O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali



Yüklə 12,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/167
tarix24.09.2023
ölçüsü12,7 Mb.
#148001
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   167
Majmua TX 2022

16.3.3.
 
TCP segment tuzilmasi. 


57 
TCP-segmenti (
16.6-rasm
) ma’lumotlar maydoni va bir nechta bosh sarlavha maydonlaridan 
tashkil topgan. Ma’lumotlar maydoni fragment maydonini ushlab, jarayonlar o‘rtasida uzatiladi. 
Oldin ko‘rsatilganidek, ma’lumot maydoni o‘lchami chegaralangan kattalikdir. Qachonki, protokol 
katta faylni uzatayotganida (misol uchun, tasvir, web-sahifa qismi) qoidaga asosan ma’lumotni MSS 
o‘lchamida fragmentlarga bo‘ladi ( faqat oxirgi fragmentni emas, chunki odatda kichik o‘lchovda 
bo‘ladi). 
16.6- rasm. TCP segmentining tuzilishi. 
TCP-segmenti 
(16.6-rasm
) ma’lumotlar maydoni va bir nechta bosh sarlavha maydonlaridan 
tashkil topgan. Ma’lumotlar maydoni fragment maydonini ushlab, jarayonlar o‘rtasida uzatiladi. 
UDP protokoliga o‘xshagan, TCP bosh sarlavhasi o‘z ichiga uzatuvchining porti va qabul 
qiluvchini raqamini olib, bu belgilangan ma’lumotni multiplekslash va demultiplekslash jarayoni, 
hamda maydon nazorat yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari TCP-segment ichiga ba’zi bir 
maydonlar kiradi bular: 

32-razryadli maydon tartib raqami va tasdiqlovchi raqamli-ma’lumotlarni ishonchli yuborish 
uchun kerak. 

16-razryadli qabul darchasi, ma’lumotlar oqimni boshqarish uchun kerak bo‘lib, bayt sonini 
ushlagan holda, qabul qiluvchi tomoni qabul qilish imkoniyatiga ega. 

4-razryadli maydon, , bunda bosh sarlovha uzunligi TCP-bosh sarlovhani uzunligini 
belgilaydi, 32-razryadli so‘zdan tashkil topgan. 
TCP-bosh sarlavhasi o‘zgaruvchan bo‘lib, odatda bosh sarlovha uzunligi 20 baytni tashkil etadi. 
Majbursiz maydon parametri shunday holatda ishlatiladiki, qachon uzatuvchi va qabul qiluvchi 
tomon “kelishilsa” segmentning maksimal o‘lchoviga, yoki yuqori tezlikdagi tarmoq darchasini 
masshtablaydi. Bayroq maydoni 6 bitdan tashkil topgan. Bitni tasdiqlanishi shuni ko‘rsatadiki, uning 
qiymati tasdiq ichida to‘g‘ri ekanligini. SYN va FIN bitlar ulashni o‘rnatilishi va uning tugatilishida 
foydalaniladi. O‘rnatuvchi PSH shuni ko‘rsatadiki, ushbu segment shartli ravishda yuqori sathda 
uzatilishi kerakligini, qabul qiluvchi tomon zudlik bilan qabul qilishi kerakligini, oxirgi, URG bit 
shuni ko‘rsatadiki, segmentda ma’lumot borligini va u yuqori sathda “tezlik” usuli bilan 
joylashganligini bildiradi. 
Endi keyingi misolni ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, “A” xost TCP-ulanish orqali “V” 
xostga ma’lumotlar oqimini yuborishni hohlaydi. TCP protokoli uzatish tomonida har bir bayt 


58 
oqimini noaniq raqamlaydi. Misol uchun uzatilayotgan fayl o‘lchovi 500000 bayt bo‘lsa, MSS 
kattaligi 1000 bayt va oqimning birinchi bayti tartib raqami 0 bo‘ladi. 
16.7 rasmda 
ko‘rsatilgandek 
TCP ma’lumot oqimini 500 segmentga bo‘ladi. Birinchi segmentga tartib raqami “0” belgilaydi, 
ikkinchi segmentni-1000 raqami, uchunchi segment-2000 raqam va .h.k. Har bir TCP segmentga 
maydonning tartib raqami va unga ketma-ketlik raqami kiritiladi. 
16.7-rasm
. TCP-segmentida ma’lumotlar faylini bo‘linishi. 
Endi tasdiqlovchi raqamni ko‘rib chiqamiz. Yodingizda bo’lsa, TCP protokoli ma’lumotlarni 
dupleks uzatilishni ta’minlay olishini, ya’ni yagona TCP ulanish, ma’lumotlarni “A” va “V” xostlar 
orsida bir vaqtni o‘zida ikki tomonga uzata olishini ta’kidlab o’tgan edik. Endi keyingi misolni 
ko‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, “A” xost “V” xostdan yuborilgan barcha baytlarni “0” raqamidan 
535 raqamigacha qabul qildi, va “V” xostga yuborish uchun segmentlarni tashkillashtiradi. “A” xost 
kutadiki, keyingi bayt “V” xost tomonidan yuborilgan tartib raqami 536 dan boshlanadi va 536 
raqamni maydon raqami ekanligini, o‘zining segmentiga tasdiqlaydi. 
Endi boshqa holatni ko‘ramiz. Faraz qilaylik “A” xost “V” xostdan ikkita segmentni qabul 
qildi, birinchi segment tartib raqami 0 dan 535 baytni, ikkinchi segment bayt raqami 900 dan 1000 
gacha. Bu degani, qanday qilib bo‘lsa ham 536 dan 899 raqamli bayt “A” xostga qabul qilinmaydi. 
Bu holatda “A” xost kelmagan baytni kutadi va o‘zining tasdiqlovchi segmentiga tartib raqami 536 
baytni kiritadi. Chunki TCP qabul qilingan ma’lumotlar ichidan birinchi bayt yo‘qligini aniqlashi 
bilan uni tasdiqlaydi, bu esa umumiy tasdiqlanishni qo‘llab quvatlaydi. 
orasida, qaysi biridan biriga xatolik tegishliligini, bor TCP-ulanishiga tushunish mumkin. 
Belgilash kerakki, bor ulanish bor raqamni ushbu port uchun ham ishlatilishi mumkinligini, 
yoki oldingisiga ham tegishligini bildiradi. 

Yüklə 12,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin