64
Shu joyda har yili 1200 ga yaqin balandligi 6-8 m terak yog’ochlardan 10 km lik
masofada sepoyalar o’rnatilgan. So’x daryosidan bu usul bilan suv olish bir necha
yuz yillar shu davrning irrigatsiya texnologiyasida ilg’or usuli bo’lib kelgan.
Aytib o’tilgan ishlar yilda 2 marta (erta bahor va uning oxirida) o’tkazilib
katta mablag’ va ko’p odam kuchi talab qilgan.
Amudaryoning etaklarida daryodan kanalga suv olishning boshqa turlari bosh
inshootsiz, daryodan bevosita o’zi oqar uslub rivoj topgan. Bu usul qo’shimcha
mablag’
talab qilmaydi, faqat daryo suvining sathiga bog’liq bo’ladi. Suv sathi
pasayib ketsa, kanalga suv kirishi kamayadi yoki mutlaqo kanalga suv kirmaydi, u
vaqtda suv olish nuqtasidan ellik-ikki yuz metr masofa yuqoridan yoki pastda
qo’shimcha suv olgich nuqta quriladi. Dambalarni, kanallar va daryolar qirg’og’ini
yuvib ketishdan saqlash uchun xalq irrigatsion texnikasi o’ziga mos og’ir shox –
shabba to’shak o’ylab topgan. Ular hozirgi zamonda
ham yuvilib ketgan kanal
qirg’oqlarini va qirg’oq inshootlarini yuvilishdan saqlashda ishlatiladi.
O’tmishning ajoyib gidrotexnik inshootlariga hozirgi zamonda ham xizmat
qiluvchi yer osti galereyalar-korizlar, yer osti suvlarini bir o’zanga yig’ib, yer
yuzasiga chiqaruvchi inshoolar kiradi. Ular tog’
etaklarida, yer osti oqava suvlar
yo’q joylarda Nurota, Kattaqo’rg’on, Jizzax rayonlarida qurilgan.
Korizlardan tashqari tunnellar ham qurilgan, ular toshloq yerlarda ko’p kuch
sarf qilib teshik o’yib uzunasiga o’nlab, yuzlab metr, balandligi 2
m cha va
kengligi 1-1,2 m gacha ishlangan. Xalq irrigatsiya texnikasi rivojlanishi tufayli
daryo va kanallarda har xil oddiy suv ko’tarma uskunalar paydo bo’la boshladi.
O’zi yurar chig’ir va chuqurlashgan suv taqsimlovchi kanallarda - ulov kuchlari
yordamida xarakatga keltiriladigan chig’irlar qo’llanilgan. O’zi yurar chig’irlar
suvni uch-to’rt metr balandlikka ko’taradi, ulov kuchlari
yordamida ishlaydigan
chig’irlar esa suvni kanaldan yer yuzasiga chiqarib beradi xolos. Sug’orishning bu
usuli ayniqsa, janubiy Xorazm dehqonchiligiga xos usul. Chig’ir yordamida bir
qancha o’n minglab gektar yerlar sug’orilgan. Amudaryo etaklarida (Xorazm,
Qoraqalpog’iston) 70 mingga yaqin chig’ir ishlagan.
65
Chig’ir inshooti ancha qimmat bo’lgani sababli kambag’al dehqonlar ancha
arzon tushadigan har xil sug’orishda ishlatiladigan
usullardan foydalangan
Masalan: «Nova» degan asbob: o’yilgan terak xoda, bir uchi berk,
ikkinchi uchi
ochiq bo’lgan. Ikkita qazilgan chuqur chegarasida yog’och o’q o’rnatib, uning
ustiga nova qo’yilgan. Suvchi nova yordamida berk uchi tomonini suvli chuqurga
bosib 2-dala tomonidagi chuqurga suvni oqizib yuboriladigan bu juda og’ir, kam
unumli sug’orish usuli dehqonga faqat o’zining katta bo’lmagan yerida
dehqonchilik ishini olib borishga imkoniyat bergan. Aytib o’tilgan
uskuna-
inshootlardan tashqari ekinlarni sug’orishda O’zbekiston dehqonchiligida boshqa
bir qator inshootlardan foydalanganlar. Ko’pincha savdo karvon yullarida qurilgan
sardoba - usti yopiq suv bo’lgich, to’g’on, akveduk va hokazo.
Dostları ilə paylaş: