O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Asosiy o’quv materiallarining qisqacha bayoni



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/96
tarix28.08.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#140843
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96
IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT

Asosiy o’quv materiallarining qisqacha bayoni 
 
7.1.Mehnat resurslari bilan taminlanish va ulardan foydalanishning 
tahlili 
 
Korxonalar iqtisodiyotining rivojlanishi, ishlab chiqarish hajmining ko‟payishi va 
samaradorligining oshishi ko‟p omillarga va shu jumladan mehnat resurslari bilan 
ta‟minlanish va ulardan foydalanish darajasiga ham bog‟liqdir. 
Xo‟jalikning mehnat resurslari bilan (ya‟ni ishchi kuchi bilan) ta‟minlanish 
darajasining tahlili qiyoslash usuli orqali amalga oshiriladi.Hisobot yilidagi mavjud 
haqiqiy ishlovchilar sonini talab qilinadigan soniga yoki bazis yilidagi soniga 
solishtirib, ta‟minlanish darajasi aniqlanadi. U mutlaq va nisbiy ko‟rsatkichlarda 
ifodalanadi. 


26 
Xo‟jalikning mehnat resurslari bilan ta‟minlanish ahvolini tahlil qilishda xodimlarni 
ishga qabul qilish, ishdan bo‟shatish va ularning qo‟nimsizlik ahvoliga alohida e‟tibor 
beriladi. 
Mehnat resurslari bilan ta‟minlanish darajasi me‟yor atrofida bo‟lsa, albatta ishlab 
chiqarishga ijobiy ta‟sir qiladi, ayniqsa, mehnat resurslaridan foydalanish samarali 
bo‟lsa, ishlab chiqarishning rivojlanishiga, mehnat unumdorligining oshishiga sababchi 
bo‟ladi. 
Mehnat resurslaridan foydalanish quyidagi ko‟rsatkichlar orqali ifodalanadi: 
1.
o‟rtacha 1 ishlovchining bir yilda ishlagan kunlari soni (K); 
2.
o‟rtacha 1 ishlovchining bir yilda ishlagan soatlari soni (S); 
3.
Ish kunining o‟rtacha davomiyligi (D); 
4.
Ish vaqti fondi (soat hisobida). 
Ushbu ko‟rsatkichlar orqali mehnat resurslaridan foydalanish koeffisiyentlari 
aniqlanadi va ularni o‟zaro solishtirilib, tahlil qilinadi, xulosa chiqariladi. Mehnat 
resurslaridan foydalanishning umumlashtiruvchi ko‟rsatkichi bo‟lib, 
ish vaqti fondi
hisoblanadi. 
Qancha ish vaqti yo‟qotilgan, qancha ishchi kuchi bo‟yicha yetishmovchilik sodir 
etilgan degan savollarga javob berish uchun ish vaqti fondidan foydalanish ahvolining 
tahlilini amalga oshirish zarur. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin