O‘zbekiston respublikаsi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali


Mobil qurilmalar tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar



Yüklə 12,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/167
tarix24.09.2023
ölçüsü12,7 Mb.
#148001
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   167
Majmua TX 2022

Mobil qurilmalar tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar 
Sinxronizatsiya xizmati -
ushbu xizmat mobil qurilmada qilingan barcha o’zgarishlarni bulutli 
serverga qaytarib yuboradi. 
OfflintAPp xizmati - ushbu xizmat 
Sync va Push kabi pastki sath xizmatlari ishidagi 
muvofiqlikni yaratishga imkon beradi; dasturchini sinxronlashni bajarish kodini yozishdan ozod qiladi, 
chunki muayyan vaziyat uchun sinxronlashning qaysi mexanizmi yaxshiroq mos kelishini ushbu 
xizmat hal qiladi. 
InterApp Bus xizmati - ushbu xizmat qurilmada o’rnatilgan ilovalar orasidagi pastki sath 
ta’sirini ta’minlaydi.


89 
Tarmoqli o’zaro ta’sir xizmati -
ushbu xizmat serverdan push-xabarni olish uchun kerakli 
uzatish kanalini o’rnatadi; qurilma va server orasida aloqani avtomatik tarzda o’rnatishga imkon 
beradi. Bu pastki sath xizmati. 
Push xizmati -
bulutli servis tarqatgan tuzatishlarni boshqaradi; foydalanuvchi ishini 
yaxshilaydi, chunki foydalanuvchining yangi axborot mavjudligini mustaqil tekshirishi kerak emas. 
Ma’lumotlar bazasi xizmati -
mobil ilovalar uchun ma’lumotlarni lokal saqlagichidan iborat: 
platformaga bog’liq holda saqlash uchun mos imkoniyatlar ishlatiladi. Ushbu xizmatning asosiy 
vazifasi - ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash. Network kabi pastki sath 
xizmati hisoblanadi. 
Bulutli muhit tarafidan zaruriy namunaviy xizmatlar 
Sync xizmati (Cloud Syncronization)
- bulutli saqlagichda joylangan ma’lumotlarni 
foydalanuvchining mobil qurilmasidagi ma’lumotlar bilan avtomatik tarzda sinxronlash texnologiyasi. 
Push xizmati -
server Push xizmati yangilashlar uchun ma’lumotlarni uzatish kanallarini 
kuzatadi. Yangilashlar aniqlangani onida qurilmaga mos xabar jo’natiladi. Qandaydir sababga ko’ra 
qurilma tarmoqdan uzilgan bo’lsa, xizmat kutadi va so’ngra, qurilma yangitdan ulanishi bilanoq, xabar 
etkaziladi. 
Secure Socket-Based Data Service xizmati - ushbu xizmat ilova talab qiluvchi xavfsizlik 
darajasiga bog’liq holda 
plain socket yoki SSL socket serverlarni yoki ikkalasini ta’minlaydi. 
Xavfsizlik -
ushbu komponent autentifikatsiyani va avtorizatsiyani ta’minlaydi. Natijada, bulutli 
serverga ulangan mobil qurilmalarning haqiqatan undan foydalanishlariga ishonch hosil qilinadi. Har 
bir qurilma oldindan ro’yxatdan o’tishi lozim. So’ngra, qurilma autentifikatsiya/avtorizatsiya 
muolajasidan o’tadi va undan keyingina serverdan foydalanishga ruhsat oladi. 
10.1-rasm. OpenMobster platforma arxitekturasi 
Boshqarish konsoli -
har bir bulutli server foydalanuvchiga tizimni boshqarish va ma’murlash 
(masalan, ma’lumotlarni masofadan yo’q qilish, masofaviy blokirovkalash va h.) imkonini beruvchi 
maxsus ilovaga ega bo’lishi lozim. 
Sinxronlash 
xizmati 
OfflineApp 
xizmati 
InterApp bus 
Tarmoqli o‘zaro 
ta’sir xizmati 
Push xizmati 
Ma’lumotlar 
bazasi xizmati 

Yüklə 12,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin