Hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydon deb hosilni o’rib-yig’ib olish uchun mo’ljallangan maydonga aytiladi.
Mahsuloti chorva mollariga ko’k ozuqa tariqasida berilgan maydon ham shu maydon tarkibiga kiritiladi.
Bahorgi mahsuldor maydon bilan hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydonning bir-biridan farqi nimada?
Hosili yig’ib olinadigan maydonning miqdori yozda nobud bo’lgan ekin maydoni hisobiga kamayadi, takroriy ekinlar hamda ikki va undan yuqori o’rib olinadigan ko’p yillik o’tlar maydoni hisobiga esa ko’payadi. Shunday qilib hosili yig’ib olinadigan maydon bahorgi mahsuldor maydonga, takroriy ekinlar maydoni va birinchi marta o’rib olinadigan ko’p yillik o’tlarning maydonlarini qo’shish va ulardan nobud bo’lgan va joriy yilda o’rib olinmaydigan ekinlarning maydonlarini ayirib tashlash bilan aniqlanadi. Bu maydon to’g’risidagi ko’rsatkichlar o’rim-yig’im ishlarining rejalarini tuzish va ularning bajarilishi ustidan nazorat o’rnatishda ishlatiladi. Hosili o’rib-yig’ib olinadigan maydon asosida xo’jalik ekinlarining hosildorligi aniqlanadi.
Hosili yig’ib olingan haqiqiy maydon deb o’rim-yig’im ishlari amalga oshirilgan maydonga aytiladi. Yetishtirilgan hosilning bir qismi ayrim sabablarga ko’ra yig’ib olinmasdan qolishi mumkin. Ana shu ko’rsatkichlar hisobiga hosili yig’ib olingan haqiqiy maydon miqdori hosili yig’ib olinadigan maydondan kam bo’lishi mumkin.
Qishloq xo’jalik ekinlari xo’jalikda tutgan o’rni va ishlab chiqarish texnologik xususiyatlari bo’yicha quyidagi besh guruh bo’yicha hisobga olinadi:
1.Don ekinlari;
2.Texnika ekinlari;
3.Kartoshka va sabzavot-poliz ekinlari;
4.Yem-xashak ekinlari;
Dostları ilə paylaş: |