SINXRON MOTORLAR VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI O`zgarmas tok mashinasi singari sinxron mashina ham generator, ham motor rejimida ishlaydi. Sinxron motorning konstruktsiyasi generatornikidan farq qilmaydi.
Sinxron mashinani motor rejimida ishlatish uchun uning stator chulg`amiga uch fazali, rotor chulg`amiga esa o`zgarmas tok beriladi. Stator chulg`amiga berilgan uch fazali tokdan aylanuvchi magnit maydon hosil bo`lib, uning tezligi quyidagicha bo`ladi:
bunda f – o`zgaruvchan tokning chastotasi;
p – stator chulg`amiga berilgan tokdan hosil bo`lgan magnit maydonning juft qutblar soni.
Statordagi aylanuvchi magnit maydon bilan rotordagi tokning o`zaro ta’siri natijasida elektromagnit moment hosil bo`ladi. Elektromagnit momentning ta’sirida motor rotori statordagi aylanuvchi magnit maydon yo`nalishida aylana boshlaydi. Statordagi aylanuvchi magnit maydon N yoki S qutbi rotor magnit maydonidagi ularga teskari bo`lgan qutblari bilan elastik zanjir singari bog`lanishga egaligi sababli rotorning aylanish chastotasi ham bo`ladi. Rotorning statordagi aylanuvchi magnit maydon chastotasiga teng bo`lgan aylanish chastotasi sinxron chastota deb, bunday motor esa sinxron motor deb ataladi. sinxron motorning salt ish rejimida uning stator va rotor magnit maydonlarining o`qlari orasidagi burchak , yuklama rejimida esa bo`ladi (15.1-rasm, a, b). Motor yuklamasining ortib borishi bilan ning qiymati ham ortib boradi. Ammo yuklamaning nominal va undan bir oz katta qiymatgacha o`zgarishida ham motorning chastotasi o`zgarmas sinxron qiymatga ega bo`lib qolaveradi.
Agar yuklama haddan tashqari katta bo`lsa, u holda bo`lib, elastik bog`lanish go`yo uziladi va motor sinxronlashtirilgan rejimda ishlay olmay, uning chastotasi sinxro qiymatdan pasaya boshlaydi. Bunday rejimda motorni ishlatish mumkin emas.