O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 8-aprelidagi farmoni hamda uni amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fanlar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsiya faoliyati haqida”gi qarori mamlakatda fanni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Respublika olimlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborishga alohida e’tibor berildi. Ilmiy yechimlarni ichki va tashqi bozorda targ‘ib etish va tarqatish maqsadida Respublika ilmiy ishlanmalari innovatsiya - tijorat markazi tashkil etildi.

Madaniyat — umuminsoniy hodisa. U barchaga baravardir. Masalan, maqomlar, adabiyot, me’morchilik durdonalari, fan-texnika yutuqlari, transport va aloqa vositalari va boshqalar barchaga tegishlidir. Ammo, bu madaniyatning milliy shakli bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki u qanchalik umuminsoniy bo‘lmasin, baribir uning zaminlari milliylikka borib taqaladi. Umuminsoniyat mulkiga aylangan har qanday madaniyat ham u yoki bu millat tomonidan yaratiladi, u madaniyatga o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini singdiradi
Masalan, umuminsoniyat mulkiga aylangan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi hunarmandchilik va arxitektura durdonalari, eng avvalo o‘zbeklarniki, ular o‘zbeklarning avlod-ajdodlari o‘zlariga xos milliy jilo berganlar. O‘zbekona bunday san’at asarlari dunyoning boshqa xalqlarida uchramaydi. Xuddi ana shu xususiyati bilan ular milliy hisoblanadi. Shuning bilan ana shu san’at asarlari o‘zining takrorlanmas qiymati, yuksakligi va butun insoniyatning ma’naviy bahra olishigaxizmat qilish darajasi bilan umuminsoniyat mulkiga aylangandir.