iyul-avgust oylarida Ishchi guruh taklifiga ko‘ra Vazir
tomonidan belgilanadi.
Vazirlik stipendiyasini tayinlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
va nomli davlat stipendiyalari, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy stipendiyasi
sovrindorlari aniq bo‘lgandan so‘ng amalga oshiriladi.
16. Vazirlik stipendiyasi sovrindorlari Vazirlik buyrug‘i asosida tasdiqlanadi
va bir o‘quv yili uchun tayinlanadi hamda Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari
tomonidan
oyma-oy to‘lab boriladi.
Bir o‘quv yili mazkur tartibga ko‘ra, bir kalendar yilining sentabr oyidan
boshlab, keyingi kalendar yilining iyun oyiga qadar
10 oy deb belgilanadi.
17. Vazirlik stipendiyasi tayinlangan talaba va o‘quvchilar ta’lim
muassasalari ilmiy, o‘quv (pedagogik) kengashlarining yig‘ilishida tantanali
ravishda e’lon qilinadi.
Shuningdek, Vazirlik stipendiyasi sovrindorlari va ularning ishlanmalari,
ilmiy-ijodiy ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vazirlik hamda ta’lim muassasalari
veb saytlarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda muntazam ravishda keng yoritilib
boriladi.
18. Vazirlik stipendiyasi sovrindorlariga o‘zlari ta’lim olayotgan ta’lim
muassasasidan malakali ustoz-murabbiylar (ilmiy rahbarlar) biriktiriladi va o‘quv
yili so‘ngida o‘qish va ijtimoiy hayotdagi yutuqlari, amalga oshirgan ishlari
to‘g‘risida ta’lim muassasasi tomonidan Vazirlikka hisobot taqdim qiladilar.
Vazirlik stipendiyasi sovrindorlariga biriktirilgan malakali ustoz-murabbiylar
(ilmiy rahbarlar) o‘quv yili davomida erishgan ijobiy natijalariga ko‘ra Vazirlik
tavsiyasiga asosan ta’lim muassasasi tomonidan bir martalik moddiy
rag‘batlantirilishi mumkin.
19. Vazirlik stipendiyasi sovrindorlari grant asosida xorijga o‘qishga
yuborilayotgan yoshlar guruhlari tarkibiga kiritilishda ustunlikka ega bo‘ladilar.
20. Vazirlik stipendiyasi tayinlangan talaba va o‘quvchilarga kundalik
darslarni o‘zlashtirishda, o‘quv intizomi va odob-ahloq qoidalarini buzgan va ularga
nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llangan holatlarda ta’lim muassasalari ilmiy,
o‘quv (pedagogik) kengashlarining murojaatiga ko‘ra, Vazirlik tomonidan
stipendiya berilishi to‘xtatilishi mumkin.