Fayl tizimidagi kataloglarning joylashuvi. Linux yuklanganda, foydalanuvchi odatda fayllarni saqlash va kataloglar yaratish uchun ajratilgan o'zining uy katalogida joylashgan bo’ladi.
Ayni vaqtdagi joriy katalogni bilish uchun quyidagi buyruq ishlatiladi:
pwd Buyruqni bajarish natijasi quyidagicha bo’ladi:
/ home/ demo Foydalanuvchi katalogi tizim foydalanuvchisi nomidan keyin joylashgan, bu misolda u demo deb nomlangan. Bu katalog /homedeb nomlangan katalogda va root yoki root katalog deb nomlangan ildiz katalogda joylashgan.
Kataloglar tarkibini ko'rish Ls buyrug'i katalog tarkibini ko'rish uchun ishlatiladi. Bu buyruqning nomi list files sozlar qisqartmasidir.
Istalgan katalog tarkibini quyidagi yo'llar bilan ko'rish mumkin:
1)ls katalog_ nomi Katalog joylashgan yo’lni to’liq yozish orqali:
2)ls / kataloggacha bo’lgan_yo’l Bu buyruqning bajarilishi natijasida berilgan katalog ichida joylashgan fayllar va kataloglar nomlari ko’rsatiladi:
dir1 fayl1 fayl2 fayl3 ls buyrug'iga qo'shimcha opsiyalar qo'shilishi mumkin, masalan, joriy katalogdagi fayllar va kataloglarning batafsil ko'rinishini (ruxsatnomalar, fayllar yoki papkalar egalarining ro'yxati, hajmi, oxirgi o'zgartirish sanasi) ko'rsatish uchun -l(el) opsiyasidan foydalanish mumkin:
ls -l Buyruqni bajarish natijasi:
total 16 drwxr-xr-x 2 home demo 4096 Nov 3 17:40 dir1 -rw-r--r-- 1 home demo 13 Nov 8 17:17 file1 -rw-r--r-- 1 home demo 42 Nov 9 13:04 file2 -rw-r--r-- 1 home demo 42 Nov 10 13:04 file3 Barcha fayllar ro'yxatini, jumladan, yashirin fayllar va kataloglarni ko'rish uchun ls buyrug’iga -a belgisini qo'shish mumkin:
ls -a Buyruqni bajarish natijasi:
... dir1 fayl1 .mysql_history .ssh .. .bash_history file2 file3 .nan ls –F buyrug’i yordamida belgilar nomlarga ularni xarakterlovchi turini qo'shilishi bilan joriy katalog tarkibini ko'rsatishingiz mumkin.Buyruqni bajarish natijasi:
dir1 / file1 file2 file3
Kataloglar o'rtasida harakatlanish Foydalanuvchi uy katalogiga o'tish uchun cd buyrug'idan foydalaning. Ushbu buyruq nomi (change directory.-katalogni o'zgartirish) so’zlari qisqartmasidir.
Foydalanuvchining uy katalogiga o'tish uchun quyidagi buyruq yoziladi:
cd ~ foydalanuvchi cd buyrug'i, shuningdek, joriy katalogga o'tishdan oldin biz turgan oldingi katalogga o'tish uchun ishlatiladi,masalan.
cd.. Linux tizimlarida har bir fayl va katalog "root" katalogi deb nomlangan eng yuqori katalogda joylashgan bo'lib, bu katalog bitta chiziq “/-slesh” bilan belgilanadi.
Ikkita oldingi katalogga o’tish uchun qutidagi buyruq ishlatiladi:
cd ../ ..
Fayllar va kataloglar bilan operatsiyalar Har bir buyruq ko'p parametrlarga ega, ularni ko’rish uchun “buyruq nomi” va -help parametrlarini kiriting, masalan:
ls -help Quyida Linux konsolidagi asosiy buyruqlari ro'yxati keltirilgan.
Fayl yaratilish Fayllar touch buyrug’i yordamida yaratiladi:
touch fayl_nomi
Matn faylda mavjud matnlarni ekranga chop qilish cat buyrug’i orqali matn faylda mavjud bo’lgan kontekst(matn)ni ekranga chop qilinadi. Ushbu buyruq catenate(ulamoq) so’zidan olingan bolib, bir biri bilan boglamoq degan manoni anglatadi. cat buyrug’ini quyidagi tartibda yozishimiz kerak boladi: cat buyrug’i probel bilan ajratilgan holda fayl nomi yoziladi.
cat practice This is a small file that I created with a text editor.
So’zni fayldan izlash buyrug’i grep buyrug’i orqali esa biror so’zni biror fayldan qidirish uchun ishlatish mumkin. Natija sifatida esa qidirilayotgan so'z qatnashgan qator ekranga chop qilinadi.