O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


Qisqa tutashtirilgan asinxron motorni ishga tushirish



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə47/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73
0 умумлаштирилган

Qisqa tutashtirilgan asinxron motorni ishga tushirish
Qisqa tutashtirilgan asinxron motorni elektr tarmog`iga bevosita ulab ishga tushirish mumkin. Bunda motor, juda oz vaqt bo`lsa ham, qisqa tutashish rejimida (5÷10) toki bilan ishlaydi. Bu tokning qiymati juda qisqa vaqt ichida yuklama toki qiymatigacha pasayganligi sababli uning motor uchun xavfi bo`lmaydi. Lekin bunday motorlarning elektr tarmog`iga ulanish soni katta bo`lsa, motor toki ta’sirida haddan tashqari qizib ketishi mumkin. Shunga ko`ra elektr tarmog`iga ulanish soni katta bo`lgan hollarda qisqa tutashtirilgan rotorli motorlarni qo`llash tavsiya etilmaydi. Katta quvvatli motorlarni ishga tushirishda ning ta’siri bilan elektr tarmog`idagi kuchlanish U ning qiymati sezilarli darajada ketishi mumkin. Bunda, M ning U2 ga proportsionalligi sababli elektr tarmoqqa ulanib ma’lum yuklama bilan ishlab turgan boshqa asinxron motorlarning ba’zilari o`z-o`zidan to`xtab qolishi, kuchlanish tiklanishi bilan esa ularning yana aylanib ketish xavfi bo`ladi. Demak, ayrim hollarda motorni eng oddiy usul, ya’ni uni bevosita elektr tarmog`iga ulash bilan ishga tushirishning imkoni bo`lmaydi. Qisqa tutashtirilgan rotorli motorni bevosita elektr tarmoqqa ulab ishga tushirishda bo`lishi lozim, bunda – motorning quvvati; – elektr tarmog`idagi ta’minlovchi transformatorning quvvati.
Hozirgi paytda elektr tarmoqlaridagi quvvat judda katta qiymatga egaligi uchun bir necha ming kVt li motorlarni ham bevosita ishga tushirish mumkin. Qishloq xo`jaligi va qurilishlarda esa nisbatan kichik quvvatli tok manbalari ham bo`ladi. Agar qisqa tutashtirilgan rotorli motorni elektr tarmog`iga bevosita ulab ishga tushirish imkoniyati bo`lmasa, motorning ishga tushirish toki qiymati quyidagi usullar bilan kamaytiriladi.
1. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorni yulduz sxemadan uchburchakli sxemaga o`tkazib ishga tushirish. Motorda uchburchakli yoki yulduz sxemaning qo`llanilishi stator chulg`amining faza kuchlanishiga va elektr tarmog`idagi fazalararo kuchlanish qiymatiga bog`liq bo`ladi. Masalan, tarmoqdagi kuchlanish 380 V bo`lib, motor pasportida berilgan kuchlanish 220/380 V, ya’ni uning fazasi 220 V kuchlanishga hisoblangan bo`lsa, bu motorni yulduz sxemada ulash kerak. Bunda uning fazasiga V, ya’ni normal kuchlanish beriladi. Agar motorning fazasi 380 V bo`lsa, bunday motorni uchburchaklik sxemada ulash kerak. Agar uchburchakli sxemada ulanish lozim bo`lgan motorni yulduz sxemada ulab ishga tushirilsa, uning fazasiga normal kuchlanishga nisbatan marta kam kuchlanish berilgan bo`ladi. Natijada, elektr tarmog`idan motorga berilayotgan tokning qiymati, uchburchaklik sxemadagiga nisbatan uch marta kamayadi. Ishga tushirish tokining uch marta kamaytirilish sababli elektr tarmog`idagi kuchlanishning pasayishi ham sezilarli bo`lmaydi. Yulduz sxemada quyidagidan iborat bo`ladi. Om qonuniga binoan bo`ladi, bunda – yulduz sxema bilan ulangan motorning liniya va faza toklari; Zf – stator chulg`amining faza qarshiligi. Uchburchakli sxema uchun esa bo`lib, bo`ladi. Bunda aylantiruvchi moment va quvvat nisbatlari ham bo`ladi.
D emak, bu usul bilan motorni faqat salt ish rejimida yoki (5÷10) bo`lgan yuklamalarda ishga tushirish mumkin. -rasmda motorni almashlab ulagich u bilan yulduz sxemadan uchburchaklik sxemaga o`tkazib ishga tushirish ko`rmatilgan. Ishga tushirish farayoni tugashi bilan motor uchburchaklik sxemaga o`tkaziladi.
Hozirgi paytda bu usuldan keng foydalanish maqsadida faza kuchlanishi 380 volьtga hisoblangan va, demak, normal ish rejimida, 380 volьtli elektr tarmog`iga uchburchaklik sxemada ulanadigan, kerak bo`lganida esa yulduz sxemada ishga tushiriladigan motorlar ko`plab ishlab chiqarilmoqda.
2. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorni uning stator chulg`amiga aktiv yoki induktiv qarshiliklarni ketma-ket kiritib ishga tushirish. 10.3-rasm, a va b larda motorni aktiv va induktiv qarshiliklar bilan ishga tushirish sxemasi ko`rsatilgan. Bunda elektr tarmog`idagi kuchlanishning ma’lum qismi yoki qarshiliklarga o`tib, qolgan qismi stator chulg`amiga beriladi. Ishga tushirish jarayoni tugashi

10- MA’RUZA



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin