VI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI “Tarmoq xavfsizligi” fani bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish
jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar,
misol va masalalar yechadilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni
konspekt qiladi, uy vazifasi sifatida berilgan misol va masalalarni yechadi. Bundan tashqari, ayrim
mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi
hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil
o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internetdan foydalanib
ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil
ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning
darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini
rivojlantiradi. Shuning uchun ham, mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin
emas.
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi - o‘qituvchining raxbarligi va nazoratida muayyan
o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va
rivojlantirish.
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
-
ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
-
berilgan mavzular buyicha axborot (referat) tayyorlash;
-
nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
-
model va namunalar yaratish;
Mustaqil ta’limni bajarish chog‘ida talabalar ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlashda
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlarni amaliy jihatdan mustaqil yechish uchun
masalalar keltiriladi.