66
Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus shakllarida o’tkaziladi.
Bulardan
tashqari auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki
huquqni muhofaza etuvchi
organlarning tashabbusiga ko‟ra ham o‟tkazilishi mumkinligi Qonunda ko‟rsatilgan.
Qonunning 10-moddasiga muvofiq quyidagi sub‟yektlar har yili majburiy
tekshiruvdan o‟tkaziladi:
1.Aksiyadorlik jamiyatlari;
2.Banklar va boshqa kredit
tashkilotlari;
3.Sug‟urta tashkilotlari;
4.Investisiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‟larini jamlab
turuvchi boshqa fondlar hamda ularning boshqaruv kompaniyalari;
5.Manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo‟lmish
xayriya
fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar;
6.Mablag‟larining hosil bo‟lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik
va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo‟lmish
byudjetdan
tashqari fondlar;
7.Ustav fondida davlatga tegishli ulush bo‟lgan xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlar.
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bo‟lib, xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt
hisoblanadi.
Majburiy auditorlik tekshiruvini o‟tkazishdan bosh tortish xo‟jalik yurituvchi
sub‟yektdan eng kam oylik ish haqining yuz barabaridan
besh yuz barabarigacha
miqdorda jarima o‟ndirishga, shuningdek uning rahbarini qonun hujjatlarida
belgilangan javobgarlikka tortishga sababchi bo‟ladi. Jarimaning to‟lanishi xo‟jalik
yurituvchi sub‟yektni majburiy auditorlik tekshiruvidan o‟tishdan ozod qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: