O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


III. LABORATORIYA MASHG‘ULOTI MATERIALLARI



Yüklə 12,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/167
tarix24.09.2023
ölçüsü12,7 Mb.
#148001
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   167
Majmua TX 2022

III. LABORATORIYA MASHG‘ULOTI MATERIALLARI 
 
1 – Laboratoriya ishi
Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o’rnatish-telnet, ssh 
 
Ishdan maqsad : 
Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan kirishni 
ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan iborat. 
Nazariy ma’lumotlar 
Cisco IOS
 
qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga kirishning 
bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan: 

Console 

Telnet yoki SSH 

Port AUX 
Console port
— Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni 
ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki, 
qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq 
qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda
kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash 
ishlari amalga oshiriladi. 
TELNET
(terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish uchun 
mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan. 
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ishlashni ta’minlashdan 
iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi aloqada ishlatiladi. 
Protokol Secureshell (SSH)
— bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun xavfsiz 
(shifrlangan) bog‘lanishni ta’minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet protokoli 
o‘rniga SSH protokolini qo‘llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt uchun ishlatish 
mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‘rtasida ishlashda shifrlanmagan xavfsiz 
ma’lumot ko‘rinishiga o‘xshaganday identifikatsiya axborotlari (foydalanuvchi nomi va paroli) ham 
ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‘lanishda himoyani ta’minlaydi. Qurilmalarni 
autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli) ma’lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek 
qurilmalar o‘rtasidagi uzatilayotgan ma’lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-port 22 ni, Telnet 
TCP-port 23 ni ishlatadi.

Yüklə 12,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin