O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tоshkеnt aхbоrоt tехnоlоgiyalari univеrsitеti



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə3/5
tarix05.12.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#173674
1   2   3   4   5
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • CHMOD
cat-parametrda berilgan fayl mazmunini standart chiqishga chop etadi. Agar parametrda bir nechta fayllar uzatilsa, ular ketma-ket chop etiladi. Bundan tashqari, chiqishni '>' belgisi yordamida boshqa faylga yo'naltirish xam mumkin. Agar faqat ma'lum bir sondagi qatorlarni chop etish talab etilsa, -n (Number) opsiyasidan foydalanish mumkin.
cd-joriy katalogdan ko'rsatilgan katalogga o'tishga imkon beradi. Agar parametrlarsiz ishlatilsa, u uy katalogiga qaytadi. Ikki nuqta bilan ishlatilsa joriy katalogga nisbatan bir daraja yuqori katalogga qaytadi. “-” tire bilan ishlatilsa(cd -) oldingi katalogga qaytadi.
pwd-Joriy katalog nomini ekranga chiqaradi. Agar Linux buyruq satri bunday ma'lumotlarni chiqarmasa, bu buyruq foydali bo'lishi mumkin. Bu buyruq katalogga havola olish uchun skript bajariladigan Bash dasturlashda foydali bo'ladi.
MKDIR-yangi kataloglar yaratish buyrug’i. Eng qulay opsiyalardan bittasi -p (parents), bitta buyruq bilan butun ichki katalog tuzilishini agar ular mavjud bo'lmasa ham yaratish imkonini beradi.
FILE- buyrug'i fayl turini ko'rsatadi. Linuxda fayllar bilan ishlash uchun ular har doim kengaytmaga ega bo'lishi shart emas. Shuning uchun, ba'zida foydalanuvchi oldida qanday fayl turganini aniqlash qiyin bo'ladi. Bu buyruq bu muammoni hal qiladi.
CP-fayl va kataloglardan nusxa ko'chirish buyrug’i. Bu buyruq kataloglar tarkibini rekursiv ravishda nusxasini ko'chirmaydi (ya'ni, barcha ichki kataloglar va ichki kataloglardagi barcha fayllar), shuning uchun -r (Rekursiv) yoki -a (Arxiv) opsiyalarini qo'shib ishlatish tavsiya etiladi. Ikkinchi parametr rekursiv nusxalashdan tashqari atributlarni, katalog egasi(yaratuvchisi)ni va vaqt tamg'asini saqlash imkoniyatini beradi.
MV-fayllar va kataloglarni ko'chirish yoki nomini o'zgartirish buyrug’i. Shunisi e'tiborga loyiqki, Linuxda bu ikki amal bir xil operatsiya hisoblanadi. Ya’ni nomini o'zgartirish - faylni boshqa nom bilan shu papkaga ko'chirishni bildiradi.
RM-fayl va papkalarni o'chiradi. Agar rekursiv o'chirish talab etilsa, -r opsiyasidan foydalanish mumkin. Biroq, buyruqni ehtiyot bo'lib ishlatish kerak bo'ladi, muhim fayllaringizni o'chirib tashlash mumkin. Rm buyrug’i fayllarni “Karzina” qutisiga tashlamaydi, balki butunlay o'chirib tashlaydi. Rm buyrug’ining natijalari qaytarilmasdir. Ishoning, "rm mening kurs ishimni yedi" kabi bahonalaringiz hech kimga qiziq bo'lmaydi.
CHMOD-faylga murojaat xuquqlarini o'zgartiradi. Bular o'qish, yozish va bajarilish. Har bir foydalanuvchi o'z fayllari huquqlarini o'zgartirishi mumkin.


CHOWN-fayl egasini o'zgartiradi. Faqat superuser fayl egalarini o'zgartirishi mumkin. Rekursiv o'zgartirish uchun -r opsiyasidan foydalaniladi.

FIND-fayl tizimida, fayl va papkalarda qidirish. Bu juda moslashuvchan va qudratli Linux buyrug'i, faqat uning qidirish qobiliyati tufayli emas, balki topilgan fayllarga ixtiyoriy buyruqlarni bajarish qobiliyati tufayli ham.


LOCATE find buyrug’idan farqli o'laroq, locate buyrug'i updatedb ma'lumotlar bazasidan fayl nomlari andozalari uchun qidiradi. Bu ma'lumotlar bazasida juda tez qidirish imkonini beradigan fayllar tizimi tasviri mavjud. Ammo bu qidiruv ishonchsizdir, chunki oxirgi tasvirdan keyin hech narsa o'zgarmaganiga amin bo'lib bo’lmaydi.
DU-fayl yoki katalog hajmini ko'rsatadi. Eng foydali opsiyalaridan -h (human), fayl o'lchamlarini o'qish oson formatga o'zgartiradi, -s (Summarize), minimal ma'lumotlarni chiqaradi va -d (Depth), kataloglar bo'yicha rekursiya chuqurligini o'rnatadi.
DD rasmiy qo'llanmada aytilganidek, bu fayllarni nusxalash va o'zgartirish uchun terminal buyrug'i. Juda aniq tavsif emas, lekin bu hamma narsani bajaradi. Siz unga manba faylini, manzilni va bir nechta qo'shimcha variantlarni o'tkazasiz. Keyin u bitta faylning nusxasini boshqasiga o'tkazadi. Siz yoziladigan yoki nusxalanadigan ma'lumotlarning aniq hajmini belgilashingiz mumkin.
Bu buyruqlarni ishlatishga ayrim misollar keltiramiz:

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin