bilan hazm tizimida ham o’zgarishlar kuzatiladi. Buzoqlar hayotining 2- haftasidan
boshlab yon tishlari o’sib chiqa boshlaydi (tug’ilganda 6-8 ta kesuvchi sut tishlari
bo’ladi), 1 oylikda kesuvchi tishlar to’liq chiqadi, 1,5 yoshligida doimiy tishlar
Buzoqlarda tug’ilgan paytdagi shirdonning katta qoringa nisbati 2-3:1 ni
tashkil etib, hayotining birinchi davrlarida oshqozon oldi bo’limlari kuchsiz va
shirdon nisbatan yaxshi rivojlangan bo’ladi. Shirdon bir oylikgacha katta qoringa
nisbatan jadal rivojlana boshlaydi. Hajmiga ko’ra katta qorin sut davrining oxiriga
kelib shirdonga tenglashadi, jinsiy yetilish davriga kelib esa shirdonga nisbatan bir
bo’limlariga tushishiga yo’l qo’ymaydi. Uviz yoki sut qizilo’ngach novi orqali
to’g’ri shirdonga tushadi. Qizilo’ngach novi valiksimon burmaga ega bo’lib,
6
fakatgina yutinish paytida hosil bo’ladi. Novcha hosil bo’lishi reseptorlari tilda,
og’izning oldingi bo’limlari shilliq pardasida va halqumda joylashgan bo’lib,
impul’slar markazga intiluvchi tarmoqlar orqali uzunchoq miyaga boradi. Shuning
uchun buzoqlarni oziqlantirishda «qizilo’ngach novi» refleksining hosil bo’lishiga
e’tibor berilishi kerak.
Uviz yoki sut majburan ichirilganda qizilo’ngach novi refleksi hosil
bo’lmaydi va ularning katta qoringa tushib, u yerda chirishidan hosil bo’lgan
toksinlarning qonga so’rilishi intoksikasiyaga sabab bo’ladi. «Qizilo’ngach novi»
refleksining tug’ma yetishmovchiligi kuzatilishi ham mumkin. Germaniyalik
mualliflarning (L. Dirr, G. Dirksen, 1989) ma’lumotlariga ko’ra, tekshirilgan 2
haftalik yoshdagi 249 bosh o’tkir kataral gastrit bilan kasallangan buzoqlarning 2,2
foyizida bu refleksning tug’ma hosil bo’lmasligi aniqlangan. Bu refleks
buzoqlarning ikki oyligigacha saqlanib qoladi va keyinchalik yo’qolib ketadi.
Buzoqning 3 oyligigacha quloq oldi so’lak bezi faqatgina sut emayotgan
paytda so’lak ajratadi. Katta yoshdagi hayvonlarda esa so’lak ajratish doimiy
xarakterda bo’ladi.
Buzoqlarda birinchi kavsh qaytarish aktlari 3 haftalikdan, qo’zilarda esa
ertaroq boshlanadi. Buzoqning bir oyligida katta qorinning 2 daqiqadagi
qisqarishlari soni 1-3 martani tashkil etib, kuchsiz bo’ladi, 2-4 oylikda esa 2-4
martani tashkil etadi. Shuning uchun buzoqlarning 3 haftaligigacha dag’al oziqalar
berish maqsadga muvofiq emas.
Yangi tug’ilgan hayvonlarda oziqalarning hazmlanishi asosan shirdon - ichak
tipida bo’lib, shirdon devoridagi bezlar juda siyrak va to’liq ishga tushmaganligi
sababli shirdondagi xlorid kislotasining konsentrasiyasi juda past bo’ladi. Bu holat
patogen mikrofloralarning rivojlanishi uchun qulay sharoit tug’dirishi mumkin.
Shirdon shirasi tarkibidagi xlorid kislota va fermentlar uviz sutini va sut
tarkibidagi oqsillarni hazmlash xususiyatiga ega bo’lib, o’simlik oqsillarini
parchalamaydi. Fermentlarning uglevodlarga nisbatan faolligi ham chegaralangan
bo’ladi. Masalan, sut qandi tug’ilgandan keyinoq hazmlana boshlasa, mal’toza
faqatgina buzoq hayotining 21- kunidan boshlab hazmlanadi. Sut davrida qandni
oziqlantiruvchi eritmalar tarkibiga qo’shish mutlaqo yaramaydi, chunki qand katta
yoshdagi hayvonlarning oshqozon oldi bo’limlarida yashaydigan simbiont
mikrofloralar tomonidan hazmlanadi xolos. Sut davridagi buzoqda oshqozon oldi
bo’limlarining ishlamasligi tufayli qand u yerdagi mikrofloralar uchun oziqa
vazifasini bajarishi va natijada diareyaning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Yangi tug’ilgan hayvonlarda shirdonning (oshqozon) uviz yoki sutning
haroratiga bo’lgan reaksiyasi juda kuchli bo’ladi. Buzoqlarga sovuq (2-4
0
S) yoki
juda issiq (42-45
0
S) sut berilganda uning qisqa vaqt ichida oshqozondan o’n ikki
7
barmoqli ichakka o’tkazilishi tufayli hazmlanish jarayonlarining buzilishi
kuzatiladi.
Yangi tug’ilgan hayvonlarda ichak gistogematik baryerining o’tkazuvchanlik
xususiyati muhim fiziologik himoya mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Ya’ni
faqatgina hayotining birinchi 24-36 soatida immun globulinlar ichak devori orqali
qonga so’rilib o’tadi. Shuning uchun birinchi porsiya uvizni tug’ilganidan 30
daqiqa keyin qabul qilgan buzoq qonidagi immunoglobulinlarning darajasi juda
yuqori bo’lsa, uvuz sutini tug’ilgandan 2 kun keyin qabul qilgan buzoq qonida esa
immunoglobulinlar umuman bo’lmasligi mumkin.
Dostları ilə paylaş: