O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risida nizom


 tadan .  4. Vazirlik stipendiyasi:  Vazirlik stipendiyasining  bir oylik miqdori



Yüklə 426,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix22.09.2023
ölçüsü426,11 Kb.
#146632
1   2   3   4   5   6   7
Tartibi

1 tadan

4. Vazirlik stipendiyasi: 
Vazirlik stipendiyasining 
bir oylik miqdori
TATU va uning filiallari, 
Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti hamda 
“IT-Park University” raqamli universiteti (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik tizimidagi 
oliy ta’lim muassasalari) talabalari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 
5,0 
barobari
, texnikum va litseylarning o‘quvchilari uchun bazaviy hisoblash 
miqdorining 
2,0 barobari
miqdorida belgilanadi. 
Shuningdek, Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari talabalarining 
to‘lov-shartnoma asosida belgilangan to‘lov miqdoridan sarhisob qilib berilishi 
mumkin. 


5. Sovrindorlar Vazirlik tomonidan 
sentabr-oktabr oylarida
tashkil 
etiladigan tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri tomonidan Vazirlik stipendiyasi 
sohibi ekanligini ko‘rsatuvchi maxsus sertifikat bilan taqdirlanadilar. 
6. 
Vazirlik 
stipendiyalari 
xarajatlari 
Axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. 
7. Vazirlik stipendiyasiga Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarining talaba 
va o‘quvchilari talabgor bo‘lishlari mumkin. Shuningdek: 
Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun o‘quv yili 
yakuniga (ikkala semestr natijalariga) ko‘ra o‘rtacha o‘zlashtirish GPA bali, Vazirlik 
tizimidagi har bir oliy ta’lim muassasasi talabalari uchun belgilangan eng yuqori 
GPA balining 
76 foiz va undan yuqori

texnikum va litseylarning o‘quvchilari uchun o‘quv yili yakuniga (ikkala 
semestr natijalariga) ko‘ra, fanlardan olgan baholari 
“a’lo” 
va
“yaxshi”
bo‘lishi 
lozim. 
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari, 
shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy stipendiyasi sovrindorlariga bir yilda Vazirlik 
stipendiyasi tayinlanishiga ruxsat berilmaydi. 
Shuningdek, Vazirlik stipendiyasi sovrindorlari Vazirlik stipendiyasiga 
talabgor bo‘la olmaydilar. 
9. Iqtidorli o‘quvchi va talabalar uchun saralash tanlovining shaffofligi
va ochiqligini ta’minlash maqsadida, Vazirlik stipendiyasiga talabgor bo‘lish onlayn 
tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabgorlar tomonidan “O‘zbekistonning
IT-iste’dodlari” (https://it-istedod.uz/) portali orqali barcha hujjatlar onlayn taqdim 
etiladi. 
10. Vazirlik stipendiyasi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar Vazirlik
va tizimdagi ta’lim muassasalari veb-saytiga joylashtirilishi hamda ijtimoiy 
tarmoqlarda yoritib borilishi lozim. 
11. Tarkibi Vazirlik buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan Ishchi guruh iqtidorli 
talabalarni ajratib olish uchun talabgorlar hujjatlarini atroflicha o‘rganib chiqadi
hamda belgilangan mezonlarga muvofiq Vazirlik stipendiyasi sovrindorlarini 
aniqlaydi. 
12. Ishchi guruh: 
Vazirlik markaziy apparati hamda tizimdagi korxona va tashkilotlar 
mutaxassislaridan iborat tarkibda tasdiqlanadi va jamoatchilik asosida doimiy 
faoliyat yuritadi; 
Vazirlik stipendiyasi talabgorlarining hujjatlarini o‘rganish va saralash bilan 
shug‘ullanadi; 


talabgorlarning baholash natijalari ushbu nizomning 1 va 2-ilovalarida 
keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi 
talabgorlarini baholash mezonlariga muvofiq aniqlanadi hamda zarur hollarda ular 
bilan yuzma-yuz yoki videokonferensiya usullarida suhbat o‘tkazadi; 
Vazirlik stipendiyasini belgilash to‘g‘risidagi masalani muhokama qiladi, 
qaror qabul qiladi va qaror bayoni nusxasini Vazirlik buyrug‘ini qabul qilish uchun 
asos sifatida taqdim qiladi; 
Ishchi guruhning qarori yakuniy hisoblanadi, apellatsiya qabul qilinmaydi. 
Shuningdek, Vazirlik stipendiyasi talabgorlarining hujjatlarini o‘rganish
va saralash mustaqil tashkilotlar tomonidan o‘tkazilishi mumkin. 
13. Vazirlik stipendiyasi sovrindorlarini aniqlash talabgorlar orasidan eng 
yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan Vazirlik tizimidagi har bir ta’lim muassasasi 
bo‘yicha alohida aniqlanadi. 
14. Vazirlik stipendiyasini tayinlashga talabgorlar tegishliligi bo‘yicha 
mazkur nizomning 1 va 2-ilovalardagi talablar asosida onlayn tarzda quyidagi 
hujjatlar taqdim etiladi: 
Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun o‘rnatilgan 
tartibdagi o‘rtacha o‘zlashtirish GPA bali to‘g‘risidagi ma’lumotnoma; 
texnikum va litseylarning o‘quvchilari uchun reyting (sinov) daftarchasi 
nusxasi; 
ilmiy va innovatsion ishlari nusxalari, shuningdek, uning bevosita ishlab 
chiqish va yaratishda ishtirok etgan ishlanmalari hamda dasturlari; 
ilmiy konferensiya va seminarlarda ishtirok etgan ma’ruza tezislari, ilmiy 
jurnallarda chop etilgan maqolalari nusxasi; 
xorijiy tilni bilish darajasidagi sertifikati hamda xalqaro IT-sertifikatining 
nusxasi; 
mahalliy va xalqaro darajadagi hakaton yoki IT-tanlovlardagi ishtirokini 
tasdiqlovchi hujjatning, shuningdek, agar tanlovlarda sovrindor bo‘lgan bo‘lsa 
tegishli diplom (sertifikat)ning nusxasi; 
o‘quvchilar uchun xalqaro yoki respublika fan olimpiadalarida ishtirok 
etganligi, shuningdek, ushbu fan olimpiadalarida sovrindor bo‘lgan bo‘lsa tegishli 
diplom (sertifikat)ning nusxasi; 
talabgorning o‘ziga oid uning maqsadlari, shuningdek narsa va hodisalarga 
subyektiv fikrlari bayon etilgan erkin mavzuda esse; 
ijtimoiy faolligi (ma’naviy-ma’rifiy hamda turli xil yoshlar tadbirlarida 
ishtiroki) bo‘yicha asoslovchi hujjatlarning nusxalari va boshqa qo‘shimcha 
ma’lumotlar. 


Vazirlik Ishchi guruhi zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalarini taqdim 
qilishni talab etishga haqli. 
15. Vazirlik stipendiyasiga onlayn ro‘yxatdan o‘tish va hujjatlarni qabul qilish 
hamda sovrindorlarni aniqlash Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalarida o‘quv yili 
yakunlangandan so‘ng 

Yüklə 426,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin