O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


O`zgaruvchan tok mashinasining chulg`amlari



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə52/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73
0 умумлаштирилган

O`zgaruvchan tok mashinasining chulg`amlari
O`zgaruvchan tok mashinasining chulg`amlari ham o`zgarmas tok mashinasiniki singari bir va ikki qatlamli, qiskartirilgan va to`la kadamli bo`lib, quyidagi parametrlar bilan tavsiflanadi:
z — stator o`zagidagi pazlar soni;
t — stator chulg`amidagi fazalar soni;
r — juft qutblar soni;
qfaza va kutbga to`g`ri keluvchi pazlar soni bo`lib, uni quyidagicha aniqlanadi:
(13-1)
τ —qutb o`rtalarining orasidagi masofa (kutb bo`linmasi);
u — chulg`am qadami, sektsiyaning kengligi;
u — faza chulg`amlarining uchlari orasidagi masofani ko`rsatuvchi faza qadami. Faza qadami quyidagicha aniqlanadi:
(13.2)
u va uF qadamlarni, odatda τ ning biror bo`lagi yoki pazlar soni bilan ifodalanadi;
- elektr graduslarda o`lchangan pazlar orasidagi burchak; unda Q- stator o`zagining qutb kengligi orasidagi pazlar soni.
Rotorning bir gradusga burilish burchagi fazoviy gradus, sta­tor chulg`amida xosil bo`ladigan e.yu.k. vektorining burilish burchagi elektr gradus deyiladi.
Ikki qutbli mashinada rotorning bir marta to`la aylanishiga bir davr, ya’ni e.yu.k. vektorining ham bir marta to`la aylanishi to`g`ri kelsa, to`rt qutbli mashinada rotorning bir marta to`la ayla­nishiga ikki davr, ya’ni e.yu.k. vektorining ikki marta to`la ay­lanishi to`g`ri keladi (13.4-rasm).
Demak, qutblar soni 2r bo`lgan ko`p qutbli sinxron mashinada rotorning bir marta to`la aylanishiga r sonli davr, ya’ni e.yu.k. v ektorining r marta tuda aylanishi to`g`ri keladi. Shunga

13-MA’RUZA


SINXRON GENERATORLARNING TARMOQ BILAN PARALLEL IShLAShI
Elektr stantsiyalarida, odatda, bir necha generatorlar o`rnati­ladi. Bu generatorlar o`z energiyalarini umumiy shinaga uzatib, o`zaro parallel ishlaydi. Yuklama talabiga binoan parallel ishlovchi generatorlarning soni o`zgarib turadi va natijada har bir generatorni to`la quvvat bilan ishlatish imkoni olinadi. Bundam tashqari, elektr stantsiyalari ham o`z energiyalarini bitta umumiy energetik sistemaga berib, o`zaro parallel ishlashga ulanadi.
Bunda elektr stantsiyalarning foydali ish koeffitsiyenti ancha yuqori bo`lib, ularda o`rnatilgan mashina va uskunalardan yaxshiroq foydalaniladi va har extimoldan asrash (extiyotlash) uchun kerak bo`lgan generatorlar soni kamayadi.
Sinxron generatorlarni parallel ishlashga ulash uchun quyidagi shartlarga rioya qilish kerak:

  1. ishlab turgan va parallel ishga ulanuvchi generator kuchlanishlarining qiymati o`zaro teng, ya’ni UI =UII fazalari esa 180°ga farq qilishi lozim;

  2. generatorlar chastotasi o`zaro teng, ya’ni fI =fII va ularning fazalari bir xil ketma-ketlikka ega, ya’ni A1 V1 S1 va A2V2S2 bo`lishi lozim.

Agar UI > UII bo`lib, boshqa shartlar bajarilgan bo`lsa, u xolda generator chulg`amlarida potentsial farqi ΔU paydo bo`lganligi sababli tenglashtiruvchi It toki xosil bo`ladi (8.24-rasm, a). Bunda chulg`amning aktiv qarshiligi juda kichik kiymatga egaligi uchun uni xisobga olinmaydi. Shu sababli It tokini ΔU vektoridan 90° ga keyinda keluvchi deb qabul qilinadi. Bunda tenglashtiruvchi tok ikkala generator uchun ham reaktiv tok bo`lib, kuchlanishi katta generatorda IT — induktiv, kuchlanishi kichikda esa, IT –sig`im xarakterida buladi. Tenglashtiruvchi tokdan Fyad undan esa Yeyad1 x.osil bo`lib, kuchlanishi ortiq. bo`lgan birinchi generatorning U1 kuchla­nishi Ugacha kamayadi. Ikkinchi generatorda esa, It cig`im toki bo`lib, undan generatorni magnitlantiruvchi yakorь reaktsiyasi, so`ngra YeyadII xosil bo`ladi va natijada generatorning U2 kuchlanishi U gacha ko`payadi. Tenglashtiruvchi tok IT tufayli generator chulg`amlaridan no­minal yuklama tokini o`tkazish imkoni bo`lmay, natijada ular quvvatidan to`la foydalanilmaydi. Ammo, tenglashtiruvchi tok reak­tiv bo`lgani uchun undan generatorlarni aylantiruvchi birlamchi motor momentiga teskari bo`lgan moment xosil bo`lmaydi.
14.1-rasm, a da kuchlanishlari o`zaro teng bo`lmagan, ya’ni UI > UII bo`lgan generatorlarning parallel ishlashidagi vektor diagrammasi ko`rsatilgan.
Agar generator kuchlanishlari faza buyicha 180° dan kichikroq burchakka farq qilsa, u holda ham ΔU sababli generator chulg`gamla­ridan tenglashtiruvchi IT toki o`tadi (8.24-rasm, b). Bu tok ham ΔU fazasiga nisbatan 90° ga keyinda keluvchi bo`ladi. Agar tenglashti­ruvchi tok vektori deyarli UII vektori tomon yo`nalgan bo`lsa, IT toki ikkinchi generatorga aktiv tok xisoblanadi. Ikkinchi generator chulg`amida IT toki paydo bo`lishi bilan u shu onda yuklama oladi va natijada generator rotorini aylantiruvchi birlamchi motor valida uning momentiga teskari bo`lgan moment xosil bo`ladi.


Tenglashtiruvchi tok birinchi generator chulg`amidan o`tishi bilan gene­rator rotorining aylanishi tomon yo`nalgan elektromagnit momenti xosil bo`ladi. Birinchi generator rotori o`zining aylanishi tomon, ikkinchisiniki esa, o`zining aylanishiga teskari tomon bo`yicha ma’lum burchaklarga buriladi va natijada θ burchagi nolga, UI va UII kuchlanish fazalarining farqi esa 180° ga teng bo`lib qoladi.
Generator kuchlanishlarining fazalari 180° ga nisbatan kattaroq burchak θ ga farq qilsa, u xolda parallel ishlashga ulanishda xosil bo`luvchi keskin mexanik kuchlar sababli generator va bir­lamchi motorlar ishdan chiqishi mumkin. 14.1-rasm, b da UI va UII kuchlanishlar fazasining farqi 180° ga teng bo`lmagan holga tegishli vektor diagramma ko`rsatilgan. Agar parallel ishlashga ulanuvchi generatorlarning chastotasi o`zaro teng bo`lmasa, u holda yuqoridagi singari hodisa sodir bo`ladi. Bunda ΔU va θ qiymati uzluksiz ravishda, ya’ni ΔU qiymati noldan to 2Uf gacha, θ esa noldan to 180° gacha o`zgarib turadi (14.1-rasm, v).
14.1-rasm, v da fI va fII chastotalari teng bo`lmagan xolga tegishli kuchlanishlarning vektor diagrammasi ko`rsatilgan.

14-MA’RUZA



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin