O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama (1)
1.1.Statistika to,g,risida tushincha va uning tarixi va ahamiyati
Ctatistika deganda nima tushuniladi? Ctatistika lotincha so’zdan olingan,yani “Stato” davlat, “Statusta”-davlat bilimdoni degan manoni bildiradi.Demak, “Statustika” davlat to’g’risidagi muayyan bilim, malumotlar yig’indisi to’g’risidagi tushunchalarni ifodalagan. Statistika ko’p asrlik tarixga ega.Ayrim malumotlarga ko’ra,eramizdan 3500 yil ilgari Misrda aholi ro’yxatga olingan1. Demak,shu davrdan boshlab statistika paydo bo’lgan.Lekin u XVII asrning oxirlariga kelib,fan sifatida shakllana boshlagan. Shu asrda Angliyada “Siyosiy arifmetika”degan fan vujudga keldi.Hozirgi kunda u to’liq shakllangan mustaqil ijtimoiy fan bo’lib hisoblanadi.Statistika aholining turmush darajasini hamda iqtisodiyot va uning barcha tarmoqlarining rivojlanish bilan bog’liq bo’lgan o’sish darajasini tahlil qilishda va kelajak istiqbolini belgilashda muhim rol o’ynaydi, chunki statistika malumotlarisiz ushbu jarayonlar qonuniyatlarini ochib va baho berib bo’lmaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1996 yil martda Rossiyalik jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvda «Statistikasiz biror-bir narsani belgilab bo’lmaydi. Odamlar statistika tayyorlab bergan tahliliy materiallar asosidagina istiqbolni belgilash bilan shug’ullanadi» deb aytgan so’zlari fikrimizning isbotidir.