O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 12,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/167
tarix24.09.2023
ölçüsü12,7 Mb.
#148001
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   167
Majmua TX 2022

16.2.
 
TCP protokoli 
 
TCP mantiqiy ulanish o‘rnatiladigan protokol deyiladi, chunki ma’lumotlarni almashishdan 
oldin ikkita jarayon “qo‘l berish” – ma’lumotlarni almashish parametrlarini aniqlash uchun bir-
birlariga maxsus segmentlarni uzatilishidan iborat jarayonni amalga oshiradi. TCP-bog‘lanishning 
o‘rnatilish qismining har ikkala tomon orqali TCP-bog‘lanishga bog‘liq bo‘lgan TCPning ko‘plab 
o‘zgaruvchan holatlarini amalga oshirish hisoblanadi. 
“TCP-bog‘lanish” bu kanallar kommutatsiyalanadigan tarmoqlardagi kabi, TDM yoki FDM 
multiplekslashli ulanish emas. Shu bilan birga virtual kanal hisoblanmaydi, chunki kanalning holati 
faqat ikkita oxirgi tizimlarda saqlanadi. TCP protokol TCP-bog‘lanishni qo‘llamaydigan tarmoqning 
oraliq elementlarini (kanal darajasi marshrutizatorlari va qayta ulagichlari) qo‘shmaganda faqat 
oxirgi tizimlarda bajariladi. Aslida oraliq marshrutizatorlar TCP-bog‘lanishga absolyut e’tibor 
bermaydi, ular TCP bog‘lanishlarni emas, balki deytagrammalarni qo’llab- quvvatlaydi. 
ТCP ulanish fayllarni dupleks uzatilishini ta’minlaydi. Agar u bir xostdagi A jarayon va 
boshqa xostdagi B jarayon bilan o‘rnatilgan bo‘lsa, u holda amaliy daraja ma’lumotlari bir 
vaqtda ham A jarayondan B jarayonga, ham teskari yo‘nalishda uzatilishi mumkin. Bundan 
tashqari,ТCP-ulanish doimo ikki nuqtali hisoblanadi, ya’ni yagona qabul qiluvchi -jo‘natuvchi 
juftligi orasida o‘rnatiladi. Boshqacha aytganda, TCP protokoli ishlatilganida ular bitta 


56 
jo‘natuvchidan bir nechta qabul qiluvchilarga uzatiladigan ma’lumotlarni keng tarqatishli uzatishni 
amalga oshirish mumkin emas.
 
16.3.1.
 
Ma’lumotlarni ishonchli uzatishni asosiy qoidalari. 
 
Komp’yuter tarmoqlarida ma’lumotlarni ishonchli uzatish muammosi eng markaziy 
muammo bo‘lib, bu nafaqat transport sathida balki tarmoq va amaliy sathlarda ham kuzatiladi. 
16.4 
–rasmda 
ma’lumotlarni 
ishonchli 
uzatish 
sxemasi 
ko‘rsatilgan.
16.4
rasm. Ma’lumotlarni ishonchli uzatish: a-xizmat modeli; b- xizmat modelini 
amalga oshirilishi. 
Ma’lumotlarni ishonchli uzatish xizmati kanalga xizmat qilib, unda xabarlarni ishonchli 
uzatilishi, kommunikatsiya modelining yuqori sathida amalga oshiriladi. Ishonchli uzatilishda 
bitlarni buzilishi ro‘y bermaydi, ya’ni ularni qiymati 0 dan 1 ga yoki teskarisi; bundan tashqari 
ma’lumot shunday qabul qilinadiki, qanday ketma-ketlikda yuborilganidek. Ana shunday model 
TCP protokoliga xizmat ko‘rsatishda ishlatiladi. Transport sathi protokolida ma’lumotlarni ishonchli 
yuborishda asosiy muammo shundan iboratki, pastgi sath protokoli ma’lumotlarni ishonchligini 
uzatishda ta’minlay ololmasligidir. TCP protokoli uchun bunday xususiyat xarakterlikdir, chunki IP 
tarmoq sath protokolida ishonchsiz xizmat uzatishdan foydalanadi. Shunga qaramasdan bunday 
muammo faqatgina transport uchun emas balki tarmoq, hattoki kanal sathida ham uchraydi: ular 
tarmoq ma’lumot uzatish xizmatini ishlatib, alohida aloqa simidan foydalanadi, shuning uchun bu 
holat ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. 
Bu bo‘bda biz ma’lumotlar uzatishni manbadan to qabul qilishni faqat bir yo‘nalishda yoki 
yarim dupleks ko‘rinishda chegaralanamiz. Shunga qaramasdan bir yo‘nalishda uzatilishi bilan 
paketlarning harakati ikki yo‘nalishda bo‘ladi, ya’ni 
16.4-rasmda 
ko‘rsatilgandek, qabul qiluvchi va 
uzatuvchi tomonlar faqat ma’lumotlar bilan almashinuvidan tashqari har xil boshqarish 
ma’lumotlaridan ham foydalanadi. 

Yüklə 12,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin