III. LABORATORIYA MASHG‘ULOTI MATERIALLARI 1 – Laboratoriya ishi Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o’rnatish-telnet, ssh Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni
ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.
Nazariy ma’lumotlar Cisco IOS
qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning
bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan:
–
Console
–
Telnet yoki SSH
–
Port AUX
Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni
ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki,
qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq
qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda,
kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash
ishlari amalga oshiriladi.
TELNET (terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish uchun
mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan.
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ishlashni ta’minlashdan
iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi aloqada ishlatiladi.
Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz
(shifrlangan) bog‘lanishni ta’minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli
o‘rniga SSH protokolini qo‘llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish
mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‘rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz
ma’lumot ko‘rinishiga o‘xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham
ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‘lanishda himoyani ta’minlaydi. Qurilmalarni
autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) ma’lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek
qurilmalar o‘rtasidagi uzatilayotgan ma’lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-port 22 ni, Telnet
TCP-port 23 ni ishlatadi.