O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Texnologiyaning funksional imkoniyatlari va darajalarining zaifliklari



Yüklə 12,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/167
tarix24.09.2023
ölçüsü12,7 Mb.
#148001
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   167
Majmua TX 2022

Texnologiyaning funksional imkoniyatlari va darajalarining zaifliklari 
Frame Relay texnologiyasining zaifliklarini tahlil qilish maqsadida Frame Relay 
protokollari stekining uchta darajalarini har birining funksional imkoniyatlarini ko‘rib chiqish zarur. 
Frame Relay tarmog‘i stekining tarmoq darajasining asosiy funksiyasi foydalanuvchilar 
terminal qurilmalari orasida doimiy va kommutatsiyalanadigan virual bog‘lanishlarni o‘rnatish va 
yopish (uzish) hisoblanadi. Bu funksiyalar ma’lumotlar paketlari bo‘lgan Q.933 protokoli asosida 
shakillantiriladigan Frame Relay stekining tarmoq darajasining axborot birliklari yordamida ishlatiladi. 
Frame Relay tarmog‘i stekining kanalli darajasi quyidagi funksiyalarni bajarilishini 
ta’minlaydi: 
• 
Q.933 protokoli yordamida yig‘ilgan paketlardan iborat Frame Relay stekining kanalli 
darajasi axborot birliklari bo‘lgan ma’lumotlar kadrlarini shakllantirish. Bu funksiya LARD protokoli 
yordamida ishlatiladi; 
• 
o‘rnatilgan doimiy va kommutatsiyalanadigan virtual bog‘lanishlar bo‘yicha uzatish uchun 
mo‘ljallangan O‘OTEM kadrlarni transport darajasining ma’lumotlar bloki asosida shakllantirish


71 
• 
LAPF ma’lumotlari kadrlar sarlavhasining maydonida joylashgan va bog‘lanishni o‘rnatish 
bosqichida Frame Relay tarmog‘i protokollari stekining tarmoq darajasida shakllantirilgan 
kommutatsiyalanadigan va doimiy DLCI virtual bog‘lanishlar sonli identifikatorlari asosida paketlar 
kommutatorida amalga oshiriladigan LAPF ma’lumotlar kadrlarini kommutatsiyalash. 
Frame Relay tarmog‘i protokollari stekining fizik darajasida Frame Relay tarmog‘i 
stekining kanalli darajasi LARD va LAPF ma’lumotlar kadrlari uzatiladigan foydalana olish kanallari
va telekommunikatsiyalar magistral kanallarining mexanik, elektr va funksional harakteristikalari 
aniqlanadi.
Frame Relay texnologiyasining zaifliklari va ularning oqibatlarini ko‘rib chiqamiz. 
Fizik darajada buzuvchining ta’siri (BT) Frame Relay tarmog‘i axborot sohasiga REFOni 
olishga yo‘naltirilgan. Ular maxsuslashtirilgan qurilmalar yordamida Frame Relay tarmog‘ining 
foydalana olish kanallariga yoki telekommunikatsiya magistral kanallariga ishlatiladi. Boshqa BTlar 
orasiga Frame Relay tarmog‘i resurslari va ob’ektlari infratuzilmasiga kiritiladigan “qo‘yilma”larni 
faollashtirish yo‘li bilan yoki boshqarish kanallaridan buzuvchini xato autentifikatsiya qilish orqali 
paketlar kommutatori yoki TBM funksiyalariga REFOni olish yo‘li bilan ishlatiladigan hujumlarni 
kiritish mumkin. “Qo‘yilma”larni faollashtirish protsedurasini radioaloqa kanallari bo‘yicha buzuvchi 
tomonidan shakillantiriladigan komandasi ishga tushirilishi mumkin. 
Agar Frame Relay tarmog‘i foydalanuvchisi buzuvchi sifatida deb olinsa, u holda u o‘z 
terminali qurilmasidan foydalanishi orqali tarmoqning axborot sohasi fizik darajasiga foydalana olishni 
avtomatik ravishda oladi. Agar Frame Relay tarmog‘ining operatori buzuvchi sifatida bo‘lsa, u holda 
u ham axborot sohasiga paketlar kommutatori va TBM orqali foydalana olishni oladi. 
Frame Relay tarmog‘i axborot sohasiga REFO olinganidan keyin buzuvchi hujumi Frame 
Relay protokollari stekining kanalli va tarmoq darajalarida rivojlanish oladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, Frame Relay kadri uzatiladigan va tasdiqlanadigan kadrlarning 
o‘zgaruvchan nomerlanishiga ega emas. Frame Relay tarmoqlarida axborotlarni tugunlararo 


72 
almashtirishda xato kadrlar oddiy “tashlab yuboriladi”, ularni Frame Relay vositalari orqali takroriy 
uzatilishi amalga oshmaydi. Kadrlarni kafolatlangan va tartibli uzatilishini ta’minlash uchun yuqori 
darajadagi protokollardan (masalan, TSR/IP) yoki Frame Relay protokoliga qo‘shimchadan 
foydalanish zarur. 
Bunday samaraga faqat Frame Relay texnologiyalari talablariga muvofiq bo‘lgan sifatdagi 
kanallardan foydalanilganda erishiladi. Ma’lumki, Frame Relay texnologiyasi yetarli sifatdagi 
telekommunikatsiya kanallarini ishlatilishini talab qiladi. Kanaldagi xatolik 10
-6 
– 10
-7
dan oshmasligi 
kerak, chunki, aks holda nisbatan ko‘p kadrlar xatolik bilan uzatiladi, va qo‘shimcha vositalar bilan 
ta’minlanadigan kadrlarni takroriy uzatish talab qilinadi, bu axborotlarni uzatishning axborot tezligini 
kamaytiradi. Bundan kelib chiqadiki, Frame Relay texnologiyasida foydalanadigan muhofaza qilish 
usullari va vositalari faqat tasodifiy xatolarda va rad etishlarda yetarlicha samarador bo‘ladi va atayin 
xatoliklarni, rad etishlarni yaratadigan buzuvchilarning ta’sirida MUTning axborot xavfsizligini 
ta’minlay olmaydi. 

Yüklə 12,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin