159
Router(config)#logging console debugging
Agar loglar konsolda ishlashga xalaqit berishni boshlasa, unda loglash darajasini o'zgartiring
yoki ularni buyruq bilan o'chirib qo'ying:
R1(config)#no logging console
Buffered Logging
Yuqorida aytib o'tilganidek, loglar qurilmaning o'zida, buferda – RAM xotirasida saqlanishi
mumkin. Bunday holda siz ushbu bufer hajmini o'zgartirishingiz va shu bilan loglash “chuqurligini”
sozlashingiz mumkin. Bufer hajmini tanlashda siz juda ehtiyot bo'lishingiz kerak.
Odatda u
qurilmaning bo'sh operativ xotirasiga bog'liq. Buferni juda kichik qilib o'rnatib, bo'sh joy
tugagandan so'ng ustiga yoziladigan muhim voqealarni o'tkazib yuborish xavfi mavjud. Buferni
juda katta tanlab, siz qurilmaning barcha bo'sh xotiralarini egallashingiz mumkin, bu esa noma'lum
oqibatlarga olib keladi.
Odatda, bufer hajmi 16 yoki 32 KB ga o'rnatiladi. So’nggi
zamonaviy qurilmalar loglar
uchun bir necha megabayt operativ xotirani ajratishga imkon beradi. O'rnatish oddiy:
Dostları ilə paylaş: