (9-8)
(9-8) ga binoan aylantiruvchi momentning qiymati rotor chulg`amining qizishi uchun sarflanadigan quvvat isrofiga to`g`ri proportsional. Rotor parametrlarini stator chulg`amiga keltirish uning misidagi quvvat isrofining qiymati o`zgarmas, ya’ni bo`lganligidan (9-8) ni quyidagicha ifodalash mumkin:
(9-9)
bunda m – fazalar soni bo`lib, uch fazali asinxron motor uchun m = 3. (9-9) dagi o`rniga uning G-simon ekvivalent sxemadan aniqlangan qiymatini qo`yib mexanik xarakteristikaning quyidagi tenglamasi hosil qilinadi:
(9-10)
(9-10) ifodaga binoan asinxron motor aylantiruvchi momentining qiymati elektr tarmog`idan statorga beriladigan kuchlanishning kvadratiga proportsional, ya’ni bo`ladi. Demak, kuchlanishning bir oz o`zgarishida aylantiruvchi momentning keskin o`zgarishi sodir bo`ladi. Bu asinxron motorning asosiy kamchiliklaridan biri hisoblanadi. mexanik xarakteristikani qurish uchun S o`rniga uning yuklamalardagi S = 0 ÷ 1 gacha bo`lgan qiymatlari qo`yilib (9-10) dan S ning bu qiymatlariga tegishli aylantiruvchi momentlar aniqlanadi. Bu qiymatlarga binoan mexanik xarakteristikani qurishda U1f va f1 o`zgarmas deb qabul qilinadi. aylantiruvchi momentning ishga tushirishdagi Misht qiymatini aniqlash uchun (9-10) ifodadagi S o`rniga uning ishga tushirish paytidagi S = 1 qiymatini qo`yish kifoya. Bunda Misht uchun quyidagi ifoda olinadi: