O`zbekiston respublikasi qishloq va suv xo`jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti agroinjeneriya fakulьteti Qishloq xo`jaligida elektr energetikasi va elektrotexnologiyalar kafedrasi


MAXSUS O`ZGARUVChAN TOK MAShINALARI



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə49/73
tarix03.12.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#171883
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73
0 умумлаштирилган

MAXSUS O`ZGARUVChAN TOK MAShINALARI
Ko`p rotorli asinxron motor
Ko`p rotorli deb atalgan reversiv elektr motorning ishlash printsipi ilgaridan ma’lum bo`lgan kamonsimon statorli asinxron motorning ishlash printsipidan kam farq qiladi. -rasmda O`zbekiston energetika va avtomatika ilmiy tadqiqot institutining xodimlari tomonidan yaratilgan orginal tuzilishli ko`p rotorli asinxron motor ko`rsatilgan. Bunda – 1 – motor statori va 2 – uning rotorlari.


Ko`p rotorli asinxron motor paxta terish mashinasining asosiy ish organi bo`lmish shaindellarning yuritmasi uchun maxsus yaratilgan. Bunday motorning statori faza rotorli asinxron motorning rotori tuzilishiga o`xshabsh bo`lib, uning pazlariga AA chizig`i bo`yicha bo`lingan ikkita uch fazali chulg`am o`rnatiladi. Stator atrofidagi tsilindr shaklli barabanga o`rnatilgan shpindellarning uchi bu motorning qisqa tutashtirilgan rotorlari bilan tugaydi. Demak, motor rotorlarining soni paxta terish mashinasining barabaniga o`rnatilgan shpindellar soniga teng qilib olinadi.
Stator chulg`amlari elektr tarmog`iga ma’lum tartibda ulansa, ularda qarama-qarshi yo`nalishdagi yuguruvchi deb atalmish magnit maydonlari hosil bo`ladi. Bu magnit maydonlar bilan qisqa tutashtirilgan rotorlarni kesilishi natijasida hosil bo`luvchi elektromagnit kuchlar ta’sirida AA chizig`ining chap tomonida joylashgan rotorlar bir tomonga, o`ng tomonidagilar teskari tomonga aylanadi. Bunda paxtani terish zonasida joylashgan shpindellar bir tomonga, shpindellarga o`ralgan paxtani chuvib yig`ishtirish zonasida joylashgan shpindellar esa teskariga aylanib, paxtani terish texnologiyasiga muvofiq harakat olinadi. Har bir shpindelь ham o`z o`qi atrofida, ham baraban bilan birga berilgan o`zgarmas chastotada aylanish sababli, uning terish va yig`ishtirish zonalari bilan aniqlanuvchi AA chizig`idan o`tishi bilan shpindelning aylanish yo`nalishi kontaktsiz ravishda o`z-o`zidan o`zgaradi. Shuning uchun ham bunday motor ko`p rotorli reversiv elektroplanetar asinxron motor deb atalgan. Hozirgi paxta terish mashinalarining shpindellari tasmali uzatma bilan harakatga keltiriladi. shpindellarning aylanish yo`nalishi 0,5÷0,7 sek davomida o`zgarishi sababli tasmalarni 30÷40 soatdan so`ng almashtirish kerak. Tasmalarni yangilab turish vaqti amalda mo`ljaldagidan ancha kam bo`ladi. bundan tashqari, tasmali uzatma bilan terish va yig`ishtirish zonalarida joylashgan shpindellarni turli optimal chastotalarda aylantirish va bunda ularning aylanish mo`’tadilligini saqlash to`la ta’minlanmaydi.
Paxta terish mashinasining shpinellari yuritmasi uchun ko`p rotorli reversiv elektroplanetar asinxron motordan tashkil topgan elektr yuritma qo`llanilsa, bu yuritmaning ishlashdagi mo`’tadilligi hamda ishonchliligi ortadi, uni avtomatik boshqarish, shpindellar chastotasini elektr usulda rostlash imkoni olinadi.
Motor statori chulg`amlarini tok bilan ta’minlashda hosil qilingan asimmetriya asosida shpindellar (rotorlar) ni o`z o`qi atrofida aylantirishdan tashqari, ular o`rnatilgan barabanni ham berilgan o`zgarmas chastotada aylantirish mumkin.
Bunda paxta terish mashinasining kinematikasi ancha soddalashib, uning texnik va iqtisodiy ko`rsatkichlari keskin ravishda ko`tariladi. Ko`p rotorli asinxron motordan tashkil topgan elektr yuritmadan to`qimachilik mashinalari va shu kabilarda ham foydalanish mumkin. Bunday elektr motorining foydali ish koeffitsiyenti bo`ladi.


Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin