16.1. Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalaishni tahlilining ahamiyati,maqsadi va vazifalari
Qishloq xo’jalik korxonalari (shirkat xo’jaligi, fermer xo’jaligi va boshqalar)da ishlab chiqarishni zamon talabiga mos holda rivojlantirish ko’p jihatdan asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanish xolatiga va ayniqsa, ulardan samarali foydalanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham xo’jalikning asosiy fondlar bilan ta’minlanish darajasini hamda uning ulardan foydalanish ahvolini o’rganish va iqtisodiy tahlil qilish katta ahamiyatga egadir, chunki tahlil tufayli asosiy fondlar bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash va ulardan samarali foydalanish darajasini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi.
Tahlilning maqsadi bo’lib nima hisoblanadi? Tahlilning maqsadi bo’lib, asosiy ishlab chiqarish fondlarining xolatini o’rganish asosida ular bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash va ulardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish imkoniyatlarini aniqlash hisoblanadi.
|
Tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan xo’jalikning ta’minlanish darajasini o’rganish va baho berish;
2.Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish smaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlarni o’rganish va baho berish;
3.Asosiy fondlardan foydalanish smaradorligi o’zgarishiga omillar ta’sirini aniqlash va baho beri
4.Asosiy fondlar va ulardan foydalanish darajasi o’zgarishining ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sirini o’rganish;
5.Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlash va jalb qilish bo’yincha takliflar berish.
Dostları ilə paylaş: |