ASINXRON MOTORLAR TEZLIGINI ROSTLASh Asinxron motorning aylanish chastotasi bo`lgani uchun uning chastotasi va ni o`zgartirish bilan rostlanadi. Statordagi magnit maydon chastotasi ni o`zgartirish uchun stator chulg`amining juft qutblar soni ni yoki unga beriladigan uch fazali tokning chastotasi ni o`zgartirish kifoya. Asinxron motorni boshqa elektr mashinalari bilan turli xildagi kaskad sxemalarida ulab ishlatish ham uning chastotasini rostlash mumkin. Bu usullar asinxron motor chastotasini qoniqarli ko`rsatkichlarga ega qilib rostlash ancha murakkab bo`lgani uchun ular amalda kam qo`llaniladi.
Sirpanish S ni o`zgartib motor chastotasini rostlash. Aylantiruvchi moment ifodasiga binoan asinxron motor sirpanishini o`zgartirish uchun rotor zanjiridagi aktiv qarshilik yoki statorga beriladigan kuchlanish ning qiymatini o`zgartirish kerak. 11.1-rasm, a da faza rotorli motorning rotor zanjiriga aktiv qarshilikni kiritish bilan uning tabiiy xarakteristikasidagi tezligining dan gacha rostlangani ko`rsatilgan.
Bunda ortishi bilan va, demak, aylantiruvchi moment ham kamayadi. Natijada motor validagi chastota momentlar muvozanati tiklangunga qadar kamayib boradi. -rasmda stator chulg`amiga beriladigan kuchlanishi kamaytirish bilan b – qisqa tutashtirilgan rotorli va v – rotoriga aktiv qarshilik kiritilib bo`lgan faza rotorli asinxron motorlari chastotasini rostlash ko`rsatilgan. Demak, bo`lib, qiymati 30% ga kamaytirilganda qisqa tutashtirilgan rotorli motor chastotasi 10÷15% ga kamaysa, rotoriga qarshilik kiritilib, qilingan motor chastotasi 50÷60% ga kamayadi. Kuchlanish pasayganda motorning o`ta yuklanish qobiliyati keskin kamayadi. Rotor chulg`amiga kiritiladigan aktiv qarshilikni ko`paytirish bilan esa mexanik xarakteristika qattiqligi va, demak, rostlash mo`’tadilligi keskin pasayib, rotor zanjiridagi qarshilikning qizishiga sarflanadigan quvvat isrofi keskin ko`payib boradi. Shu sababli, sirpanishni o`zgartirish bilan olinadigan chastotani rostlash diapazoni bo`ladi. Sirpanishni o`zgartirish bilan chastotani rostlash diapazonini kengaytirish va har bir chastotada motor ishini mo`’tadillash, ya’ni qoniqarli qattiqlikka ega bo`lgan mexanik xarakteristikani olish uchun muallif ishtirokida yangi usul taklif etilgan. Bu usulga binoan chastotani rostlash uchun rotor zanjiriga aktiv qarshilikni kiritish bilan birga stator chulg`amiga o`zgarmas tok ham beriladi. Qarshilik hamda o`zgarmas tok qiymatlarini o`zgartirish bilan motor chastotasini keng diapazonda rostlash imkoni olinadi. Chastotaning bunday rostlanishida asinxron mashina bir vaqtda motor va elektrodinamik tormoz rejimlarida ishlaydi. shu sababli bu usulda asinxron motorining salt ish rejimidagi tezligini ham va, demak, mexanik xarakteristika qattiqligini ham rostlash imkoni olinadi. 11.1-rasm, g da faza rotorli motor chastotasini yangi usulga binoan rostlash qo`llanilgan sxema va olingan mexanik xarakteristikalar ko`rsatilgan.
Stator chulg`ami juft qutblari sonini o`zgartirishi bilan asinxron motor chastotasini rostlash. Juft qutblar sonini o`zgartirish bilan chastotani rostlash, asosan, qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlarda qo`llaniladi. Buning uchun motor statoriga qutblar soni turlicha bo`lgan bir necha chulg`am yoki qutblar soni o`zgartirilishi mumkin bo`lgan maxsus chulg`am o`rnatilishi kerak.
Stator chulg`ami qutblari sonini o`zgartirishi bilan chastotasi rostlanadigan asinxron motorlar ko`p chastotali motorlar deb ataladi. 11.2-rasmda har bir fazasi ikkita g`altakdan iborat bo`lgan chulg`amining juft qutblar sonini o`zgartirish ko`rsatilgan. Bunda faza g`altaklari ketma-ketdan parallel ulashga o`tkazilsa, juft qutblar soni p=2 dan p=1 ga kamayadi. Demak, motor ham bir-biridan ikki martaga farq qiluvchi ikki xil chastotaga ega bo`ladi. Agar motor statoriga juft qutblari soni p=8 va p=4 hamda p=2 va p=1 larga o`zgartiriluvchi ikkita chulg`am o`rnatilsa, u holda asinxron motor quyidagi to`rt xil, ya’ni
bo`lgan sinxron chastotalarga ega bo`ladi. Bunda motor chastotasining rostlanish diapazoni D = bo`ladi. 11.3-rasmda har bir fazasi ikkita g`altakdan iborat bo`lgan stator chulg`amining a – uchburchaklik sxemasi bilan ulashdan; b – ikkilangan yulduz sxemasiga o`tkazib, chulg`amning juft qutblari sonini o`zgartirish ko`rsatilgan. Bunda qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motor chastotasining ikki marta rostlanishida ham uning validagi quvvati deyarli o`zgarmay qoladi.