O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Yüklə 47,64 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü47,64 Kb.
#208062
JgnUCSe4Ypw8LViz7MvVtbTMAZb2lbEL (1)


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT


TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Q
ARSHI FILIALI



Kompyuter injiniring FAKULTETI

KI-13 – 23 GURUH TALABASINING

O’zbekistonning eng yangi tarixi
FANIDAN
4- MUSTAQIL ISH

Bajardi: Fayzullayev Yusuf


Qabul qildi: Tursunov Asror

Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Reja:
1. Milliy xavfsizlikni ta’minlash.
2. Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Davlatimizning harbiy sohadagi tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlari 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosati faoliyatining asosiy tamoyillari» haqidagi Qonunda mujassamlangan. Qonunda «O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaydi va harbiy-siyosiy blokka transformatsiya qilingan vaqtda har qanday xalqaro tashkilotlardan chiqish huquqini o‘z ixtiyorida qoldiradi» deb qonuniy rasmiylashtirilgan. Bu Qonun O‘zbekistonning tinchliksevarlik siyosatini, uning dunyo hamjamiyatida integratsiyaga intilishlarini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari — harbiy tuzilmalar, harbiy o‘quv yurtlari va boshqa harbiy qismlardan iborat. U O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini, hududiy yaxlitligini, aholisining tinch hayot kechirishini va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlatni himoya qilishda butun mudofaa tizimining asosini tashkil etadi va tarkibiga quyidagilar kiradi:
-Quriqlikdagi qo‘shinlar.
-Harbiy-havo va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari.
-Maxsus qo‘shinlar.
-Milliy gvardiya brigadasi.
-Chegara va ichki qo‘shinlar.
-Milliy xavfsizlik xizmati.
-Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqalar.
1999-yilgacha Chegara qo‘shinlari Milliy Xavfsizlik xizmati tarkibida bo‘lgan. 1999-yil 13- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita tashkil etildi.
Qurolli Kuchlarni joylashtirish (dislokatsiya) O‘zbekiston Respublikasi hududlari, chegaralari va havo bo‘shliqlarining mustahkam mudofaasini umumiy strategik maqsad asosida ta’minlashdan kelib chiqib belgilanadi va harbiy doktrina talablariga muvofiq strategik va operativ rejalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 20-bandiga muvofiq Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi, Qurolli Kuchlarning oliy qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi. «Mudofaa to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Prezident mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlash, qurolli tajovuz bo‘lgan hollarda davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar qabul qiladi, Mudofaa vazirini tayinlaydi. Qurolli Kuchlarga jangovar harakatlarni olib borish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va buyruq beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasida (2002-yil 12- dekabr) «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Mazkur qonunlarga ko‘ra, Qurolli Kuchlar safidagi muddatli xizmat bir yarim yildan bir yilga qisqartirildi. Oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari esa xizmatga faqat to‘qqiz oyga chaqiriladigan bo‘ldi.
Davlat tuzilmasi va davlat chegaralari daxlsizligini ishonchli himoya qilish, inson huquqlari va erkinliklariga og„ishmay rioya etish, jamiyatdagi millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik, tinchlik va osoyishtalik – demokratik huquqiy davlat qurishning hamda mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim shartlaridan hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi, iqtisodiy va mudofaa salohiyatini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish tizimida alohida o„rin tutadi.
Shu bilan birga, Milliy xavfsizlik xizmatining maqomi, vazifalari va vakolatlari doirasini aniq belgilab beruvchi qonun hujjati yaratilmay turib, unga milliy xavfsizlikni ta‟minlashning barcha jihatlari yuklatilgani ushbu idoraning davlat organlari faoliyatining barcha sohalariga asossiz aralashuviga shart-sharoit yaratib berdi.
Mamlakatni rivojlantirishning hozirgi bosqichidagi ustuvor yo„nalishlar, davlat va ijtimoiy hayotning barcha sohalarini isloh qilish borasidagi vazifalarni samarali amalga oshirish davlat xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatdan yangi tizimini shakllantirishni taqozo etadi.
Milliy xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish borasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi vazifalariga muvofiq:
1. O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati sifatida qayta tashkil etilsin. Belgilansinki, O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo’yicha huquqiy voris hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchi maxsus vakolatli organ etib belgilansin.
2. O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (bundan buyon Xizmat deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etishning ustuvor yo’nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
-Xizmatning maxsus vakolatli davlat xavfsizlik organi sifatidagi huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyat yo’nalishlarini aniq belgilab beruvchi mustahkam qonunchilik bazasini yaratish;
-bugungi kundagi xavf-xatarlar va tahdidlarga qarshi kurashishning ta’sirchan shakl hamda uslublarini joriy etish;
-yuzaga kelayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy vaziyatni inobatga olgan holda davlat xavfsizligini ta’minlash borasidagi vazifalarni bajarishda mavjud kuch hamda vositalardan samarali foydalanish imkonini beruvchi tashkiliy tuzilmani shakllantirish;
-Xizmat faoliyatini davlat xavfsizligini ta’minlash ishlarining shakl va uslublari, shuningdek, Xizmat harbiy xizmatchilarining idoraviy mansubligi haqidagi ma’lumotlar oshkor bo’lishini istisno etuvchi konspiratsiya tamoyili asosida tashkil etish;
-fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga og’ishmay rioya etilishini kafolatlaydigan ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish;
-O’zbekiston Respublikasining manfaatlarini munosib himoya qilishga qodir, har tomonlama yetuk va vatanparvar yoshlarni Xizmatga jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini yaratish;
-mehnatga munosib haq to’lash, uy-joy va maishiy shart-sharoitlarni yaxshilash, sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish orqali Xizmat harbiy xizmatchilarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish.
3. Xizmatning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib quyidagilar belgilansin:
-O’zbekiston Respublikasining davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishni ta’minlash, mazkur sohada qonuniylik va qonun ustuvorligini mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va ularga barham berish;
-O’zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuzlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish bo’yicha razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish;
-O’zbekiston Respublikasining Davlat chegaralarini qo’riqlash va himoya qilish;
-O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va mudofaa-sanoat majmuasini davlat xavfsizligiga xavf-xatarlar hamda tahdidlardan himoya qilish, mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo’yicha strategik tashabbuslarni amalga oshirishda ishtirok etish; terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka, qurol-yarog, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;
-davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib etishga qaratilgan buzg„unchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash va unga barham berish;
-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va axborot sohalarida davlat xavfsizligini ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi xalqining tarixiy-madaniy va boy ma’naviy merosini himoya qilish;
-davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiya holatlariga qarshi kurashish;
-telekommunikatsiya va transport sohasida davlat xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarni yuzaga keltiruvchi omillarning oldini olish, aniqlash va ularga barham berish;
-Xizmat tergov qilish vakolatiga kiruvchi jinoyat ishlari bo’yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergov olib borish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;
-davlat organlari va boshqa tashkilotlarda davlat sirlari saqlanishi, maxsus aloqa xavfsizligining ta‟minlanishi hamda axborotlarni kriptografik himoya qilishni tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish;
-davlat manfaatlari va xavfsizligiga tahdid soluvchi huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon beradigan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
-Xizmatning jangovar va safarbarlik tayyorgarligi holatini takomillashtirish va saqlab turish, kuch va vositalarni favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan hamda harbiy holat joriy qilingandagi harakatlarga tayyorlash.
4. 2018-yil 1-apreldan quyidagi funksiyalar: O’zbekiston Respublikasining o’ta muhim va toifalangan obyektlarida qo’riqlashning texnik vositalarini loyihalash, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha ishlarni bajarishga ruxsat berish – O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga; rejimli mudofaa obyektlarini loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta‟mirlash uchun litsenziya talabgorlariga ruxsat etilganligi haqida ma’lumotnoma berish – O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga o’tkazilsin.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF–5308-son “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tomonidan “O’zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda qonun loyihasini qayta ishlash tavsiya etilsin.
6. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xizmat bilan birgalikda bir oy muddatda 2018-2022-yillarda O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilari uchun arzon uy-joylarni qurish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
7. O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining bayrog’i va emblemasi namunalari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. Belgilansinki, bayroq va emblemadan foydalanish tartibi Xizmat raisi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Xizmat ikki oy muddatda:
-Xizmat faoliyatini tashkil etish;
-Xizmatning ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish;
-O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo’riqlash tizimining samaradorligini oshirishni nazarda tutuvchi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin.
9. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xizmat va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o’zgartish va qo’shimchalar to’g’risidagi takliflarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V.Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqin qo’shnilar bilan konstruktiv va o’zaro manfaatli munosabatlar o’rnatish, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida belgilab berildi.
Markaziy Osiyoda ishonch muhitini qaror toptirish yo’lida amalga oshirilgan sa’yharakatlar Toshkentga chegara hamda suvdan foydalanish singari murakkab va nozik masalalarda tub burilish yasash imkonini berdi. Bu muammolar yillar davomida yechilmasdan, mintaqadagi tanglikka sabab bo’layotgan edi. O’tgan yili O’zbekistonning qo’shni davlatlar bilan o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 20 foiz o’sib, qariyb 3 milliard AQSh dollariga yetdi. Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Ostona shahrida bo’lib o’tgan maslahat uchrashuvida yaqin yillarda o’zaro savdo hajmini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish mo’ljallanayotganini ta’kidladi.
Ayni paytda mintaqadagi barqarorlik hamda izchil taraqqiyot bevosita qo’shni Afg’onistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishi bilan uzviy bog’liqdir. Binobarin, ushbu mamlakat Markaziy Osiyoning ajralmas qismi bo’lgan hamda shunday bo’lib qolajak.
Bizni umumiy tarix, din, madaniyat va urf-odatlar hamda xavfsizlikni ta’minlash, savdosotiqni rivojlantirish sohasidagi manfaatlar birlashtiradi. Tinch Afg’oniston Markaziy Osiyo davlatlarining Hind okeani va Fors ko„rfazi portlariga eng qisqa yo’lini ta’minlashi, Hindiston, Eron hamda Pokistonni Yevropa va Yaqin Sharq bozorlari bilan bog’lashi mumkin.
O‘zbekistonni halqaro reytinglardagi korsatgichlarini kotarishning tarixiy va siyosiy ahamiyati.
Reja:

  1. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining o‘rnatilishi va rivojlanishi

  2. O’zbekistonning xalqaro reytinglardagi ko’rsatkichlari.

  3. O’zbekistonning xalqaro reytinglardagi

Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan Yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash, aholi farovonligi, uning munosib turmush darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash, ta’lim, tibbiyot va atrof-muhitni muhofaza qilish kabi umumbashariy vazifalar tobora muhim ahamiyat kasb etib, ularni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda.
Xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bo‘lgan maqsadlarga erishish yo‘lida davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy-texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib, davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday tuzilmalar bugungi kunda davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama munosabatlarning eng muhim va samarali shakllaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Xalqaro tashkilotlarni tashkil etish borasidagi harakatlar nisbatan qadimiy davrlardan ma’lum bo‘lsa-da, zamonaviy tushunchamizdagi hozirgi xalqaro tashkilotlar asosan XIX asrning 2-yarmidan e’tiboran tashkil topa boshlagan.
Xalqaro tashkilotlar odatda davlatlararo va jamoat birlashmalariga bo‘linadi. Davlatlararo birlashmalar bevosita xalqaro munosabat va faoliyat me’yorlarini yaratish funksiyasiga ega. Chunki ular davlatlar – xalqaro huquqning asosiy subyektlari tomonidan tashkil etiladi. Ular o‘z o‘rnida turli tashkilot va harakatlarga bo‘linishi mumkin (masalan, “Qo‘shilmaslik” harakati yoki “77 lar” guruhi). Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida qo‘llanadigan atamalarda davlatlararo tashkilotlar “Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar” deb yuritiladi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning davlatlararo tashkilotlardan farqi shundan iboratki, ular doimiy qarorgohiga, xalqaro fuqaroviy xizmatiga, o‘z byudjetiga ega bo‘lib, unga a’zo davlatlar xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida xalqaro shartnomalar tuzishi, turli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Hozirgi kunda dunyoda har xil mazmun va maqsadga bo‘ysundirilgan 2,5 mingdan ortiq xalqaro tashkilot mavjud. Jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xalqaro tashkilotlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda maqsad va manfaatlari, harakat yo‘nalishlariga, jahon siyosatida tutgan o‘rni va roliga qarab turlicha ahamiyat kasb etadi. Ular turli tarixiy sharoitlarda vujudga kelgan bo‘lib, siyosiy faoliyat subyektlari sifatida bir-biridan farq qiladi va xalqaro siyosatda turlicha mavqeni egallaydi.
Xalqaro tashkilotlar maqsad va vazifalariga, ularning xalqaro munosabatlarda va jahon siyosatidagi tutgan o‘rniga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘z xalqi manfaatlarini ko‘zlab, dunyodagi deyarlik barcha tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga kirishdi.
1996 yilda Shanxayda, 1997 yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining sammitida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to‘g‘risida shartnoma imzolanib, shu tariqa “Shanxay forumi” yoki “Shanxay beshligi” tashkiloti tuzilgan edi.
2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo‘lib o‘tdi. Uning ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O‘zbekistonning “Shanxay forumi”ga to‘la huquqli a’zo bo‘lishi to‘g‘risida bayonot imzolandi. O‘zbekiston Prezidentining taklifi bilan “Shanxay forumi” nomi “Shanxay hamkorlik tashkiloti” – SHHT deb o‘zgartirildi. O‘zbekiston uning asoschilaridan biri bo‘ldi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida qo‘llanadigan atamalarda davlatlararo tashkilotlar “Xalqaro hukumatlararo tashkilotlar” deb yuritiladi. Xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning davlatlararo tashkilotlardan farqi shundan iboratki, ular doimiy qarorgohiga, xalqaro fuqaroviy xizmatiga, o‘z byudjetiga ega bo‘lib, unga a’zo davlatlar xalqaro huquq subyektlari hisoblanadi. Shuningdek, ushbu tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida xalqaro shartnomalar tuzishi, turli majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi mumkin.
Hozirgi kunda dunyoda har xil mazmun va maqsadga bo‘ysundirilgan 2,5 mingdan ortiq xalqaro tashkilot mavjud. Jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.
Xalqaro tashkilotlar davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda maqsad va manfaatlari, harakat yo‘nalishlariga, jahon siyosatida tutgan o‘rni va roliga qarab turlicha ahamiyat kasb etadi. Ular turli tarixiy sharoitlarda vujudga kelgan bo‘lib, siyosiy faoliyat subyektlari sifatida bir-biridan farq qiladi va xalqaro siyosatda turlicha mavqeni egallaydi.
Xalqaro tashkilotlar maqsad va vazifalariga, ularning xalqaro munosabatlarda va jahon siyosatidagi tutgan o‘rniga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘z xalqi manfaatlarini ko‘zlab, dunyodagi deyarlik barcha tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga kirishdi.

Siyosiy-huquqiy sohadagi ustuvor halqaro reytinglar va ularga Ozbekistonning integratsiyalashuvi.


Reja:
1. Xalqaro reyting va indekslar
2. O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni
3. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytingdagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari .va indekslarni tizimlashtirish
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlis
Senati Raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashi raisi T.Narbayeva , senatorlar, Kengash a’zolari, Goraxpur Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi a’zolari ishtirok etgan
Yig‘ilishda deputatlar , xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlari doimiy komissiyalari raislari , ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirok etdi. Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat va ko‘plab reyting agentliklari nazarida. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ular tomonidan baho berilmoqda. Kuni kecha “Gellap” (“Gallup”) xalqaro tadqiqot institutining “Global huquq va tartib” bo‘yicha yillik global reytingi e’lon qilindi.O‘zbekiston ushbu reytingda 100 balldan 92 ball to‘pladi va dunyoning eng xavfsiz 10 ta davlati qatoriga kirdi. . Mamlakatimiz ilk bor Golaversa, Ragobatbardosh sanoat mahsuldorligi, Global innovatsiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar bo‘yicha normativ cheklovlar indekslarida tan olindi. Jahon bankining 2019-yilgi menejment sifati ko‘rsatkichlari hisobotida O‘zbekiston barcha 6 ta tarkibiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sishga erishdi .
Yig‘ilishda Kengash ishchi organlari – Moliya vaziri T.Ishmetov va adliya vaziri R.Davletovning 2020-yilning uchinchi choragida O‘zbekiston Respublikasi pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Ustuvor xalqaro reyting va indekslarda . Bundan tashqari, vazirlik va idoralar masʼul boʻlgan ayrim tarkibiy koʻrsatkichlar boʻyicha mamlakatimiz reytingi pastligicha qolayotgani , ularni yaxshilash borasidagi ishlar samarasiz ekani tanqid qilindi . Shu bilan birga , alohida xalqaro reytingga ega ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati tanqidiy muhokama qilindi. Xususan, xalqaro reytinglarning uslubiy va boshqa tarkibiy qismlarini qonunchilikka tatbiq etish , normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini xalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqeini oshirish nuqtai nazaridan ekspert tahlili vazifalari bajarilmayapti. Shuningdek, yig‘ilishda o‘z-o‘zini baholash, respublikamizning xalqaro reytinglarda past ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishiga sabab bo‘layotgan asosiy omillarni aniqlash uchun ustuvor xalqaro reytinglar mezonlari va ko‘rsatkichlari asosida milliy indekslarni ishlab chiqish vazifasi bajarilmagani tanqid qilindi. To’g’ri. Bu borada alohida xalqaro reytingga ega ilmiy-tadqiqot institutlarining faoliyati qoniqarsiz deb topildi.
Bundan tashqari,Vazirlik va idoralarning xalqaro reyting va reytinglar bilan ishlashga mas’ul bo‘lgan
Ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari faoliyati doirasida
Hujjatlarni unifikatsiya qilish, namunaviy shakllarni joriy etish ,
Mutaxassislarning bilim, ko‘nikma va malakalarini
Doimiy oshirish zarurligi ta’kidlandi. Indekslari .
Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga oid
Ustuvor xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining
Oʻrnini yaxshilash boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan tashkiliy chora-tadbirlar
Dasturini ishlab chiqish boʻyicha topshiriqlar berildi .
Mamlakatimiz uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslar
Bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi
Ko‘rsatkichlarini tubdan yaxshilashga qaratilgan ilmiy-amaliy loyihalarni
Ishlab chiqishga qaratilgan maqsadli grantlar ajratish
Mexanizmini joriy etishga kelishib olindi .
Shu bilan birga, yig‘ilishda vazirlik va idoralarning ixtisoslashtirilgan tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining
Mas’ul xodimlari uchun xalqaro standartlarga muvofiq
Loyihalarni boshqarish asosidagi reytinglarda ko‘rsatkichlarimizni
