O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI FAKULTETI “FALSAFIY VA IJTIMOIY SIYOSIY FANLAR” KAFEDRASI “O’ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirishi.
23-21 guruh
Bajardi: Muhammadqulov A.
Tekshirdi: Hudayorov A.
Toshkent-2021
REJA:
REJA:
1. KIRISH
2. Talim, ilm-fan va madaniyat
3. Adabiyot va san’at
4. Sport
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda, mamlakatimiz taraqqiyotida, Ozbekistonning buyuk davlatga aylanishida talim-tarbiya ishlarini oqilona yolga qoyish, fuqarolarni zamonaviy ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish benihoya katta ahamiyatga ega. Chunki taraqqiyot taqdirini manaviy jihatdan yetuk, texnikaviy bilimlar va murakkab texnologiyani egallagan, irodasi baquvvat, iymoni butun, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak salohiyatli odamlar hal etadi. Kelajak taqdirimizga hal qiluvchi tasir korsatadigan asosiy omil fan-texnika, madaniyat, marifat, talim-tarbiya, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar borasidagiyangiliklar va yutuqlarni, jahon mamlakatlari tajribalarini keng qolashda organish, rivojlantirish va hayotga joriy etishdan iborat hisoblanadi.
Eng avvalo, 1992 yilda mustaqil respublikamizda talimni orni, vazifasi, huquqiy kafolatlarini belgilaydigan birinchi Talim togrisidagi qonun qabul qilindi. Maxsus qonun respublikamizda talim mustaqilligini taminlab berish, kelajakda uni milliylashtirishga, talim taraqqiyotiga toliq boladigan barcha vositalarni oradan olib tashlash boyicha talim boshqaruvi organlari rahbarlari uchun tola huquqiy kafolatlar barish, talimda demokratik va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirishi, talim boyicha xorijiy davlatlar bilan mustaqil tarzda hamkorlik qilish yollarini ochib berishi, talim muassasalari uchun oquv dasturlari rejalarini tanlab olishda muayyan erkinliklar berishi, tajriba-sinovlar otkazishni ragbatlantirish, talimning noananaviy turlarini yaratish va ularni rivojlantirishga, eng asosiysi, ta`limdagi tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng shart-sharoitlar yaratishi kerak edi.