Nazorat savollari: 1.
Tarmoq trafigini tahlillashga asoslangan buzish usullarini tushuntirib bering.
2.
Tarmoqning yolg‘on obyektini kiritishga asoslangan buzish usulini ishlash prinsipini
tushuntirib bering.
3.
Yolg'on marshrutni kiritish qanday amalga oshiriladi?
4.
Xizmat qilishdan voz kechishga undaydigan buzish usuli turlarini tavsiflab bering.
5.
Axborot xavfsizligiga bo‘ladigan tahdidlar tushunchasi qanday ifodalanadi?
6.
Tahdidlarni tasniflashda qanday alomatlari asos qilib olinadi?
7.
Tabiiy va sun’iy tahdidlarni tushuntirib bering.
15-Ma’ruza Mavzu: “Bulutli” husoblash tizimlarida axborot xavfsizligi Bulutli hisoblashlar - Internet ("bulut") orqali serverlar, axborot saqlagichlari, ma’lumotlar
bazasi, tarmoqlar, dasturiy ta’minot va h. xizmatlarini taqdim etish. Bulutli hisoblashlarni
soddalashtirilgan holda masofadagi serverda joylashgan brauzer asosidagi ilova sifatida tasavvur etish
mumkin. Boshqacha aytganda, "bulutli hisoblashlar" - provayder tomonidan iste’molchi so’rovi
bo’yicha masofadagi hisoblash resurslarini taqdim etish. Bu oddiy foydalanuvchi uchun, uning bulutli
hisoblashlar xususida bilishiga yetarli. Ammo, aslida, bulutli hisoblashlarning imkoniyatlari g’oyat
katta.
Bulutli hisoblashlarning eng katta afzalliklaridan biri axborot saqlagichidir. Misol tariqasida
Internetdagi elektron pochta xizmatlarini ko’rsatish mumkin. Pochta xizmatlari ko’pincha bulutdagi
bo’lishi mumkin bo’lgan makondan foydalanib foydalanuvchilarga xotiraning katta hajmini taqdim
etadi, chunki ular uchun bu arzon. Natijada ma’lumotlar yo’qolishini bartaraf etish imkoniyati
yaratiladi. Oxirgi yillarda ko’pgina yirik banklarda mijoz xususidagi muhim axborotning yo’qolishi
haqida gaplar ko’paygan edi. Agar ushbu axborot bulutli muhitda saqlanganida, ma’lumotlarning
yo’qolishi ehtimolligi aytarlicha kamaygan bo’lar edi.
Mobil qo’rilmalardan foydalanuvchi bulutli texnologiyaning rivojida muhim omil hisoblanadi.
Bulutli texnologiyadan foydalanuvchi apparat vositalariga va dasturiy ta’minotga kapital xarajatisiz
axborot va ilovarni almashishlari mumkin. Barcha hisoblash amallari bulut ichida amalga oshirilishi
sababli, yuqori texnologiyali apparat vositalariga ehtiyoj qolmaydi. Natijada foydalanuvchilar uchun
mobil qurilmalar narxi pasayadi.
10.1-rasmda OpenMobster (Open Source Mobile Cloud Platform) ochiq platforma misolida
mobil ilovalar va bulutli hisoblash tizimlarining o’zaro ta’sir arxitekturasi keltirilgan.