Oshirishga qaratilgan maxsus amaliy o‘quv kurslarini
Joriy etish masalasi muhokama qilindi .
Shuningdek, Kengash a’zolari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar inobatga olinib Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.
Xalqaro reyting va indekslar:
2 iyun kuni Prezident O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash,
Davlat organlarida ular bilan tizimli ishlashning
Yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni
Imzoladi .
So‘nggi 4 yil ichida mamlakat “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52-o‘rin,
“Logistika samaradorligi” indeksida 19-o‘rin, “Biznes yuritish” indeksida 18- o‘rin
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tuziladi. Uning asosiy vazifasi quyidagilar orqali
O‘zbekistonning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilashdan iborat: mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish , turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni hisobga olish, shuningdek, bu boradagi muammolarni bartaraf etish. Yo’nalishdagi ish samaradorligiga to’sqinlik qiladigan muammolar ; ilg‘or xalqaro tajriba asosida davlat hokimiyati va boshqaruv tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surish
Qaratilgan loyihalarini har tomonlama baholash . Kengashning ishchi organlari Moliya va Adliya vazirliklari hisoblanadi. Kengash ishchi organlar tomonidan taqsimlanadigan ustuvor xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini oshirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirilishini , shuningdek, bu boradagi tizimli xalqaro hamkorlikni nazorat qiladi . Mamlakatimizning ustuvor xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha mavqeini yaxshilash mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari faoliyati samaradorligini baholashning asosiy mezonlaridan biridir . Shu munosabat bilan eng muhim ko’rsatkichlar (KPI) aniqlandi. Ularga erishish uchun rasmiy vazirlik va idoralar tomonidan quyidagilar ishlab chiqilib, kengashga tasdiqlash uchun taqdim etilsin: 2020-yilning ikkinchi yarmida (bir oy muddatda) amalga oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari ; kelgusi yilda amalga oshiriladigan tashkiliy chora-tadbirlar dasturlari ( har yilning 1 dekabrigacha ). Ularda xalqaro reyting va indekslarning navbatdagi nashrida zarur indeksni belgilashga qaratilgan amaliy takliflar , shuningdek, reyting va indekslarni e’lon qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlik mexanizmlari hamda ularni tuzishda foydalanilgan axborot manbalari kiritilishi kerak
Har chorak yakuni bo‘yicha mas’ul davlat organlarining birinchi rahbarlari kengash ishchi organlarini
Respublikada amalga oshirilayotgan
Islohotlar to‘g‘risidagi axborot, zarur statistik ma’lumotlar va boshqa materiallar bilan
Ta’minlaydi (keyingi kunning 15-kuniga qadar);
Kengash raisi yoki o‘rinbosari boshchiligida o‘tkaziladigan
Yig‘ilishlarda ( keyingi o‘yinning 30-kuniga qadar ) tegishli xalqaro reyting va indekslarda KPIga erishish
Bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot beradi . 2019-yil mart oyida tashkil etilgan komissiya kengashga ko‘maklashadi va mas’ul davlat organlarining tegishli yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi . Masʼul davlat organlari va ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan kengash ishchi organlariga tegishli reyting va indekslar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida muntazam ravishda maʼlumotlar berib boriladi . Adliya vazirligida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi tashkil etiladi. Kengash bir oy ichida yuqori malakali kadrlar bilan to’ldiriladi . “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” portalining ishga tushirilishi 2020-yil 1-oktabrga ko‘chirildi (asl sana 2019-yil 1-aprel edi). Buni tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirish yuzasidan Moliya vazirligiga topshiriq berildi . Moliya vazirligi va Adliya vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda portalning uzluksiz ishlashini ta’minlash va uning yangilanishi uchun mas’uldir.
Yüklə 47,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin