Terminal Logging – loglarni terminalga chiqarish, ya’ni Telnet yoki SSH seanslari
uchun.
4)
Syslog сервер – Syslog protokoli yordamida loglarni markazlashtirilgan yig'ish.
5)
SNMP Traps – SNMP protokoli orqali loglarni markazlashtirilgan yig'ish.
6)
AAA – Accounting ni ishlatish. Qurilmaga ulanish va buyruqlarni kiritish bilan bog'liq
yig'ish.
Usullarning har biri o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega, shuning uchun ularni
birgalikda ishlatish kerak. Quyida ushbu usullarning ayrim jihatlarini ko'rib chiqamiz.
Loglash darajalari Biroz yuqoriroqda, biz loglar xronologik tartibdagi barcha voqealarning yozuvlari deb
xulosa qildik. Ammo voqea deganda nimani tushinish kerak? Bularning barchasi loglash darajasiga
bog'liq. Loglarda qanday ma'lumot ko'rsatilishi kerakligini aynan ushbu darajalar aniqlaydi. Jami 8
ta loglash darajasi mavjud:
0 - Emergencies. Tizimning ishlamasligi bilan bog'liq hodisalar.
1 - Alets. Darhol chora ko’rish zarurligi to'g'risida xabarlar.
2 - Critical. Muhim voqealar.
3 - Errors. Xatoliklar haqida xabarlar.
4 - Warnings. Ogohlantirishlarni o'z ichiga olgan xabarlar.
5 - Notifications. Muhim bildirgilar.
6 - Informational. Axborot xabarlari.
7 - Debugging. Nosozliklarni tuzatish xabarlari.
Ushbu darajalar irsiydir, ya'ni 7-darajani tanlab, siz barcha darajadagi xabarlarni qabul
qilasiz (0 dan 7 gacha), va 3-darajani tanlaganingizda – faqat 0 dan 3 gacha. Loglash darajasini
ehtiyotkorlik bilan oshiring, chunki bu daraja qanchalik baland bo'lsa, protsessorga yuklama
shuncha ortadi. Masalan, agar marshrutizator orqali "katta" trafik o'tayotgan bo'lsa va protsessor
allaqachon katta yuklama ostida bo'lsa, u holda 7-darajani (Debugging) yoqsangiz siz shunchaki
qurilma ustidan nazoratni yo'qotishingiz mumkin.
Korporativ tarmoqlarda loglashning 6-darajasi (Informational) ko'pincha qo'llaniladi. 7-
daraja (Debugging) odatda nosozliklarni qidirishda (troubleshooting) ishlatiladi, masalan, VPN
tunnelini qurish bilan bog'liq muammolarni aniqlash uchun.