149
NAT (Network Address Translation) - bu TCP / IP tarmoqlarida
tranzit paketlarning IP-
manzillarini translatsiya qilish (o’zgartirish, almashtirish) imkonini beradigan mexanizm. NAT bu
TCP/IP tarmoqlarida, paketlarning IP addressini bir tarmoq segmentidan boshqa tarmoq segmentiga
o'tish paytida o'zgartirish texnologiyasidir. NAT da xususiy (Private) IP manzilni ro'yxatdan
o'tkazilgan ommaviy (Public) IP manzilga translatsiya qilishdan iborat. Umuman olganda,
tarmoqda
2 xil IP adreslar ishlatiladi:
1.Public - ommaviy adreslar(Белый IP-аdres)
2.Private – xususiy adreslar(Серый IP-аdres)
Xususiy IP adreslar – bu lokal tarmoqda ishlatiladigan ip adreslar hisoblanadi. Deyarli
barcha ishxonalarda quyidagi 3 xil diapozondagi xususiy ip adreslar ishlatiladi:
10.0.0.0/8 (10 dan boshlanadigan ip adreslar)
172.16.0.0/12 (172.16.0.0 dan 172.31.255.255 gacha)
192.168.0.0/16 (192.168.0.0 dan 192.168.255.255 gacha)
Public (ommaviy) adreslarga misol qilib quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
Nimaga bunday bo’lingan? Lokal tarmoqdagi ip adreslar marshrutizatsiyalanmaydi. Public
ip adreslar marshrutizatsiyanadi. Bu degani yuqoridagi 3 ta diapozondagi
ip adreslarga internet
orqali boshqa joyidan turib ulanib bo’lmaydi. Public ip adreslarga ulanib bo’ladi. Shuning uchun
veb-serverlar, onlayn o’yin serverlari va boshqalar public ip adresga ega.
10.1-rasm. Manzillarni translatsiya qilish
NAT texnologiyasining 2 ta asosiy vazifasi mavjud:
1. Ichki tarmoq ip adreslarini tashqi tarmoqqa ko'rsatmaslik.
2. Ipv4 adreslarning yetmay qolish muammosini ma'lum darajada hal etish.
Bundan tashqari NATning bir necha nomlari bor: IP Masquerading, Network Masquerading
va Native Address Translation. Translatsiya IP-manzil yoki port raqamlari bo`yicha
amalga
oshiriladi. Ushbu texnologiya bir tomondan, IPv4 manzillarining yetishmasligini oldini oladi hamda
boshqa tomondan tarmoqning xavfsizligini oshirish imkoniyatini yaratadi.
NAT ko'pincha korporativ tarmoqdagi qurilmalar uchun, Internet tarmog’iga ulanish uchun
yoki aksincha Internetdan LAN tarmoq ichidagi istalgan manbaga kirish uchun qo’llaniladi.
Manzillarni translatsiya qilishning uchta asosiy turi mavjud:
–
statik (
Static Network Address Translation
);
–
dinamik (
Dynamic Address Translation
);
–
PAT (NAPT,
NAT Overload, PAT).
150
10.2-rasm. Manzillarni translatsiya qilish mexanizmi
Dostları ilə paylaş: