partov, bo’z yerlarni qishloq xo’jaligida ishlatish;
•
Chegaralar o’rtasida suvni to’g’ri taqsimlash;
•
Sug’orish tarmoqlarini va inshootlarini ratsional ishlatish.
Meliorativ shirkatlar shu yillari suv xo’jaligi organlari rahbarligida 40 ming
ga ga yaqin maydonda irrigatsion-meliorativ tarmoqlarini yangidan qurdilar va
30,4 ming ga ga yaqin yangi yerlarni o’zlashtirdilar.
O’tkazilgan ishlarning natijasida Turkiston respublikasida 1924 yil oxirida
sug’oriladigan yerlarning maydoni 1860 ming ga ga yetdi yoki urushdan oldingi
maydonning 71 foizni tashkil etdi.
1924 yil 27 oktyabrda yangi O’rta Osiyo sotsialistik respublikalari tashkil
topdi: O’zbekiston va Turkmaniston sovet sotsialistik respublikasi, O’zbekiston
SSR tarkibida Tojikiston avtonom respublikasi, RSFSR tarkibida Qoraqalpog’iston
avtonom
oblasti,
Qozog’iston
SSR
tarkibida
Qirg’iziston
avtonom
respublikasi.1924 yilda Qirg’iziston avtonom oblasti qaytadan avtonom
respublikasiga o’zgartirildi, 1936 yil - sovet sotsialistik respublikasi bo’ldi. 1929
yil Tojikiston ASSR - Tojikiston SSRga o’zgaradi. Qorakalpog’iston avtonom
oblasti 1932 yil avtonom SSR, 1936 yil O’zbekiston SSRning tarkibiga o’tadi. Shu
sababli Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarining suv xo’jaliklarining
tashkilotlari ham o’zgaradi. Turkiston respublikasining suv xo’jaligi boshqarmasi
tugatiladi.
12 noyabrda O’rta Osiyo suv xo’jaligi boshqarmasi tashkil bo’ladi.
(Sredazvodxoz M.V. Rikunkov boshchiligida). Bu idora O’rta Osiyo hududida
ishlab turgan hamma qidiruv partiyalar va suv xo’jaliklari qidiruv tashkilotlarini
birlashtiradi. Unga quyidagi masalalar yuklanadi:
•
Ittifoq byudjeti va irrigatsion fond hisobidan bajariladigan hamma
tadbirlarni bajarish;
•
O’rta Osiyo respublikalari avtonom oblastlari, irrigatsion fond hisobidan
olib borayotgan ishlarni bajarilishini tekshirish va kuzatib borish;
38
•
O’rta Osiyodagi suv tarmoqlarini eksplutatsiyasini nazorat qilish;
•
Katta qidiruv partiyalar (ekspeditsiyalar)ga (Chirchiq-Angren, Dalvarzin,
Yuqori Sirdaryo, Sharqiy Buxoro, Zarafshon, Xorazm) rahbarlik qilish.
•
Shu qatorda O’rta Osiyo respublikalarida Narkomzem qaramog’ida suv
xo’jaligi boshqarmalari tashkil bo’lib, ular sug’orish tarmoqlarini
loyihalash va kurish, tuzatish ishlari bilan shug’ullanar edilar.
1925 yil (2 dekabr) «Er va suvni isloh qilish to’g’risida» va «Er-suv reformasi
to’g’risida» dekret qabul qilindi.
1926-1927 yillarda irrigatsiyada planli suvdan foydalanish joriy etildi.
(Yakovlevskiy N.A. boshchiligida asoslandi).
1927 - 1929 yillarda Zarafshon daryosida Ravotxo’ja 1-may nomli 1350 m
3
/s
suv sarfiga mo’ljalangan to’g’on quriladi. Bu to’g’on Samarqand oblastida bo’lib
o’tkaziladigan suv xajmini to’g’ri taqsimlash imkoniyatini beradi.
1927 yil 40 ming desyatina yerni sug’orishga mo’ljalangan Dalvarzin
sug’orish tizimi qurila boshlanadi (loyihachi birinchi ayol muhandis gidrotexnik
T.A. Kolpakova).
Amudaryo etaklarida (Xorazm, Qoraqalpog’iston) chig’irlar traktorlarga
o’rnatilgan nasoslarga almashtirila boshlandi. O’zbekistondagi hamma daryolar
havzalarida (Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon, Farg’ona vodiysida,
Amudaryo etaklarida) loyiha-qidiruv ishlari keng o’tkazila boshlandi.
Bu loyihalarda asosan, quyidagi masalalar yoritiladi:
•
Havzalarning suv resurslari, ularning rejimi va oqavalarni rostlash
imkoniyati;
•
Maydonning iqlim, tuproq, gidrogeologik, muhandis - geologik sharotlarini
yoritish;
•
Ekinlarning suvga bo’lgan talablarini aniqlash;
•
Havza suv manbalarining suv berish qobilyatini aniqlash va sug’oriladigan
yerlarni joylashtirish;
39
•
Daryolardan suv oladigan yiriklashgan inshootlarini belgilash va
loyihalash;
•
Mavjud bo’lgan sug’orish tizimlarini qaytadan qurish ishlarini va yangi
yerlarni o’zlashtirish uchun kerak bo’lgan ish xajmini aniqlash.
Tiklanish davrida irrigatsiyaning tarixida yirik voqealaridan biri Gidrotexnika
institutining tashkil bo’lishidir. 1921 yilda tashkil etilgan Suv xo’jaligi tadqiqot
instituti (SXTTI yoki OIIVX) ning vazifasi quyidagi masalalarni yechish edi:
•
Gidravlika, gidrotexnika, gidrologiya, suv xo’jaligi qurilishi, sug’orish
ishlaridan foydalanish va suv xo’jaligi iqtisodiga bog’liq bo’lgan amaliy
masalalarni yechish;
•
O’rta Osiyoda irrigatsion qurilishni oqilona tashkil qilish va arzonlashtirish.
OIIVXning birinchi binosi va laboratoriyasi loyihasining avtori va direktori
muhandis V.D.Jurin bo’lgan.
Institut shu yillari ancha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajargan va shu zamonning
irrigatsiya talablarini kanoatlantirarli natijalarga ega bo’lgan. Tiklanish davrida
(1927-1928 yil) O’zbekistonda 510 kolxoz, 137 sovxozlar tashkil topdi, suv
xo’jaligi organlarida ham ancha o’zgarishlar ruy berdi. Uzvodxoz qoshida:
1. «O’zirstroy» tresti.
2. Chirchiq daryosining o’ng va chap qirg’oqlaridagi joylashgan sug’orish
tizimlarini ishlatish uchun «Chirpravsis», «Chirlevsis»
3. Mirzacho’lda «Uprachal».
4. Farg’ona vodiysida-«Ferupr».
5. Zarafshon vodiysida-«Uprazer» va boshqalar tashkil topdi.
Aytib o’tilgan ishlarni bajarish natijasida ancha yutuqlarga ega bulindi,
ekiladigan sug’oriladigan maydon 1914 yil - 1817,5 ming ga, 1924 yil- 1103,2
ming ga, 1928 yil - 1500,2 ming ga ga yetdi.
1928 yilga kelib asosan irrigatsiyada tiklanish davri tugallandi.
1929-1932 yillarda O’zbekistonda yangi irrigatsion tizimlar paydo bo’ldi.
Farg’ona vodiysida Uchqo’rg’on, Savay cho’llarida, Sirdaryo havzasida Dalverzin
40
va Mirzacho’l, Zarafshon vodiysida, Bulung’ur va Jilva, Surxondaryoda
Qumqo’rg’on sug’orish sistemalari qurildi. Yangi yerlar o’zlashtirilib sug’orildi.
Eski tizimlar texnik rekonstruksiya qilindi, shlyuzlar, inshootlar bilan ta’minlandi.
Suv olish joylari soni qisqartirilib yangi uzellar qurildi. Xorazmda 20 ming ga yer
chig’irli sug’orishdan mashinali va o’z oqimi bilan sug’orishga o’tkazildi.
Sho’rlangan yerlarning meliorativ holati yaxshilandi. Bunda agronom-
melioratorlar Makridin N.V., Maligin V.S, Rozov L.P aktiv ishtirok etdi.
1929-1932 yillarda O’zbekiston irrigatsiyasiga 234 mln.so’m yuborildi,
sug’oriladigan maydon 1180 ga dan 1516 ming ga yetkazildi.
Paxta ekiladigan yer 1913 yilga nisbatan 2,3 marta, 1928 yilga nisbatan, 1,7
marta oshirildi.
Qishloq xo’jaligida industrializatsiya va kollektivizatsiya o’tkazila boshladi.
Dalalar kengaytirilib sug’orish tarmoqlari injenerlik tuzilmalariga aylantirila
boshladi. Barcha sug’orish sistemalarida planli suvdan foydalanish qo’llanila
boshlandi. Birinchi besh yillik 4 yilda bajarildi (1929-1932y). Bu davrda
O’zbekiston irrigatsiyasiga birinchi besh yilligiga nisbatan 2 marta ko’p 444,1 mln.
so’m sarflandi.
Yangi bo’z yerlar o’zlashtirilib, yirik mexanizatsiyalashgan xo’jaliklar
sovxozlar tuzildi.
Qoradaryoda Kampirravot to’g’oni qurilishi tugallandi, u 250 ming ga yerni
sug’orishga imkon berdi. Magistral kanallar boshida suv oluvchi inshootlar qurilib,
suv bo’lish osonlashtirildi. Havzalarning suv bilan ta’minlanishini yaxshilash
uchun suv tashlash kanallari qurildi. (Quva kanali).
Kollektor-zovur tarmoqlari qurilishi jadallashdi. Farg’onada Sarisuy
kollektor-zovur tizimi, Asaka kollektor-zovur tizimi. Ikkinchi besh yillikda jami
204 irrigatsion meliorativ ob’ekt bo’yicha ishlar bajarildi.
Suvni operativ o’lchash uchun minglab gidrometrik postlar o’rnatilshi
boshlandi, kanallarni tozalash mexanizatsiyalashgan usulda bajarildi.
41
Katta qidiruv ishlari olib borildi. Farg’ona vodiysida, Sirdaryo o’ng
qirg’og’ida sug’orishni rivojlantirish sxemasi ishlab chiqildi. Sxema bo’yicha,
katta Farg’ona kanali (270 km), Shimoliy Farg’ona kanali (160 km), Janubiy
Farg’ona kanali (120 km), suv tashlovchi yirik Asaka, Sarijuga, Yazyovon,
Fayzobod, Bog’dod va So’x-Isfara kollektorlari tizim qurish ko’zda tutildi. Yana
yirik suv omborlari qurish O’rtato’qay (Kosonsoy daryosida), Qoradaryoda
Kampirravot, Andijon suv omborlari loyihalandi.
Irrigatsiyani tiklash ishlari o’tkazilgandan keyin va paxtachilikda urush oldi
ko’rsatkichlarga yetib olingandan keyin suv xo’jaligida paxtachilikni rivojlantirish
uchun qurilish ishlari boshlandi.
Shu birinchi besh yillikda (1929-1933 yil) xalq xo’jaligini chet
mamlakatlardan olib kelinadigan paxtadan ozod qilish kerak edi. Shuning uchun:
a) suv xo’jaligining tuzilgan rejalari yangidan ko’rib chiqildi, eng samarali va
ko’p hosil olish mumkin bo’lgan yerlarda qurilishlarga e’tibor berildi, doimo tez
muddat ichida kengaytirish va o’z vaqtida bitkazishni nazorat qilindi;
b) ko’p mablag’ talab qilmaydigan yemirilgan mahalliy suv o’tkazgich
tarmoqlarini qisqa vaqt ichida ta’mirlash va tiklash, shuning bilan birga bo’sh
yotgan yerlarni ishga solish;
d) suvdan foydalanishni, ishlab turgan suv tarmoqlarining foydali ish
koeffitsientini ratsional usullar bilan ko’tarish;
e) mashina yordamida sug’orish maydonlarini kengaytirish va zudlik bilan
elektr mashinasi yordamida sug’orishning ma’qulligi masalasini yechish;
Undan tashqari, qisqa vaqt ichida Vaxsh, Chirchiq, Angren va Mirzacho’lda
yangi sug’orish tarmoqlarini kurish va Xorazm, Qashqadaryoda eski suv
tarmoqlarini yangidan qurish masalalari ko’rildi. Undan tashqari, O’zbekistonda
birinchi besh yilik rejalarida suv xo’jaligining masalalari a’lohida ko’zda tutildi.
Unda yangi yerlarni o’zlashtirish va sug’orish masalalari ko’zda tutildi, bo’z
yerlarda va hamma paxta ekiladigan joylarda (Toshkent, Samarqand, Farg’ona va
Buxoroda) katta irrigatsion qurilishlar ko’rsatilgan.
42
Bu rejalashtirilgan ishlarni bajarish uchun Sredazvodxoz qaramog’ida 1929
yil ikkita trest tashkil topdi: «Sredazvodproiz» va «Sredazvodstroy». 1932 yil
Sredazvodstroy: «Uzvodstroy» trestiga aylandi Birinchi besh yillikda quyidagi
katta qurilishlar bajarildi:
Dostları ilə paylaş: |