: 1 Maqsulotlar fizik miqdori o‟zgarishining tasiri
: 𝐈
𝐪
=
∑𝐪
𝟏
𝐳
𝟎
∑𝐪
𝟎
𝐳
𝟎
2.Mahsulotlar tannarxi o‟zgarishining tasiri
: 𝐈
𝐳
=
∑𝐪
𝟏
𝐳
𝟏
∑𝐪
𝟏
𝐳
𝟎
Bu yerda,
q 1, q 0 - mos holda bazis va hisobot yillarida ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning fizik miqdori;
Z 1,, z 0 - mos holda hisobot va bazis yillarida yetishtirilgan bir birlik mahsulot tannarxi.
Uhbu indeklar orasida to‟liq uzviy bog‟lislik mavjud.Bu quyidagicha ifodalanadi
: Tenglik aniqlangandan keyin omillar tasiriga baho beriladi va xarajatlar halmini
kamaytirish imkoniyatlari ko‟rsatilib, xulosa qilinadi
10.3. Mahsulot tannarxini tahlil qilish uslubi. Mahsulot tannarxi moddalarining tahlili Mahsulot tannarxi korxona xo‟jalik faoliyatining barcha tomonlarini aks ettiruvchi
umumlashtirilgan ko‟rsatkichdir. Ushbu ko‟rsatkichni to‟g‟ri hisoblash va tahlil qilish
asosida uni kamaytirish yo‟llarini ko‟rsatish iqtisodiyot nuqtai nazaridan katta
ahamiyatga egadir.
Tannarx deganda nima tushuniladi? Tannarx deganda tayyor mahsulotni
yetishtirish uchun sarf bo‟lgan ishlab chiqarish xarajatlarining pul shaklida ifodalanishi
tushuniladi
Tannarx o‟z navbatida jami mahsulot tannarxi, mahsulot birligi tannarxi va 1
so‟mlik mahsulotga to‟g‟ri keladigan xarajat ko‟rsatkichlariga bo‟linadi. Bu bo‟limda
bir birlik mahsulot tannarxini tahlil qilish tartibi yoritildi.
Tahlil quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchi navbatda 1 s mahsulot
tannarxining umumiy o‟zgarishi aniqlanadi. Buni aniqlash uchun hisobot yilidagi 1 s.
mahsulot tannarxidan bazis yilidagi 1 s. mahsulot tannarxi chegirib tashlanadi