2
Reja:
1. Yosh hayvonlarda uchraydigan kasalliklar
2. Yosh hayvonlar organizmining anatomo-fiziologik va klinik
xususiyatlari
3. Davolash usullari va profilaktikasi
Veterinariya patologiyasida yosh hayvonlarning yuqumsiz kasalliklari katta
salmoqqa ega bo’lib, chovarchilik xo’jaliklarida bir vaqtning o’zida yosh
hayvonlarning ko’pchiligida uchraydi va katta iqtisodiy zarar yetkazadi. Bunday
xo’jaliklardagi ona hayvonlarda turli xildagi modda almashinuvlarining buzilishlari
(asidozlar, yashirin ketozlar, gipovitaminozlar, makro - va mikroelementozlar)
ko’p qayd etiladi. Bo’g’oz ona hayvonlarda modda almashinuvlarining kechishi va
tug’iladigan bolalarining sog’lomligi o’zaro o’zviy bog’liq bo’lib, faqatgina
sog’lom ona hayvonlardan sog’lom va hayotchanligi yuqori bo’lgan bola olish
mumkin.
Yangi tug’ilgan hayvonlar hayotining birinchi soatlari va kunlarida o’ziga xos
anatomo-fiziologik xususiyatlariga ega bo’ladi. Shuning uchun bu davrda yosh
hayvonlarga alohida e’tibor ko’rsatib parvarishlash talab etiladi. Hayotning
birinchi kunlarida kasallangan yosh hayvonlar kelgusida rivojlanishdan qoladi,
hamda podani to’ldirishga yaroqsiz bo’ladi.
Chorvachilik fermer xo’jaliklarining tashkil etilishi tufayli hayvonlarni
saqlash va parvarishlash texnologiyalari ham o’zgardi. Shuningdek, chorvachilik
obyektlarini qurish, hayvonlarni parvarishlash va oziqlantirishda hamma joyda
ham zooveterinariya qoidalariga rioya qilinmaydi. Hayvonlar uchun faol masion,
quyosh nuri, sifatli va to’yimli oziqalar yetishmaydi. Hayvonlarning yoshi,
mahsuldorligi va fiziologik holatini hisobga olgan holda oziqlantirish me’yorlari
to’liq ishlab chiqilmagan. Bu omillar, ayniqsa yosh hayvonlar organizmining
fiziologik holatiga yomon ta’sir ko’rsatadi.