Tarmoqning yolg‘on obyektini kiritish. Har qanday taqsimlangan tarmoqda qidirish va
adreslash kabi "nozik joylari" mavjud. Ushbu jarayonlar kechishida tarmoqning yolg‘on obyektini
(odatda bu yolg‘on xost) kiritish imkoniyati tug‘iladi. Yolg‘on obyektning kiritilishi natijasida
adresatga uzatmoqchi bo‘lgan barcha axborot aslida niyati buzuq odamga tegadi. Taxminan, buni
tizimingizga, odatda elektron pochtani jo‘natishda foydalanadigan provayderingiz served adresi
yordamida kirishga kimdir uddasidan chiqqani kabi tasavvur etish mumkin. Bu holda niyati buzuq
odam unchalik qiynalmasdan elektron xat-xabaringizni egallashi mumkin, siz esa hatto undan
shubhalanmasdan o‘zingiz barcha elektron pochtangizni jo‘natgan bo‘lar edingiz.
Yolg‘on marshrutni kiritish. Ma’lumki, zamonaviy global tarmoqlari bir-biri bilan tarmoq
uzellari yordamida ulangan tarmoq segmentlarining majmuidir. Bunda marshrut deganda
ma’lumotlami manbadan qabul qiluvchiga uzatishga xizmat qiluvchi tarmoq uzellarining ketma-ketligi
tushuniladi. Marshrutlar xususidagi axborotni almashishni unifikatsiyalash uchun marshrutlami
boshqamvchi maxsus protokollar mavjud. Intemetdagi bunday protokollarga yangi marshrutlar
xususida xabarlar almashish protokoli - ICMP (Tarmoqlararo boshqaruvchi xabarlar protokoli) va
marshrutizatorlami masofadan boshqarish protokoli SNMP (Tarmoqni boshqarishning oddiy protokoli)
misol bo‘la oladi. Marshrutni o‘zgartirish hujum qiluvchi yolg‘on xostni kiritishidan bo‘lak narsa
emas. Hatto oxirgi obyekt haqiqiy bo‘lsa ham marshrutni axborot baribir yolg‘on xostdan o‘tadigan
qilib qurish mumkin.
Xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan taqsimlangan hujumlar - DDoS (Xizmat
qilishdan taqsimlangan voz kechish) kompyuter jinoyatchiligining nisbatan yangi xili bo‘lsa-da,
qo‘rqinchli tezlik bilan tarqalmoqda. Bu hujumlaming o‘zi anchagina yoqimsiz bo‘lgani
yetmaganidek, ular bir vaqtning o‘zida masofadan boshqariluvchi yuzlab hujum qiluvchi serverlar
88
tomonidan boshlanishi mumkin. Xakerlar tomonidan tashkil etilgan uzellarda DDoS hujumlar uchun
uchta instmmental vositani topish mumkin: trinoo, TribeFloodNet (TFN) va TFN2K.