69
10-Ma’ruza
Mavzu: Fizik sathda kompyuter tarmog’ini himoyalash
Reja:
1.
Frame Relay texnologiyasining zaifliklarini tahlil qilish.
2.
Ma’lumotlarni muhofaza qilish protokollari.
3.
IP texnologiyalari va ularning asosiy komponentlarini muhofaza qilish ob’ekti
sifatida
o‘rganish
4.
MPLS texnologiyasida muhofaza qilish ob’ektlarining arxitekturalarini tahlil etish
5.
MPLS texnologiyasining asosiy zaifliklarini tahlil qilish
6.
Frame Relay texnologiyasining zaifliklarini tahlil qilish
So‘nggi yillarda Frame Relay texnologiyani asosiy yetkazib beruchilarda (AT&T i MCI
WorldCom) bir nechta yirik avariyalar sodir bo‘ldi. Bu xaqiqatan ham Frame Relay tarmog‘i ishdan
chiqqanda qayta tiklanguncha to‘liq blokirovkalanishi mumkin.
1998 yilning aprelida AT&T kompaniyasining Frame Relay tarmog‘ining ishdan
chiqishi sodir
bo‘ldi. Kommutatorlarning biridagi DTni yangilanishiga urinishda tarmoqni deyarli bir sutkaga
ishlashini to‘xtatib qo‘ygan boshqarish xabarlarining ko‘payib ketishini keltirib chiqargan xatolik
yuzaga keldi.
Shunga o‘xshash ishdan chiqish 1999 yilning avgustida MSI
WorldCom kompaniyasining
Frame Relay tarmog‘i bilan sodir bo‘ldi. Bu operatorning Frame Relay tarmog‘ini kommutatorlarining
DTni yangilashda ko‘p o‘lchamli ishdan chiqish yuz berdi. U o‘n kunga taxminan 30 %ga tarmoq
foydalanuvchilarining ishini buzdi, bir nechta banklar bankomatlarini blokirovkaladi va hatto Chikago
birjasining elektron savdo tizimini ishdan chiqardi.
Bunday ishdan chiqishlar biznesga,
operatorlarga, abonentlarga buzuvchi ta’sir etadi, shuning
uchun ishlab turgan tarmoqda uni nazorat qilinadigan sharoitlarda oldindan tekshirishsiz DTni
yangilashni o‘tkazish kerak emas.
Frame Relay tarmog‘i quyidagi komponentlardan tashkil topgan:
•
foydalanuvchilar va boshqarish axborotlaridan iborat xabarlarni uzatilishini ta’minlaydigan
paketlar
kommutatori;
•
paketlar kommutatorini boshqarish uchun mo‘ljallangan tarmoqni boshqarish markazi
(TBM);
•
telekommunikatsiya liniyalari magistral liniyalarida paketlar kommutatori orasida
shuningdek, paketlar kommutatori va TBM orasida ma’lumotlarni uzatish apparaturalari;
70
•
foydalana olish bo‘lgan telekommunikatsiya liniyalari va Frame Relay tarmog‘iga ulangan
foydalanuvchilar terminal qurilmalari va paketlar kommutatori orasidagi ma’lumotlarni
uzatish
apparaturalari.
•
Frame Relay texnologiyasining harakterli tomoni fizik, kanalli va tarmoq darajalarini ichiga
olgan uch darajali protokollar stekini ishlatilishi hisoblanadi. Bu darajalarda O‘OTEM ni aks ettirishi
bilan ular foydalanuvchi yoki boshqarish axborotlaridan iborat xabarlarni uzatish transporti
funksiyasini ta’minlaydi
Dostları ilə paylaş: