Ekin maydoni – Qishloq xo’jalik ekinlari bilan band bo’lgan maydondir. Ekin maydoni haydaladigan yerning asosiy qismidir.
Statistika ekin maydonlarini quyidagi kategoriyalarga bo’lib o’rganadi:
1.Urug’ sepilgan maydon;
2.Bahorgi mahsuldor maydon;
3.Hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydon;
4.Hosili yig’ib olingan haqiqiy maydon.
Urug’ sepilgan maydon kategoriyasiga barcha urug’ sepilgan yer maydonlari kiradi, ya’ni asosiy ekin maydonlari bilan bir qatorda takroriy ekinlar, oraliq ekinlar, aralashtirib ekilgan ko’p yillik o’tlar, bog’larning qatorlari orasidagi ekinlar, haydalgan yaylovlardagi dastlabki ekinlar, nobud bo’lgan ekinlar o’rniga qaytadan ekilgan ekinlar maydonlari kiradi.
Ekish va yig’ib-terib olish davri bir kalendar yili ichida bir-biriga to’g’ri kelmasligi tufayli urug’sepilgan maydon ikkiga bo’linadi:
1.Joriy yil hosili uchun urug’ sepilgan maydon;
2.Joriy yilda urug’ sepilgan maydon.
Joriy yil ќosili uchun urug’ sepilgan maydonga o’tgan yil kuzida ekilgan ekin va joriy yil bahorida ekilgan ekin maydonlari kiradi.
Joriy yilda urug’langan maydonga joriy yilning baќorida joriy yil ќosili uchun ekilgan va joriy yilning kuzida kelgusi yil hosili uchun ekilgan maydonlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: |