95
Bunday yechimning xavfsizligini ta’minlashda hal qiluvchi omil sifatida bulutli serverning va
boshqarish serverining, agar ikkalasi bulutli serverlarning bitta provayderida saqlangan bo’lsa, alohida
ekspluatatsiyasini ko’rsatish mumkin (10.5-rasm).
Uzatishda ma’lumotlarni himoyalash.
Ma’lumotlarni xavfsiz ishlashda ularni shifrlangan holda
uzatish majburiy shart hisoblanadi. Ommaviy bulutda ma’lumotlarni himoyalash maqsadida virtual
xususiy tarmoq (VPN) tunneli ishlatiladi. Ommaviy bulutli xizmatlarni olish uchun tunnel mijoz bilan
serverni ulaydi. VPN-tunnel xavfsiz ulanishni ta’minlaydi va turli bulutli
resurslardan foydalanish
uchun yagona ism va parolni ishlatishga imkon beradi. Ommaviy bulutlarda VPN-ulanishlar
ma’lumotlarni uzatish vositasi sifatida Internet kabi umumfoydalanuvchi resurslarni ishlatadi. Jarayon
Secure Sockets Laer (SSL) protokoli bazasida ikkita kalit yordamida shifrlashli foydalanish rejimiga
asoslangan. SSL va VPN protokollarining aksariyati opsiyalar sifatida autentifikatsiya uchun raqamli
sertifikatlarni ishlatishni madadlaydi. Raqamli sertifikatlar yordamida ma’lumotlarni uzatmasdan
oldin, ikkinchi tomonning identifikatsiya axboroti tekshiriladi. Bunday raqamli sertifikatlar shifrlangan
ko’rinishda virtual qat’iy disklarda saqlanishi mumkin va ular faqat kalitlarni
boshqaruvchi server
identifikatsiya axboroti va tizim yaxlitligini tekshirganidan so’ng, ishlatiladi. Demak, bunday o’zaro
bog’liqlik zanjiri ma’lumotlarni faqat dastlabki ko’rikdan o’tgan bulutli serverlarga uzatishga imkon
beradi. Uzatishda shifrlangan ma’lumotlardan faqat autentifikatsiyadan so’ng foydalanish mumkin.
Autentifikatsiya.
Yuqori ishonchlikni ta’minlash uchun ko’pincha tokenlardan va
sertifikatlardan foydalaniladi. Bir martali parollar texnologiyasi (One Time password, OTP)
autentifikatsiyaning eng sodda va yetarlicha ishonchli usuli hisoblanadi. Bunday parollar, SMS orqali
foydalanuvchiga jo’natish bilan, maxsus dasturlar yoki qo’shimcha
qurilmalar yoki servislar
yordamida generatsiyalanishi mumkin. Bulutli infrastrukturaning masshtablanishining kattaligi va
geografik taqsimlanishining kengligi bir martali parollarni olishda birinchi o’ringa, hozirda har kimda
mavjud, gadjetlardan foydalanishning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. Avtorizatsiyada provayderning
identifikatsiya tizimi bilan o’zaro ta’sirning shaffofligi uchun LDAP (Lightweight Directory Access
Protocol) protokolidan va SAML (Security Assertion Markup Language) dasturlash
tilidan foydalanish
tavsiya etiladi.
96
10.5-rasm. Foydalanuvchining, kalitlarni boshqarish serverining
va bulutli serverning o’zaro ta’sir sxemasi. (RDP/SSh - server bilan Remote Desktop Protocol (RDP)
protokoli va SSh shlyuzi orqali ulanish; LDAP (Lightweight Directory Access Protocol) -
kataloglardan foydalanishning "yengillashtirilgan" protokoli.
Foydalanuvchilarni izolyasiyalash.
Ba’zi provayderlar barcha mijozlarning ma’lumotlarini
yagona dasturiy muhitga joylashtiradilar va undagi kodni o’zgartirish hisobiga buyurtmachilarning
ma’lumotlarini bir-biridan ajratishga urinadilar. Bunday yondashish bemulohaza va ishonchsiz.
Birinchidan, niyati buzuq nostandart koddagi raxnani topishi mumkin. Ushbu raxna niyati buzuqqa u
ko’rishi mumkin bo’lmagan ma’lumotlardan foydalanishiga imkon beradi. Ikkinchidan, koddagi
xatolik natijasida bir mijoz ikkinchi mijozning ma’lumotlarini tasodifan "ko’rishi" mumkin. Shu
sababli, foydalanuvchilar ma’lumotlarini chegaralashda turli virtual
mashinalarni va virtual
tarmoqlarni ishlatish eng mulohazali qadam hisoblanadi.
Xulosa sifatida aytish lozimki, xavfsizlik har doim ham faqat himoya yordamida
ta’minlanmaydi. Xavfsizlikka ob’ektlarning ishlashi va o’zaro xarakatiga mos qoidalari, xodimlarning
yuqori kasbiy tayyorligi, texnikaning
buzilmasdan ishlashi, axborot xavfsizligi ob’ektlari ishlashini
ta’minlashning turli hillarining ishonchligi orqali erishish mumkin.
Xavfsizlikni
boshqarish/ro‘yxatga
olish serveri
SIEM
Bulutli server
B
Bulutli server Bulutli server
Bulutli server
A
Kalitlarni
boshqarish
Foydalanish
vositachisi
AD/LDAP
MST
MST
Bulutli
broker
Aktiv
bulutli
server
Ro‘yxatga
olinadigan
ma’lumotlar/
Xavfsizlik
qoidalari
Ruxsat
Foydalanuvchi/
A xizmat
Foydalanuvchi/
B xizmat
Kalit
so‘rovi/kalit
bilan javob
RDP/SSH
Foydalanuvchi
"
Bulutli"
xizmatlar
ta’minot-chisi
(CSP)
Ma’lumotlarni
saqlash tizimi
(MST)