O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/96
tarix28.08.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#140843
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96
IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT

Tayanch iboralar. 
Majburiy auditorlik tekshiruvi. Tashabbus auditorlik tekshiruvi. 
Operasion audit. Moliyaviy audit. Ichki audit .Tashqi audit.Korxona samaradorligi 
auditi. Auditning daslabki rejasi.Auditning umumiy rejasi.Audit dasturi. 
Maruzani o’tish metodi. 
Maruza “Bilaman . Bilishni xohlayman . Bilib oldim “ va 
aqliy hujum metodlarini qo‟llash orqali o‟tiladi. 
Asosiy savollar
17.1.Auditorlik tekshiruvining shakllari va turlarilarning mazmun-mohiyati 
17.2.Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlari.
 
17.3.Xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarda audit o‟tkazishni tashkil etish bosqichlari va 
ularda bajariladigan audit amallari 
Asosiy o’quv materiallari qisqacha bayoni 
17.1.Auditorlik tekshiruvining shakllari va turlarilarning
mazmun-mohiyati 
Xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlarning faoliyati va uning natijalari auditorlik 
tekshiruvidan o‟tkazilib turiladi. Auditorlik tekshiruvining ta‟rifi «Auditorlik faoliyati 
to‟g‟risida»gi Qonunda batafsil bayon qilingan. Qonunning 9-moddasida «Auditorlik 
tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy hisobot axborotlari to‟g‟riligi va 
qonun hujjatlariga mos kelishligini aniqlash maqsadida xo‟jalik yurituvchi sub‟yektning 
moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog‟liq bo‟lgan moliyaviy axborotlarini auditorlik 
tashkilotlari tomonidan tekshirishdir» deb qayd qilingan. 


66 
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus shakllarida o’tkaziladi.
Bulardan 
tashqari auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki huquqni muhofaza etuvchi 
organlarning tashabbusiga ko‟ra ham o‟tkazilishi mumkinligi Qonunda ko‟rsatilgan. 
Qonunning 10-moddasiga muvofiq quyidagi sub‟yektlar har yili majburiy 
tekshiruvdan o‟tkaziladi: 
1.Aksiyadorlik jamiyatlari; 
2.Banklar va boshqa kredit tashkilotlari
3.Sug‟urta tashkilotlari; 
4.Investisiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‟larini jamlab 
turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari; 
5.Manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‟lmish xayriya 
fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; 
6.Mablag‟larining hosil bo‟lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik 
va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‟lmish byudjetdan 
tashqari fondlar; 
7.Ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‟lgan xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlar. 
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bo‟lib, xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt 
hisoblanadi. 
Majburiy auditorlik tekshiruvini o‟tkazishdan bosh tortish xo‟jalik yurituvchi 
sub‟yektdan eng kam oylik ish haqining yuz barabaridan besh yuz barabarigacha 
miqdorda jarima o‟ndirishga, shuningdek uning rahbarini qonun hujjatlarida 
belgilangan javobgarlikka tortishga sababchi bo‟ladi. Jarimaning to‟lanishi xo‟jalik 
yurituvchi sub‟yektni majburiy auditorlik tekshiruvidan o‟tishdan ozod qilmaydi. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin