O`lchov transformatorlari Oddiy elektr o`lchov priborlarini to`g`ridan–to`g`ri yuqori kuchlanishli (masalan: 10, 35, 110 kV) va katta tokli (masalan: 200, 400, 600 A va hokazo) zanjirlarga ulash mumkin emas. Yuqori kuchlanish va katta tokni to`g`ridan–to`g`ri o`lchaydigan elektr o`lchov priborlari amalda ishlatilmaydi. Shuning uchun elektr o`lchov priborlari yuqori kuchlanishli va katta tokli zanjirlarga maxsus o`lchov transformatorlari orqali ulanadi. O`lchov transformatorlari elektr o`lchov priborlariniig o`lchash chegaralarini kengaytirish hamda o`lchash zanjirlarini yuqori kuchlanishlardan ajratish uchun ishlatiladi. O`lchov transformatorlari ikki xil bo`ladi: a) kuchlanish transformatorlari; b) tok transformatorlari. Kuchlanish transformatorlari o`lchanishi lozim bo`lgan yuqori kuchlanishni o`lchanishi qulay bo`lgan past kuchlanishga, ya’ni 100 V gacha; tok transformatori o`lchanishi lozim bo`lgan katta tokni ulchash qulay bo`lgan kichkina tokka, ya’ni 5 A gacha kamaytirib beradi.
a) Kuchlanish transformatorlari. Kuchlanish transformatori po`lat o`zak va ikkita chulg`amdan iborat kichik quvvatli oddiy transformatordir. Uning o`ramlar soni ko`p bo`lgan birlamchi chulg`ami (qismalari A - X) ga o`lchanishi lozim bo`lgan yuqori kuchlanish U1 beriladi.
O `ramlar soni ozg`ina bo`lgan ikkilamchi chulg`amiga ichki qarshiligi katta bo`lgan o`lchov priborlari (masalan, volьtmetr, vattmetr yoki schyotchiklarning kuchlanish g`altaklari) parallel ulanadi (6.2–rasm, a). Kuchlanish transformatorining ikkilamchi chulg`am zanjiriga ulanadigan o`lchov priborlarining qarshiliklari katta (masalan, 1000 Om va undan ortiq) bo`lgani uchun bu zanjirda tok juda kichkina bo`ladi. Demak, kuchlanish transformatori oddiy kuch transformatorining salt ishlash sharoitiga yaqin sharoitda ishlaydi. Kuchlanish transformatorining birlamchi chulg`amiga turli qiy–matli katta kuchlanish berilganda uning ikkilamchi chulg`amining kuchlanishi Ů2 100 V bo`ladi. Demak, kuchlanish