Profilaktikasi. Yangi tug’ilgan hayvonlarda gipoksiya va asfiksiyani oldini
olish uchun ona hayvonlarni bo’g’ozlik davrida to’g’ri rasion asosida boqish va
saqlash sharoitlarini ta’minlash lozim. Bo’g’oz hayvonlarga yuqori to’yimli
oziqalar berishni tashkil etish, tug’riq jarayonini nazorat qilish va tug’ishga o’z
vaqtida yordam ko’rsatish kerak. Ona cho’chqalarda tug’ish jarayoni cho’zilib
ketganda uni tezlashtirish maqsadida oksitosin preparatidan teri ostiga 0,15 TB/kg
hisobida yuboriladi.
Bronxopnevmoniya - (Bronchopneumonia), (kataral pnevmoniya, o’choqli
pnevmoniya, nospesifik pnevmoniya, “o’pka”) - bronxlar va o’pka
bo’lakchalarining yallig’lanishi bo’lib, bronxlar hamda alveolalar bo’shlig’iga
tarkibi epiteliy xujayralari, qon plazmasi va leykositlardan iborat kataral
ekssudatning to’planishi bilan xarakterlanadi.
Bronxopnevmoniya bilan barcha turdagi yosh hayvonlar kasallanadi. Kasallik
asosan 30-45 kunlik buzoqlarda, 30-60 kunlik cho’chqa bolalarida va 3-6 oylik
qo’zilarda uchraydi. Ko’pincha avval hazm tizimining kasalliklari bilan og’rigan,
organizm tabiiy rezistentligi past hayvonlar kasallanadi.
V.M. Danilevskiyning (1983) ta’kidlashicha, yangi tug’ilgan cho’chqa
bolalari kasalliklarining 60-90 foyizini bronxopnevmoniya tashkil etadi. Kasal
hayvon o’sish va rivojlanishidan qoladi, mahsuldorligi pasayadi, mahsulotlar
tannarxining ortishi va yosh hayvonlar orasida ko’plab chiqim bo’lishi natijasida
xo’jaliklar katta iqtisodiy zarar ko’radi. Patologik jarayon bronxlar va o’pka
parenximasida zardobli ekssudatning hosil bo’lishi bilan kechadi, jarayonning
bronxlar orqali o’pka parenximasiga tarqalganligi uchun yosh hayvonlarda bu
kasallik “bronxopnevmoniya” deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |