ASINXRON MOTORLAR TUZILIShI VA IShLAShI
Asinxron motorlarning uch fazali tuzilishidagilari juda keng tarqalgani sababli, ularni qisqacha asinxron motorlar deyiladi, ya’ni uch fazali so`zi qo`shilmaydi. Rotorning tuzilishiga ko`ra asinxron motorlar:
1) qicqa tutashtirilgan va 2) faza (kontakt xalqali) rotorli motorlarga bo`linadi. Asinxron motorlarning statoriga joylashtiriladigan uch fazali chulg`amning tuzilishi sinxron mashinaning chulg`amidan farq qilmaydi. Stator chulg`ami, ko`pincha, qisqartirilgan qadamli, ikki qatlamli tuzilishda bo`ladi. Bu chulg`amning uchlari motor shchitidagi qismlarga ulanadi. Bunda birinchi faza chulg`ami , ikkinchisi , uchinchisi esa bilan belgilanadi.Chulg`amni yulduz yoki uchburchaklik sxemasi bilan qulaygina ulash uchun uchlari motor shchitining qismlariga 8.1-rasm, a da ko`rsatilgandek qilib biriktiriladi. 8.1- rasm b da motor shichitidagi chulg`am uchlarini yulduz va uchburchklik sxemalari bilan ulash ko`rsatilgan.
Rotorning o`zagi elektrotexnik po`lat tunikalardan yig`iladi, sirtqi tomoni pazlarhosil qiluvchi tsilindirdan iborat bo`ladi. Uyurma toklardan hosil bo`luvchi quvvat isrofini kamaytirish uchun rotor o`zagini tashkil qiluvchi har bir po`lat tunikanining ikki tomoni izolyatssiyalovchi lak bilan qoplanadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli motorning rotor o`zagi pazlariga alyuminiy yoki mis sterjenlari (tayoqchalari) joylashtirilib, ularning bosh va oxirlari alyuminiy yoki mis halqa bilan o`zaro qisqa tutashtiriladi rotor (“Olmaxon qafas”) li asinxron motor deyiladi. Faza rotorli motorlarning rotor o`zagi pazlariga statorniki singari uch fazali chulg`am o`rnatiladi. Motorning ishga tushirish tokini kamaytirish maqsadida rotor chulg`ami zanjiriga ketma-ket qilib tashqi qarshilik kiritiladi .
Rotor chulg`ami yulduz sxemasi ulanib, uning har bir fazasiga tashqi qarshilikni kiritish uchun aylanuvchi rotor valiga uchta o`zaro va valdan izolyatsiyalangan halqa o`rnatiladi. Rotordagi faza chulg`amining uchlari uchta halqaga ulanib, halqalar esa qo`zg`almas cho`tkalar orqali ishga tushirish rezistoriga ulanadi.
Rotor chulg`amining ishga tushirish rezistoriga ulanuvchi uchlari, R1, R2, R3 bilan belgilanadi. Asinxron motorning stator chulg`amiga uch fazali tok berilsa, u holda n1 = chastota bilan aylanuvchi magnit maydon hosil bo`ladi. Aylanuvchan magnit maydon rotor chulg`amini kesib o`tib, uning yopiq zanjiriga ega chulg`amida e. yu. k. va, demak, tok hosil qiladi. Rotor chulg`amidagi tok bilan statordagi aylanuvchi magnit maydonning o`zaro ta’siri natijasida aylantiruvchi elektromagnit moment hosil bo`lib, natijada motor n2 chastota bilan aylana boshlaydi. Aylantiruvchi momentni hosil qiluvchi kuchlarning yo`nalishi chap qo`l qoidasi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, motorning statoriga berilgan elektr energiyasi elektromagnit jarayon natijasida rotorni aylantiruvchi mexanik energiyaga aylanadi. Asinxron motorning aylanish yo`nalishini o`zgartirish uchun stator chulg`amining elektr tarmog`iga ulanadigan har qanday ikki uchini o`zaro almashtirish kifoya. Bunda aylanuvchi magnit maydon va u tomon ergashib aylanuvchi rotorning aylanish yo`nalishlari teskariga o`zgaradi. Rotorning aylanish n2 aylanuvchi magnit maydonining sinxron chastotasi n1 ga nisbatan hamma vaqt kichik bo`ladi. Haqiqatan, agar n2 = n1 bo`lgan taqdirda rotor chulg`amida tok va, demak, aylantiruvchi moment ham hosil bo`lmaydi. Aylanuvchi magnit maydoni va rotor chastotalari ayirmasining sinxron chastotaga nisbati sirpanish deb ataladi va S harfi bilan belgilanadi. Demak, sirpanishning qiymati quyidagicha topiladi;
(8-1)
Quvvati 1÷100 kVt gacha bo`lgan normal tuzilishdagi asinxron motorlarning nominal yuklamasiga tegishli nominal sirpanish bo`ladi. Asinxron mashinaning motor rejimida S = 0÷1 orasida o`zgaradi. Bunda S = 0 - motorning ideal salt ish rejimi, ya’ni M = 0; n2 = n1 da sodir bo`lib, S = 1 esa elektr tarmog`iga ulangan motor rotorining tinch holati, ya’ni n2 = 0 da sodir bo`ladi. Asinxron motorining aylanish chastotasi quyidagicha aniqlanadi:
n2 = n1 (1 – S ) (8-2)
Oldin aytib o`tganimizdek, sinxron va asinxron mashinalar statoriga o`rnatilgan uch fazali chulg`amdan uch fazali tok o`tganda stator ichida aylanma magnit maydoni (oqimi) hosil bo`ladi. Bu oqim stator va rotor chulg`amlari bilan kesishadi va ularda EYuK hosil qiladi. Bu umumiylik asinxron va sinxron mashinalarda ko`p fazali chulg`amlar konstruktsiyasining bir xil bo`lishiga sabab bo`ladi. O`zgaruvchan tok mashinalarining chulg`amlari statorning ichki yuzasidagi pazlarga, rotorning esa tashqi yuzasidagi pazlarga joylashtiriladi. Asinxron mashinaning statori va rotoridagi ferromagnit o`zaklar 69– rasm, a va b da ko`rsatilgan.
Elektr mashinalarida magnit oqimi berkiladigai po`lat o`zak maxsus yupqa elektrotexnika po`lat listidan yig`ib taiyorlanadi. Stator va rotorning po`lat o`zaklarining tarkibida 1...3% kremniy bo`ladi. Po`lat listlarining qalinligi 0,3 ... 0,5 mm. Po`lat o`zak yig`ilgandan so`ng staninaga presslab o`rnatiladi. Stator staninasi esa alyuminiy yokn cho`yandan tayyorlanishi mumkin. Asinxron mashinalarda ham rotorning po`lat o`zagi maxsus po`lat listlardan yig`iladi va valga yoki rotor vtulkasiga presslab maxkamlanadi. Mikromashinalarda po`lat o`zaklar temir–nikelь qotishmasi, ya’ni permalloy plastinkalardan yig`iladi.
8-MA’RUZA
Dostları ilə paylaş: |