O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Bulutli hisoblashlarga tahdidlar va



Yüklə 12,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/167
tarix24.09.2023
ölçüsü12,7 Mb.
#148001
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   167
Majmua TX 2022

10.3. Bulutli hisoblashlarga tahdidlar va 
ulardan himoyalanish usullari 
Bulutli hisoblashlar xavfsizligiga qo’yiladigan talablar ma’lumotlarni ishlash markazlariga 
qo’yiladigan talablardan farqlanmaydi. Ammo, ma’lumotlarni ishlash markazining virtuallanishi va 
bulutli muhitga o’tish yangi tahdidlarning paydo bo’lishiga olib keladi. 
Quyida bulutli hisoblashlarga asosiy tahdidlar keltirilgan:
- oddiy serverlarning bulutli hisoblashga ko’chishidagi qiyinchiliklar.
Aksariyat an’anaviy 
ma’lumotlarni ishlash markazlarida injenerlarning serverlardan foydalanishi fizik sathda nazoratlanadi, 
bulutli muhitda ular Internet orqali ishlaydilar
- virtual mashinalarning dinamikligi.
Yangi mashinani yaratish, uning ishlashini to’xtatish, 
qaytadan ishga tushirish qisqa vaqt mobaynida amalga oshirilishi mumkin. Ular klonlashtiriladi va 
fizik serverlar orasida ko’chirilishi mumkin. Bunday o’zgaruvchanlik xavfsizlik tizimining yaxlitligiga 
ta’sir qiladi. Ammo, virtual muhitda operatsion tizim yoki ilovalarning zaifligi nazoratsiz tarqaladi va 
ko’pincha vaqtning ixtiyoriy oralig’idan so’ng (masalan, rezerv nusxadan tiklashda) namoyon bo’ladi. 
Bulutli hisoblashlar muhitida tizim himoyasi uning holatiga va o’rnashgan joyiga bog’liq bo’lmasligi 
lozim; 
- virtual muhit ichidagi zaifliklar.
Bulutli hisoblash serverlari va lokal serverlar bir xil 
operatsion tizimlardan va ilovalardan foydalanadi. Bulutli tizimlar uchun masofaviy yorib kirish yoki 
Uzel 
menejeri 
1-Veblet 
Veblet 
konteyneri 
Ilovalar 
menejeri 
Elastiklik 
menejeri 
Bulut 
konfiguratori 
Bulut 
menejeri 
Bulut 
interfeysi 
Ilovani 
o‘rnatish 
Elastik ilova 
Ilovalar 
saqlagichi 
Dispetcher 
Marshrutizator 
Veblet 
konteyneri 
Veblet 
Foydalanuvchining 
interfeys konteyneri
START 
HTTP(s) 
Bulut elastikligi servisi 
Bajarish 
muhiti 
Ilovalar 
(manifest) 
Foydalanuvchi 
interfeysi 
1-Veblet 
2-Veblet 
HTTP 
Bulutli muhit 


94 
zararli dasturiy ta’minot bilan zararlanish tahdidi yuqori. Virtual tizimlar uchun risk ham yuqori. 
Parallel virtual mashinalar "hujumlanuvchi yuzani" kattalashtiradi. Yorib kirishlarni aniqlash va 
bartaraf etish tizimi virtual mashinalar sathida, ularning bulutli muhitdagi o’rniga bog’liq bo’lmagan 
holda, zararli aktivlikni aniqlashga qodir bo’lishi shart; 
- ishlamayotgan virtual mashinalar himoyasi.
Virtual mashina o’chirilganida zararlanish 
xavfiga duchor bo’ladi. Virtual mashinalar obrazlarini saqlagichidan tarmoq orqali foydalanish yetarli 
bo’ladi. O’chirilgan virtual mashinada himoyalovchi dasturiy ta’minotni ishga tushirish mutlaqo 
mumkin emas. Bu holda himoya nafaqat har bir virtual mashina ichida, balki gipervizor sathida amalga 
oshirilishi lozim; 
- tarmoq perimetri himoyasi va tarmoqni chegaralash. 
Bulutli hisoblashlardan foydalanilganda 
tarmoq perimetri yo’qoladi. Natijada tarmoqning kamroq himoyalangan qismi himoyalanishning 
umumiy darajasini belgilashi mumkin. Bulutdagi turli ishonch darajasiga ega foydalanishlarni 
chegaralash uchun virtual mashinalar, tarmoq perimetrini virtual mashinaning o’ziga ko’chirish orqali, 
o’zlariga himoyani ta’minlashlari lozim (10.4-rasm). Korporativ brandmauer bulutli muhitlarda 
joylashgan serverlarga ta’sir etishga qodir emas. 
10.4-rasm. Foydalanishni chegaralash mexanizmining ishlashi sxemasi 
Hozirda bulutli hisoblashlarda axborotni himoyalashning quyidagi to’rtta usuli keng tarqalgan: 
- shifrlash; 
- uzatishda ma’lumotlarni himoyalash; 
- autentifikatsiya; 
- foydalanuvchilarni izolyasiyalash. 

Yüklə 12,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin