O`ZGARMAS TOK MAShINALARI 16.1-rasmda eng oddiy o`zgarmas tok generatorining printsipial sxemasi ko`rsatilgan.
Bunda N va S qutblarning magnit maydonida tsilindr shaklidagi po`lat o`zakka o`rnatilgan bir o`ramdan iborat o`tkazgich soat milining yo`nalishiga teskari tomonga n chastota bilan aylantiriladi. O`tkazgichning uchlari valga o`rnatilib, izolyatsiyalangan ikkita halkaga tutashtiriladi va demak, halkalar hamo`tkazgich bilan bir xil chastotada aylanadi. Halqalar ustiga qo`zg`almas cho`tkalar o`rnatilgan bo`lib, ularga tashqi yuklama ulanadi. Bunday generatorning shimoliy qutbi ostidagi o`tkazgichda hosil bo`lgan e. yu. k. yo`nalishi bdan a ga, janubiydagisida ddan c tomon bo`ladi. Demak, e. yu. k. dan hosil bo`lgan tok ham, xalka dan cho`tka tomonga, tashqi yuklamada esa cho`tka dan xalka tomonga yo`nalgan bo`ladi.
Generatordan chikdan tokni tashki zanjirga uzatuvchi chutka 1 ni musbat, tashki zanjirdan utuvchan tokni generatorga qaytarib beruvchi chutka 2 ni manfiy potentsialga ega deb qabul qilinadi va ularni tegishlicha (+) hamda (-) belgilar bilan ko`rsatiladi (16.3-rasm). Generator o`tkazgichi aylantirilib, 180° ga burilganda uning abva cdtomonlari o`zaro o`rinlari bilan almashadi. Bunda musbat potentsialli chutka manfiy, manfiyligi esa musbatga aylanib, yuklamadan o`tayotgan tok o`z yo`nalishini o`zgartiradi.
Shunday qilib, abcdo`tkazgich va tashqi yuklamadan iborat yopiq zanjirda o`zgaruvchan e. yu. k. va tok xosil bo`lib, o`tkazgichning bir marta to`da aylanishida ular o`z yo`nalishini ikki marta o`zgartiradi. O`zgaruvchan e. yu. k. va, demak, tokning o`zgarish egri chizig`i magnit kugblarining shakliga bogliq bo`ladi. Amalda, generator o`tkazgichlarida hosil qilingan e. yu. k. sinusoidaga yaqin shaklda bo`ladi. Buning uchun o`tkazgich o`rnatilgan po`lat tsilindr atrofidagi magnit kuch chiziqlari 16.2-rasmda ko`rsatilgandek taqsimlanishi lozim.
Haqiqatan, o`zgarmas chastota bilan aylantirilayotgan generatordagi e. yu. k. ning oniy qiymati bo`lgani uchun uning o`zgarish qonuni ham magnit induktsiya V ning taqsimlanishiga bog`likdir.
Qutblarning o`rtasida magnit induktsiyaning qiymati bo`lib, ikki qutb oralig`ining o`rtasida esa V = 0 bo`ladi (16.2-rasm).
Generatorda xosil bo`lgan o`zgaruvchan tokni o`zgarmas tokka aylantirish uchun kollektordan foydalaniladi.
Eng oddiy kollektor sifatida misdan yasalgan va bir-biridan izolyatsiyalangan ikkita yarim xalkadan foydalanish mumkin. Demak, 16.1-rasmdagi o`tkazgich uchlarini ikkita halqa o`rniga ikkita yarim halqalarga ulansa, u holda eng oddiy o`zgarmas tok generatorining printsipial sxemasi oli-nadi (2—3-rasm). Bunda ham yarim halqalar valga undan izolyatsiyalangan holda o`rnatilib, ular val va demak, o`tkazgich bilan bir xil chastotada aylanadi.
Shunga kura, abcdo`ramda ilgarigidek o`zgaruvchan e. yu. k. hosil qilinadi, ammo kollektor bo`lgani sababli cho`tkalar o`zgarmas potentsiallarga ega bo`lib qoladi.
X aqiqatan, 2.3-rasmga binoan chutka 7 yarim halqa T bilan kontakt hosil qilib musbat potentsialga ega bo`lsa, o`tkazgich aynalanib 180° ga burilganida xam chutka 1 yarim xdlka 2 bilan ula-nib, yana musbat potentsialga ega bo`lib krladi.
Demak, abcdo`ramda o`zgaruvchan e. yu. k. va tok hosil bo`lishiga qaramay, tashqi yuklamadan o`tadigan tok faqat bir xil yo`nalishda bo`lib, uning qiymati o`zgarib (pulьsatsiyalanib) turadi (16.4-rasm, a). Tok pulьsatsiyasini kamaytirish uchun generator chulg`amining o`ramlari sonini va, demak, kollektor plastinkalari (yarim halqalar) sonini ko`paytirish lozim.
1 6.4-rasm, b da ikki o`ramdan iborat o`tkazgich va to`rtta kollektor plastinkasi bo`lgan generatordan olingan tok grafigi ko`rsatilgan. Bunda tok pulьsatsiyasi 16.4-rasm, a dagiga nisbatan keskin kamayadi.
Normal tipli o`zgarmas tok mashinalaridagi kollektor plas-tinkalarining soni 50…80 ta bo`lib, ulardan olinadigan tokning qiymati deyarli o`zgarmas bo`ladi.
O `zgarmas tok mashinasi asosan ikki qismdan iborat bo`lib, uning magnit oqim hosil qiluvchi birinchi qismi induktor, e. yu. k. hosil qiluvchi ikkinchi qismi esa yakorь deb ataladi. Induktor o`z navbatida stanina 1 hamda asosiy (bosh) kutblar 2 dan iborat bo`lib, yakorь esa yakorь o`zagi 3, kollektor 4, val 5, podshipnik 6, podshipnik qalqoni 7 va ventilyator 8 dan iborat bo`ladi (16.5-rasm).
16.5-rasmda o`zgarmas tok mashinalariningkonstruktiv sxemasi ko`rsatilgan. Bunda stanina mashinaning qo`zg`almas qismi bo`lib, u katta quvvatli mashinalarda po`latdan, kichik quvvatlilarda esa cho`yandan quyib yasaladi.