Faylning boshi va oxirini ekranga chop qilish buyruqlari Masalan,quyidagi matnga ega month fayli mavjud bo’lsin:
cat months Natija:
Jan Feb Mar Apr May Jun Jul Aug Sep Oct Nov Dec
head buyrug’i orqali faylning standart holda birinchi kelgan(yuqori) 10 qator matni ekranga chop qilinadi.
tail buyrug’i ham head buyrug’iga o’xshab standart holda faylning oxirgi qator matnini ekranga chop qilishga yordam beradi.
$ tail -5 months Aug Sep Oct Nov Dec
Bir vaqtning o'zida ikkita katalog yaratish buyrug'i quyidagicha bo’ladi:
mkdir katalog_nomi_1 katalog_ nomi_2 Kataloglar daraxti(ichma-ich joylashgan)ni yaratish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
mkdir -p / katalog_nomi_1 / katalog_nomi_2
O'chirish buyrug’i Kataloglarni o'chirish uchun rmdir katalog_nomi buyrug'idan foydalaning. Ushbu buyruq nomi remove directory so’zlarining qisqartmasidir.
Rm buyrug'i fayllarni o'chirish uchun ishlatiladi. Masalan, file1 nomli faylni o'chirish uchun quyidagi buyruqdan foydalaning:
rm fayl 1 Rm buyrug'i nafaqat fayllarni, balki kataloglarni ham o'chirishga imkon beradi.Dir1 nomli katalogni barcha pastki kataloglar va fayllar bilan o'chirish uchun -r(rekursiv so'zdan) opsiyasidan foydalanish mumkin:
rm -r dir1 Ikkita katalogni bir vaqtning o'zida barcha ichki tarkiblari bilan o'chirib tashlash mumkin:
rm -r katalog_name_1 katalog_ nomi_2 O’chirish amalida -f opsiyasidan foydalanilsa, o'chirishda tasdiqlash so'ralmaydi.Bunda faylni o'chirish buyrug'i quyidagicha bo'ladi:
rm -f fayl 1 Katalogni o'chirish buyrug'i:
rm -rf dir1
Qayta nomlash va ko’chirish buyruqlari mv buyrug'i fayllar va kataloglarni ko'chirish va nomini o'zgartirish uchun ishlatiladi. Bu buyruq nomi move-ko’chirish sozi qisqartmasidir.
Bu buyruq yordamida fayl nomini o'zgartirish quyidagicha bajariladi:
mv fayl_nomi new_name Faylni ko'chirish uchun quyidagi buyruq ishlatiladi:
mv fayl_nomi yo'li /
Nusxalash buyrug’i cp buyrug'i nusxa ko'chirish uchun ishlatiladi. Bu buyruqning nomi copy- ko'chirish so'zining qisqartmasi.
Fayl1dan nusxa ko'chirish va unga fayl2 deb nom berish uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi:
cp fayl1 fayl2 Dir1 katalogini dir2 katalogiga nusxalash uchun quyidagi buyruqdan foydalaniladi:
cp –a dir1 / dir2 / file1nomli faylni dir1 nomli katalogga ko'chirish uchun quyidagi buyruq ishlatilishi mumkin:
cp fayl1 dir1 /