Moddalar almashinuvidagi o’ziga xoslik. Yangi tug’ilgan va o’sish
yoshidagi hayvonlarda modda almashinuvlari jadal kechishi bilan xarakterlanadi.
To’qimalarning jadal rivojlanishi energetik moddalarga nisbatan ehtiyojning
yuqoriligi bilan kechsada, suyak to’qimasi va muskullarning o’sishi, gomeostazni
ta’minlash uchun kerakli bo’lgan minerallar, vitaminlar va boshqa moddalarning
organizmdagi zahiralari chegaralangan bo’ladi. Shuning uchun bu yoshdagi
hayvonlarda
alimentar
anemiya,
gipovitaminozlar, gipokal’siyemik va
gipomagniyemik tetaniya kabi kasalliklar ko’p uchraydi.
Yosh hayvonlarda modda almashinuvi buzilishi kasalliklarining kelib
chiqmasligi uchun organizmni nafaqat to’yimli moddalarga, balki biologik faol
moddalarga bo’lgan ehtiyojlarining ham qondirilishiga e’tibor berilishi lozim.
Katta yoshdagi hayvonlarga nisbatan yosh hayvonlarda suv almashinuvining
buzilishi ko’prok kuzatiladi. Bu quyidagi ikki omilga ko’ra kelib chiqadi:
birinchidan, kislorodning assimilyasiyasi, terlash, yurakning minutlik hajmi kabi
organizimdagi suvning miqdori bilan bog’lik funksiyalar, og’irligiga nisbatdan
tana yuzasining kattaligi; ikkinchidan yangi tug’ilgan hayvonlarda tana yuzasiga
nisbatan ulardagi suv miqdorining kamligi. Shuning uchun yangi tug’ilgan
hayvonlar organizmi suvning ko’p miqdorda yo’qotilishiga juda sezuvchan bo’ladi.
Organizmdagi harorat balansi ko’p darajada energetik resurslarning
miqdoriga bog’liq bo’ladi. Yosh hayvonlar hayotining birinchi soatlarida tana
harorati tez o’zgaruvchan bo’ladi. Boshqa turdagi hayvonlarga nisbatan buzoqlar
va qo’zilar tashqi haroratning tez o’zgarishlariga mostlashuvchan bo’ladi. Bu
holatni ularda teri ostidagi pigmentlangan yog’ to’qimasining mavjudligi, ya’ni
uning oksidlanishi natijasida issiqlik hosil bo’lishi bilan izohlash mumkin.
Cho’chqa bolalarida esa butun tana yuzasida bunday to’qima bo’lmaydi. Shuning
uchun ular tashqi haroratning past bo’lishiga juda sezgir bo’ladi. Yangi tug’ilgan
hayvonlarda tana haroratini boshqarish faqatgina ularning 10 kunligida
takomillashadi.
|