90
10.2. Mobil texnologiyalarda bulutli hisoblashlardagi
muammolar va ularning yechimi
Bulutli hisoblashlar nafaqat foydali tomonlarga ega, balki bulutli xizmatlarni taqdim etish
uchun quyidagi zarur talablar qondirilishi lozim.
- ilova funksiyalarini bulut va qurilma tarafidan ajratish imkoniyati;
- tezkor javob uchun tarmoqning past latentligi;
- bulut va qurilma orasida ma’lumotlarni tezlik bilan uzatish uchun tarmoqning yuqori
o’tkazish
qobiliyati;
- xarajatlarni optimallashtirish maqsadida tarmoq holatini adaptiv monitoringlash;
- kanalni nazoratlash uchun doimiy tarmoq ulanishi;
- so’rov bo’yicha ulanishni madadlash imkoniyati;
- energiya samaradorligini va kam chiqimlikni hisobga olgan holda tarmoqni tanlash
imkoniyatiga egaligi.
Ushbu talablar bulutli resurslarni ishlatishga qator cheklashlar qo’yadi va echilishi lozim
bo’lgan qator muammolarni kelib chiqaradi:
Barcha e’tirof etgan ochiq standartlarning mavjud emasligi.
Bulutli xizmat provayderlari
orasidagi mobillik va o’zaro ta’sir mumkin emas. Bu bulutli texnologiyalarning tezkor rivojlanishini
va keng ishlatilishini qiyinlashtiradi. Foydalanuvchilar o’zlarining joriy ma’lumot manbalarini bulutli
platformalarga istar-istamas o’tkazadilar, chunki bulutli platformalarda
qator echilmagan texnik
muammolar mavjud.
Masshtablanishning cheklanganligi.
Bulutli xizmatlarni ta’minotchilarining aksariyati cheksiz
masshtablanishni taqdim etishlari xususida gapiradilar. Aslida, bulutli hisoblashlarning keng tarqalishi
va foydalanuvchilar sonining oshishi bilan, bulutli xizmatlarni taqdim etuvchilarning hech qaysisi
barcha foydalanuvchilar so’rovlarini qondirish imkoniyatiga ega emas.
Xizmatdan foydalanishdagi ishonchsizlik.
Ko’pgina bulutli tizimlarda (xususan Amazon,
Google, Microsoft) vaqtincha nosozliklar bo’lib turadi. Bitta ta’minotchi xizmatiga bog’liqlik nosozlik
vaqtida tanglik holatiga sabab bo’ladi, chunki ilova bulutli xizmatlarning boshqa ta’minotchisiga o’ta
olmaydi. Natijada xizmat ko’rsatish to’xtatiladi.
Xizmat provayderi tomonidan blokirovkalash.
Mobillikning mavjud emasligi ilova va
ma’lumotlarning bulutli xizmatlarning bir ta’minotchisidan ikkinchisiga o’tishiga imkon bermaydi.
Turli bulutli tizim xizmatlaridan foydalanishning mumkin emasligi.
Hozirda bulutli
xizmatlarning turli ta’minotchilari orasida o’zaro qo’shilishning yo’qligi
ilovalarning turli bulutli
hisoblash tizimlari imkoniyatlaridan foydalana olmasliklariga sabab bo’ladi.
Ushbu muammolarni mobil agentlar texnologiyasidan foydalanib echish mumkin.
Mobil agent (MA) texnologiyasi - mobil telefonlar uchun Mail.ru Agent dasturining maxsus
versiyasi. MA yordamida abonentlar bilan aloqa, ular manziliga bog’liq bo’lmagan holda,
ta’minlanishi mumkin. Hozirda ushbu dastur aksariyat kompyuterlarda butun dunyo bo’yicha on-line
rejimida muloqot vositasi sifatida ishlatiladi. Dastur ovozli, videoli aloqani hamda matnli xabarlarni
tarqatishni ta’minlash imkoniga ega. Undan tashqari dastur mobil operatorning imkoniyatidan
foydalanib trafikni nazoratlashga imkon beradi. Dasturning o’zi tekin, mablag’
esa faqat
foydalanuvchining tarif rejasiga muvofiq uning hisob varag’idan olinadi (internet-GPRS trafigi
to’lovi). MA orqali xohlagan telefon nomeriga SMS ni tekin jo’natish mumkin. MA telefon nomerlari
yozilgan yon daftarchaning "zaxirali nusxasini" serverda saqlashga imkon beradi (apparat yo’qolishi
holi uchun).
91
Shunday qilib, MA - geterogen kompyuter tarmog’idagi kompyuterlar orasida avtonom tarzda
ko’chib yuruvchi va foydalanuvchi tomonidan qo’yilgan masalani echish uchun har bir mashinadagi
servislar bilan o’zaro aloqa qiluvchi dasturiy modul. MA foydalanuvchilar va texnik qurilmalar orasida
vositachilik sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, agar foydalanuvchi qurilmani boshqarishni xohlasa,
ammo mos dasturiy ta’minotga ega bo’lmasa, ma’lumotlar almashish protokoliga ega MA ga murojaat
etishi mumkin.
Odatda, foydalanish so’rovlari bulutdan to’g’ridan-to’g’ri Internetga jo’natiladi. Bu tarmoq
trafigi tezligining oshishiga va reaksiya vaqtining kamayishiga olib keladi.
Mobil agentlar yordamida bulutli hisoblashlarni ifodalovchi tizimning bazaviy arxitekturasida
Task manager ga asoslangan markazlashtirilgan yondashish ishlatiladi. Har bir ma’muriy domen bulutli xizmatlar
ta’minlovchisida o’zining virtual mashinasiga va mobil agent joyiga (Mobile Agent Place, MARga) ega.
Virtual
mashinalaridan biri ko’pgina funksiyalarni (resurslarni indeksatsiyalash, autentifikatsiya, xavfsizlik,
billing, avariyali tiklash, buzilishga bardoshlik) bajaruvchi Task manager sifatida tanlanadi.
MA dagi ma’lumotlar strukturasi sifatida ifodalangan foydalanuvchining masalasi bulutga
jo’natiladi. MAR mobil agent tomonidan jo’natilgan barcha ma’lumotlarni qabul qiladi. MAR mobil
agentdan ma’lumotlar olinganmi yoki olinmaganligidan qat’iy nazar, Task manager ni ogohlantiradi.
MAR va Task manager orasida ma’lumotlar almashuvi doimiy.
10.2-rasmda ushbu mobil-agentli
yondashishdan foydalanib, bulutli muhitda mobil agentlarni
hisoblash tizimining modifikatsiyalangan arxitekturasi keltirilgan.
Ushbu arxitektura mobil texnologiyalarning bulutli hisoblash tizimlari bilan birgalikda
ishlatilishidagi ba’zi jiddiy muammolarni echish imkoniyatiga ega va qator afzalliklarni beradi:
Portativlik.
Ilova kodini yoki foydalanuvchi masalalarini uzatuvchi mobil agent bir MAR dan
boshqa MAR ga, bulutli tizimning o’ziga xos xususiyatiga bog’liq bo’lmagan holda, ko’chishi
mumkin, ya’ni portativlik amalga oshiriladi.
Tarmoq o’zaro ta’sirini standartlashtirish.
Turli mijozlar va hisoblash tizimlari uchun o’zaro
ta’sirni unifikatsiyalash quyidagilarga imkon beradi:
- tarmoq kanalining beqarorligida tizim ishini barqarorlashtirish;
- yuqori tarmoq yashirinligida tizim ishini normallashtirish;
- elastik mobil ilovalarining (Elastic Mobile Applications) rivoji uchun texnologik asosni
yaratish.
Elastik (moslanuvchan) mobil ilovalar mobil qurilma imkoniyatlari bilan cheklanmagan.
Qo’shimcha hisoblash quvvati yoki saqlash uchun joy talab qilinganida, ularni bulutdan olish mumkin.
Tarmoq o’zaro ta’sir standarti tarmoq protokollari HTTP(S), ma’lumotlar formati va API larni
ishlatishga asoslangan. Bu qurilmaga katta moslanuvchanlikni taqdim etadi.
Elastik mobil ilovalar mobil qurilmada yoki bulutda ishga tushirilishi va ular orasida, vaziyatga
yoki foydalanuvchi maquligi bog’liq holda, ko’chishi mumkin. Elastik ilovalar arxitekturasi quyidagi
komponentlarga ega (10.3-rasm):
- elastik ilova -
foydalanuvchi tomonidan tanlanadi
va ixtiyoriy platformada, qurilma
cheklashlariga muvofiq, ishga tushiriladi;
- elastiklik menejeri -
qurilmada ishga tushiriladi, weblet (WIDL tilidagi dasturiy modul -
"veblet" deb ataluvchi funksional mustaqil va o’zaro ta’sir etuvchi birliklar naboridan tashkil topgan)
uchun zaruriy resurslarni nazoratlaydi va boshqaradi;
- dispetcher -
jarayon kechayotgan joy (mobil qurilmada yoki bulutda) xususida weblet uchun
kerakli energiyani aniqlash uchun optimizatorni ishga tushiradi va optimal variantni tanlaydi;
- bulutning elastiklik servisi -
vebletlarga resurslarni taqsimlaydi. Bulut menejeridan, bulut
konfiguratoridan va ilovalar menejeridan tashkil topgan:
93
10.3-rasm. Elastik ilovalarning arxitekturasi
- bulut konfiguratori -
bulutdagi operativ ma’lumotlarni yig’ishni amalga oshiradi;
- uzel manejeri -
bulutning har bir uzelida ishlaydi, ilovalar menejeri va bulut menejeri bilan
bevosita o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Shunday qilib, bulutli hisoblash konsepsiyasi mobil ilovalar rivoji uchun yangi imkoniyatlarni
taqdim etadi, chunki hisoblash va ishlash jarayonlarini virtual muhitga ko’chiradi.
Dostları ilə paylaş: